1. bob. Iqtisodiy va ekologik muammolar asosiy global tahdidlar


Download 61.61 Kb.
bet6/19
Sana22.12.2022
Hajmi61.61 Kb.
#1041716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi

Ekologiya va iqtisodiyot

Er yuzida inson paydo bo`lganidan boshlab hozirgacha u o`zining iqtisodiy sharoitini tabiiy ne’matlar hisobiga yaxshilab kelmoqda. Moddiy ne’matlardan joydalanish jarayonida u ilgarigi vaqtlarda bilib-bilmay isrofgarchaliklarga yo`l qo`ygan, buning uchun uni tabiat jazolagan ham. Masalan, eramizdan ilgari kishilar yirik hayvonlarni ko`plab ovlagani tufayli tabiatda bu hayvonlar kamayib qolib, ocharchilik vujudga kelgan va odamlar o`rtasida o`lim ko`payib aholi soni ikki baravarga kamayib qolgan. Bu va shunga o`xshash holatlar odamlarning ongi va fikrlash qobiliyatini o`stirib, tabiiy resurslardan foydalanishda ehtiyotkorlik belgilarini shakllantirgan.


Aholining moddiy iste’mol ehtiyoji cheksiz, chunki dunyo aholisi soni muttasil o`sib bormoqda. Er yuzidagi 6,5 mlrd. odamning o`rtacha 70 yillik umri davomida tabiatdan oladigan noz-ne’matlarini hisob-kitob qiladigan bo`lsak, quyidagi raqamlar kelib chiqadi: Yuqoridagi raqamlardan ko`rinadiki, Er yuzining har bir aholisi hayoti uchun giper raqamlarga teng miqdorda oziq - ovqat va suv resurslari talab qilinadi. Holbuki bu resurslar bitmas tuganmas emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, talab, ehtiyoj va moddiy ne’matlar zaxirasi o`rtasida katta farq mavjud. Bu, bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, ya’ni xo`jalikni hisob-kitob bilan yurgizishni taqozo qiladi, ikkinchi tomondan esa, birlamchi tabiiy resurslarning o`rnini bosaoladigan sun’iy materiallarni izlab topish va ulardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu muammoning echilishida iqtisodiyotning ahamiyati beqiyos kattadir.
Iqtisodiyotning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi ko`p vaqt mobaynida tabiat qonunlari, ayniqsa ekologik qonuniyatlarga bog`liqligi tan olinmadi. Iqsodiyotdagi «eng kam mablag` sarflab yuqori daromadga erishish» tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish natijasida ekologik inqiroz yuz berdi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi, tuproq tabiiy unumdorligining pasayib ketishida namoyon bo`ldi. Aniqlanishicha, tuproq unumdorligining 1 % ga kamayishi natijasida hosildorlikning o`rnini qoplash uchun 10 % sarf-xarajat talab qilinadi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko`ra o`tgan asrning ikkinchi yarmida insonning tabiiy muhitga etkazgan zarari va u orqali aholi sog`ligiga etkazilgan moddiy zarar jahonning yillik byudjetidan ortiq. Bu erda gap faqatgina chiqindilardan muhitga taralayotgan zararli moddalardan insonlar sog`ligini asrash hamda chiqindilar bilan katta maydonlar bandligi ustida ketayapti, xolos. Holbuki, qurib ishga tushirilgan harbir korxona ma’lum darajada iqtisodiy foyda keltirishi bilan birga u muhitga ko`p miqdorda gazsimon, suyuq yoki qattiq chiqindilar chiqarib muhitning ekologik holatini yomonlashtiradi. Ammo bu zararni pulga chaqish qiyin. U faqatgina kishilarning sog`ligi yomonlashishida, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining pasayishida namoyon bo`lishi mumkin. Aholining sog`ligini saqlash, tuproq unumdorligi va chorvachilikni qayta tiklash ma’lum miqdorda sarf-xarajatni talab qiladi.

Download 61.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling