1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari


Jadval (atribut nomi,…, atribut nomi)


Download 1.69 Mb.
bet20/80
Sana17.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1542331
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
ec613b75a51decaf6d60405d564c5683 MySQL po max

Jadval (atribut nomi,…, atribut nomi)




Yaxlitlik sharti. Birlamchi kalit chеklanishlari. Birlamchi kalit atributlari NULL qiymatga ega bo‘lmasligi lozim.
Tashqi kalit chеklanishlari. Biror yozuvda tashqi kalit atributlari NULL qiymatga ega bo‘lmasa mos jadvalda birlamchi kalit xuddi shunday qiymatli yozuvi mavjud bo‘lishi kеrak.
Birlamchi kalit qiymatlari o‘zgartirilganda yoki o‘chirilganda quyidagi qoidalar ko‘rsatilishi mumkin:
CASCADE – tashqi kalit hamma satrlari o‘zgartiriladi yoki o‘chiriladi;
SET NULL – tashqi kalit qiymati NULL qiymat bilan almashtiriladi;
SET DEFAULT - tashqi kalit qiymati ko‘zda tutilgan qiymat bilan almashtiriladi;
NO ACTION – tashqi kalit qiymatlarini o‘zgartirish mumkin emas. Agar tashqi kalit ta‘rifida ON DELETE bo‘lmasa shu qoida qo‘llanadi.
RESTRICT birlamchi kalit ixtiyoriy satrini o‘chirish man qilinadi.
Bog‘liqlik. Jadvallar orasidagi bog‘lanishlar birlamchi va tashqi kalitlar orqali amalga oshiriladi. Har bir mohiyatga jadval mos qo‘yiladi.
Agar bog‘lanish birga bir bo‘lsa har bir jadval birlamchi kaliti ikkinchi jadvalga mos tashqi kalitga ega bo‘ladi.
Agar bog‘lanish birga ko‘p bo‘lsa birinchi jadval birlamchi kaliti ikkinchi jadvalga mos tashqi kalitga ega bo‘ladi. Agar bog‘lanish ko‘pga ko‘p bo‘lsa ikkala jadval bilan birga ko‘p bog‘lanishga ega uchinchi jadval kiritiladi.
Misol:
    1. jadval. Talaba jadvali


Nomеr

Familiya

Yosh

Viloyat

Guruh

1

Olimov

21

Xorazm

312-17

2

Olimov

21

Xorazm

312-17

3

Kamolov

22

Buxoro

312-16

4

Kamolov

22

Buxoro

312-17





    1. Download 1.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling