O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari majlislarida raislik qiladi;
tegishli quyi sudlar faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;
sud
amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash
va sud statistikasini
tahlil qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sudlar tomonidan chiqarilgan, o‘zlari ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish
to‘g‘risida protest kiritishga haqli bo‘lgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini
to‘xtatib turadi;
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha
ishlarni tashkil
etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov
hay’atlarining raislari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlarini
raisning birinchi
o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosar ham yo‘qligida esa rais o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: