Mavzu: Shaharsozlik kodeksi normalari (ШНК va КМК) o’rganish va ularni amaliyotga qo’llash. Mavzu: Shaharsozlik kodeksi normalari (ШНК va КМК) o’rganish va ularni amaliyotga qo’llash. O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi 12ta bobdan iborat bo’lib ular quyidagilardan iborat. 2-bob. Shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari 3-bob. Davlat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari 4-bob. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi 6-bob. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati 7-bob. Shaharsozlik hujjatlari. Davlat shaharsozlik kadastri 9-bob. Aholi punktlari va shahar atrofi zonalari hududlaridan foydalanish 11-bob. Shaharsozlik faoliyatida yer munosabatlari Prezident tomonidan 22.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi OʻRQ-676-son Qonun imzolandi. Kodeksning yangi tahriri Prezidentning 14.11.2018 yildagi «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5577-son Farmoni 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan hamda 12 bob va 85 moddadan iborat (amaldagi kodeksda 7 bob va 59 modda mavjud). Kodeksda quyidagilar belgilandi: shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazoratining shakllari (jamoatchilik muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasi); jamoatchilik nazorati sub’yektlari (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV, fuqarolar); aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi aхborot, ularning jamoatchilik muhokamasi, jamoat nazorati natijalari boʻyicha ularga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish tartibi;
Do'stlaringiz bilan baham: |