1-Bob. O‘lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 54.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.06.2024
Hajmi54.54 Kb.
#1834098
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'lchash vositalarining turlari. (1)




1-Bob. O‘lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar 
1.1. “O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” fanining maqsad va 
vazifalari 
 
Zamonaviy sanoat va qishloq xo‘jalik maxsulotlarini ishlab chiqishda shu 
vaqtgacha ishlab chiqilgan mashina, apparat, texnologik qurilma, o‘lchash 
asboblaridan yuqori texnik tavsiflari va ekspluatatsiya vaqtidagi samaradorligi 
bilan farqlanadigan yangi konstruksiyalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Mashina 
va asboblarning konstruksiyasi murakkablashgani va ularning texnik, energetik, 
ergonomik, ekologik va boshqa tavsiflariga talab kuchaygani uchun, ularni 
konstruksiyalash va loyihalashga ketadigan vaqt va moddiy xarajat oshadi. 
Loyihalashni yuqori sifatini va shu bilan birga uni tezlanishini faqat 
konstruksiyalash va loyixalashni zamonaviy usullarini tadbiq etish yo‘li bilan 
avtomatlashtirilgan loyixalashtirish tizimini tashkil qiladigan zamonaviy xisoblash 
mashinalari yordamida ta’minlash mumkin. 
Zamonaviy o‘lchash texnikasini rivojlanish tendensiyasi aniqlikka, sezgirlikka, 
o‘lchash diapazoniga, narxi va tayyorlash texnologiyasiga qo‘yilgan talabni 
oshirish bilan xarakterlanadi. Zamonaviy o‘lchash texnikasi zamonaviy element 
bazasining asosiy tavsiflarini tahlili uchun murakkabroq matematik modellarni, 
struktura va parametr bo‘yicha optimal konstruksiyalarni tanlashni yanada 
takomillashgan usullarini talab qiladi. 
Xozirgi vaqtga sanoat ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish 
jarayonining asosini ALT (avtomatlashtirilgan loyixalashtirish tizimi) tashkil 
qiladi. ALT keng ko‘lamda 50-60 yil oldin EHM ni seriali ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yilganda taraqqiy eta boshlagan. O‘lchash texnikasida ALT ni tadbiq etish ba’zi 
konstruktorlik ishlaridan boshlangan: konstruksiyadagi element va o‘zgargichlarni 
moslashtirish, bosma plata va integral mikrosxemalar qo‘llash orqali o‘lchash 
o‘zgartgichlarini tayyorlash. Bunday ALT lar o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash 



qurilmalari va asboblaridagi elektr, magnit, issiqlik va boshqa jarayonlarni xisobga 
olgan sxemalarda mashina usulini qo‘llash imkon beradi. 

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling