1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Turizm sohasini tartibga solish


Download 106.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/41
Sana08.01.2022
Hajmi106.15 Kb.
#237329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
O‘RQ-549-сон 18.07.2019. Turizm to‘g‘risida

2-bob. Turizm sohasini tartibga solish

6-modda. Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

mazkur sohani mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish;

sayohatlarni  amalga  oshirish  chog‘ida  fuqarolarning  dam  olish,  erkin  harakatlanishga

bo‘lgan huquqlarini va boshqa huquqlarini ta’minlash;

turistik resurslardan oqilona foydalanish va ularni saqlash;

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

ichki  turizmni  rivojlantirish,  shu  jumladan  ijtimoiy  turizmni  rivojlantirish  doirasida

bolalar,  yoshlar,  keksalar,  shuningdek  nogironligi  bo‘lgan  shaxslar  va  aholining  kam

ta’minlangan qatlamlari uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur shart-

sharoitlar yaratish;

turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiyalar kiritish uchun qulay shart-

sharoitlar yaratish;

mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

tadbirkorlik subyektlari uchun turistik xizmatlar bozorida teng imkoniyatlar yaratish;

turizm  sohasining  subyektlariga  soliq  va  bojxona  imtiyozlarini  belgilash  orqali

rag‘batlantirish;

turistlar  va  ekskursantlarning  xavfsizligini,  ularning  huquqlari,  erkinliklari  hamda

qonuniy manfaatlari va mol-mulki himoya qilinishini ta’minlash;

ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va rivojlantirish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

O‘zbekiston  Respublikasining  turizm  uchun  jozibador  mamlakat  sifatidagi  nufuzini

oshirish;

turizm  sohasi  subyektlarini  ular  turistik  bozorlarda  milliy  turistik  mahsulotni  targ‘ib

qilishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

ilg‘or  innovatsion  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  joriy  etilishini

rag‘batlantirish;




turistik zonalar va turistik klastyerlarning rivojlantirilishini rag‘batlantirish.


Download 106.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling