1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari


Tarmoqlangan tizimlarda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari


Download 281.59 Kb.
bet13/80
Sana20.11.2023
Hajmi281.59 Kb.
#1790121
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.org

Tarmoqlangan tizimlarda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Uch zvenoli (ko‘p zvenoli) «mijoz – server» arxitektura. Uch zvenoli (ba’zida ko‘p zvenoli) arxitektura (N-tier yoki multi-tier) «mijoz-server» texnologiyasining rivojlangan va takomillashtirilgan
shaklini ifodalaydi. «Mijoz – server» arxitekturasi ikkita zvenodan
tashkil topgan: birinchi zveno – mijoz dasturi, ikkinchi zveno – MB serveri + MB ning o‘zi.
Uch zvenoli arxitektura bu butunicha biznes-logika, oldin mijoz dastur bo‘lgan zveno aloxida ilovalar zvenosiga kiritiladi. Bunda mijoz dasturi sifatida faqat foydalanuvchi interfeysi qoladi. Unda mijoz ilovasi sifatida Web-brauzer ishlatiladi. Uch zvenoli arxitekturadan foydalanganda biznes – logika o‘zgarganda mijoz dasturlarinin o‘zgartirish va barcha foydalanuvchilarni uchun yangilash zarur emas. Bundan tashqari foydalanuvchi kompyuterining apparaturasiga bo‘lgan talab keskin pasayadi.
Uch zvenoli arxitekturaning ishlash tartibi quyidagicha qurilgan:
  • Ma’lumotlar bazasi fayllar to‘plami shaklida maxsus ajratilgan kompyuterning (tarmoq serveri) qattiq diskida joylashadi.


  • MBBT ham tarmoq serverida joylashadi.


  • Maxsus ajratilgan ilovalar serveri mavjud bo‘lib, unda ishbilarmon doiraning (biznes – logika) dasturiy ta’minoti joylashadi.


  • Ko‘p sonli mijoz kompyuterlari mavjud va ularda "kichik mijoz"


deb ataluvchi mijoz dasturi o‘rnatilgan bo‘lib ular foydalanuvchi interfeysini xosil qiladi.


  • Har bir mijoz kompyuterida foydalanuvchilar kichik – mijoz dasturini ishga tushirish imkoniga ega. Bu dastur yaratgan foydalanuvchi interfeysi yordamida foydalanuvchilar ilovalar serveridagi ishbilarmon doiraning dasturiy ta’minotiga murojaat etadi.


  • MBBT da serverdagi MB ning fizik strukturasi xaqidagi ma’lumotlar saqlanadi.


  • MBBT serverdagi ma’lumotlarga murojaatni bajaradi va uning natijalari ilovalar serveriga jo‘natiladi.


  • Ilovalar serveri natijani mijoz dasturiga (foydalanuvchiga) jo‘natadi.


  • Ilova foydalanuvchi interfeysi yordamida so‘rov natijalarini tasvirlab beradi.





Download 281.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling