1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati
-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-703 28.07.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 55-modda. Tumanlararo ma’muriy sudning vakolatlari
- 56-modda. Tumanlararo ma’muriy sud raisi
53-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar
ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari: sudlov hay’ati ishini tashkil etadi; sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi; sud rayosatiga sudlov hay’atining faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar taqdim etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi; sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin. 7-bob. Tumanlararo ma’muriy sud 54-modda. Tumanlararo ma’muriy sudning tarkibi Tumanlararo ma’muriy sud rais va sudyalardan iborat bo‘ladi. Tarkibi olti nafar sudyadan ortiq bo‘lgan tumanlararo ma’muriy sudda rais o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. 55-modda. Tumanlararo ma’muriy sudning vakolatlari Tumanlararo ma’muriy sud davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyatlar va arizalar bo‘yicha ma’muriy nizolarni, shuningdek qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. 56-modda. Tumanlararo ma’muriy sud raisi Tumanlararo ma’muriy sud raisi: sud majlislarida raislik qiladi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risida tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi; sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi; sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi. Tumanlararo ma’muriy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Tumanlararo ma’muriy sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini rais o‘rinbosari bajaradi, u yo‘qligida esa sud raisining vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling