12-modda. Budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
Turizm sohasining rivojlanishini moliyaviy jihatdan qo‘shimcha ta’minlash maqsadida
vakolatli davlat organi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi:
turistik yig‘imlardan tushgan tushumlar, xalqaro moliya institutlarining, xorijiy
donorlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari, Jamg‘armaning vaqtincha
bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha
tushumlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan
shakllantiriladi;
mablag‘larni turizm sohasining va turistik industriyaning rivojlantirilishini qo‘llab-
quvvatlashga, turistik bozorlarda O‘zbekiston Respublikasining turistik mahsulotlarini hamda
turizm sohasidagi milliy tanitish belgisini targ‘ib qilish uchun yo‘naltiradi.
13-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat
Do'stlaringiz bilan baham: |