1. bob narx va bozor muvozanatining nazariy asoslari narx va uning vazifasi


Download 1.69 Mb.
bet2/19
Sana18.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1594412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
narx va bozor muvozanati. RTF

1. Narx va uning vazifasi
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda Narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar Narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, Narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday Narxning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning Narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida Narx bir nechta vazifalarni bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —Narx vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning Narxiga koʻpaytirish opkali hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — Narxning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab Narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, Narx oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 3)raqobat vositasi vazifasi — Narx raqibni bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar Narxni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — Narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. Narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar Narxining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, Narxning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi Narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy Narxlar qoʻllaniladi. Joriy Narxlar amaldagi Narxlar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy Narxlarda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu Narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy Narxlar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy Narxlarda hisoblanadi.
Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.
Erkin bozor Narxni (muvozanatli Narx.) — erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv Narxni, yaʼni muvozanatli Narx yuzaga keladi; monopol Narx — monopol bozorda so-tuvchi yoki xaridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan Narx oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan Narx boʻlib, odatdagi Narxlardan yuqori boʻladi va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji Narx. — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji Narxlar qoʻllanadi; shartnoma Narxlari — sotuvchi va xaridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan Narx. Bunday Narx, odatda, shartnoma muddati amal qiladigan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq milliy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana Narx — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji Narxdan yuqori boʻladi; Preyskurant Narx — xaridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma Narx boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy Narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan Narx atrofida boʻlishini anglatadi; D otatsiyalangan Narx. — davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor Narxidan pastroq qilib belgilangan Narx, Narxdagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu Narxni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping Narx— bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va raqiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan Narx xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, Narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor Narxlariga boʻlinadi. Hududiy Narx — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor Narxni — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi Narxlardir. Xalq-aro Narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.
Narxlar farqining miqdoriy ifodasi Narx diapazoni deyiladi. Narx diapazoni Narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori Narxlarni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan Narx oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar Narxlari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) Narxining oʻzgarishi bozordagi jami Narxlar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga taʼsir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha oʻynatishi mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yoʻq.Ushbu nazariya Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri Abdullayev.A ga tegishli nazariyadir.
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda istе’mol qiymat (naflilik) qiymatni o’zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to’g’ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif bеrilmoqda.Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo’lishiga), uning o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to’g’ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.Alohida tovarlarga qilingan mеhnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mеhnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mеhnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi dеb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mеhnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan kеlib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi.Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (istе’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (istе’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kеlgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling