1-bob. Umumiy qoidalar


Download 43.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2017
Hajmi43.97 Kb.
#23254

 

Davlat soliq qo‘mitasining  

2017 yil 9 oktyabrdagi 646-sonli buyrug‘iga 

9-ilova


  

 

Davlat soliq qo‘mitasining Ma’muriy amaliyot bo‘limi to‘g‘risida 

NIZOM

 

 

1-bob.Umumiy qoidalar 

1. Ushbu  Nizom  Davlat  soliq  qo‘mitasining  Ma’muriy  amaliyot  bo‘limining 

(keyingi  o‘rinlarda  bo‘lim  deb  yuritiladi)  maqomi,  vazifalari,  funksiyalari,  huquqlari, 

faoliyatining tashkiliy asoslari va javobgarligini belgilaydi. 

2. Bo‘lim  Davlat  soliq  qo‘mitasi  markaziy  apparatining  tarkibiy  tuzilmasi 

hisoblanadi. 

3. Bo‘lim  o‘z  faoliyatida  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va 

qonunlariga,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Palatalarining  qarorlariga, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlariga, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlariga  va 

boshqa  qonun  hujjatlariga,  Davlat  soliq  qo‘mitasining  ichki  idoraviy  hujjatlariga  va 

ushbu Nizomga amal qiladi.  

4. Bo‘lim  o‘z  faoliyati  yuzasidan  Davlat  soliq  qo‘mitasining  raisiga  va  rais 

o‘rinbosariga hisobot beradi. 

5. Bo‘lim  o‘ziga  yuklatilgan  vazifalarni  Davlat  soliq  qo‘mitasining  bosh 

boshqarmalari,  boshqarmalari,  mustaqil  bo‘limlari,  hududiy  davlat  soliq  xizmati 

organlari,  shuningdek  davlat  boshqaruvining  boshqa  organlari,  mahalliy  davlat 

hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza 

qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi. 

2-bob. Bo‘limning asosiy vazifalari 

6. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

davlat  soliq  xizmati  organlarida  ma’muriy  ishlarni  qonun  doirasida  yuritish, 

ularni hisobga olish va hisobotlarni yuritishni tashkil qilish; 

soliq  sohasidagi  huquqbuzarliklarning  oldini  olish,  ularni  bartaraf  etish  hamda 

sodir  etilayotgan qonunbuzilish holatlari  bilan  kurashish  ishlarini  davlat  soliq xizmati 

organlarida tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish; 

jinoyat  alomatlari  mavjud  materiallarni  tegishliligi  bo‘yicha  tergov  va 

surishtiruv organlariga belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlash; 

davlat  soliq  xizmati  organlarining  ma’muriy  amaliyot  faoliyatini  tartibga  solib 

turuvchi me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirib borish borasida shaxsiy tarkib o‘rtasida ishni 

tashkillashtirish; 



 

tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida 



sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining va ularning ko‘rib chiqish natijalarining hisobini 

yuritish; 

soliq  to‘lovchi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarning  qonun  hujjatlariga  muvofiq  sir 

tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi; 

davlat  soliq  xizmatining  quyi  organlarida  soliq  sohasidagi  huquqbuzarliklarni 

aniqlash va oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf 

etish  bo‘yicha  qonunda  belgilangan  chora-tadbirlarni  qo‘llashni  tashkil  etish  va 

ularning faoliyati ustidan nazorat olib borish.  



3-bob. Bo‘limning funksiyalari 

7. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

davlat  soliq  xizmati  organlarida  ma’muriy  huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  ishlarni 

qonun  doirasida  ko‘rib  chiqilishini  tashkil  etadi,  bu  borada  bir  xil  amaliyotni 

ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibda uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqadi

davlat soliq xizmatining quyi organlarida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi 

ishlarni yuritish tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi; 

jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan materiallarni tegishliligi bo‘yicha surishtiruv 

va tergov organlariga yuborish tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi; 

davlat  soliq  xizmati  organlarining  vakolat  doirasiga  kirmaydigan  ma’muriy 

huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  ishlarni  taalluqliligi  bo‘yicha  sud,  ichki  ishlar  va  boshqa 

vakolatli idoralarga belgilangan tartibda yuborilishini ta’minlaydi; 

tahlil asosida soliq sohasida qonunchilikka rioya etish ahvolini o‘rganadi; 

davlat soliq xizmatining quyi organlaridan ma’muriy ishlarning turlari bo‘yicha, 

shuningdek  surishtiruv  va  tergov  organlariga  yuborilgan  materiallar  haqidagi  oylik, 

choraklik, yarim yillik va yillik statistik hisobotlar, axborotlar, ma’lumotlarni oladi va 

umumlashtiradi; 

davlat  soliq  xizmati  organlarida  ma’muriy  amaliyotning  to‘g‘ri  olib 

borilayotgani ustidan nazorat o‘rnatadi, ularning faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xato va 

kamchiliklarni  aniqlash  hamda  bartaraf  etish  borasida  takliflar  kiritadi,  uslubiy 

me’yoriy  hujjatlarni  ishlab  chiqadi  va  bu  masalada  davlat  soliq  xizmatining  quyi 

organlariga amaliy yordam ko‘rsatadi; 

tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida 

sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining va ularning ko‘rib chiqish natijalarining hisobini 

yuritadi; 

soliq sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish ishlarida faol ishtirok etish, 

qonunlar  ijrosi  va  qo‘llanilishi  amaliyotini  tahlil  qilib  umumlashtirish  hamda 

qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi



 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlari 



to‘g‘risida”gi  Qonun  talablariga  muvofiq,  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  yozma, 

elektron va og‘zaki murojaatlarini belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqadi; 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Huquqbuzarliklar  profilaktikasi  to‘g‘risida”gi 

Qonun  talablariga  muvofiq,  soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  profilaktikasini  amalga 

oshirishda ishtirok etadi;  

Davlat  soliq  qo‘mitasi  rahbariyati  tomonidan  tasdiqlangan  ishlar 

nomenklaturasiga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi. 

Bo‘lim  shuningdek  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  funksiyalarni 

ham bajarishi mumkin. 

4-bob. Bo‘limning huquqlari  

8. Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 

belgilangan  tartibda  davlat  soliq  xizmati  organlarida  yuritilayotgan  ma’muriy 

huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  ishlarni  o‘rganish,  qonunchilikka  rioya  etilishini  hamda 

qo‘llanilgan jarimalarni undirilishi ahvolini o‘rganish; 

davlat soliq xizmati organlarining faoliyatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 

kodeksi talablariga rioya etmagan holda qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda 

qonunga muvofiqlashtirish yoki bekor qilish choralarini ko‘rish; 

davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda yo‘l qo‘yilgan 

xato  va  kamchiliklarni  aniqlab,  ularni  bartaraf  etish  borasida  tegishli  tavsiyalarni 

tayyorlash; 

davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  o‘tkaziladigan  barcha  tadbirlarda 

belgilangan tartibda ishtirok etish; 

bo‘lim  vakolatiga  doir  masalalarni  Davlat  soliq  qo‘mitasi  raisiga  va  Hay’atga 

ko‘rib chiqish uchun taqdim etish va ular ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish; 

Davlat  soliq  qo‘mitasi  rahbariyatiga  bo‘limning  tashkiliy  tuzilishi  yuzasidan 

takliflarni kiritish; 

ijro  intizomini  mustahkamlash  maqsadida  boshqaruv  ish  uslubi  va  usullarini 

takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun 

taqdim etish; 

davlat  soliq  xizmati  organlarining  mansabdor  shaxslaridan  bo‘lim  vakolati 

doirasidagi  masalalar  bo‘yicha  ma’lumotnomalar  va  xizmatga  oid  boshqa  hujjatlarni 

belgilangan tartibda so‘rash va olish; 

boshqa  idoralar,  muassasalar  va  tashkilotlardan  davlat  soliq  xizmati  organlari 

mansabdor  shaxslarining,  xizmat  faoliyatlari  masalalari  bo‘yicha  axborotlarni 

belgilangan tartibda olish; 

mahalliy  axborot  tarmoqlaridan  foydalanish  va  o‘z  ma’lumotlar  bazasini 

yaratish; 



 

faoliyatida  yuqori  ko‘rsatkichlarga  erishgan  xodimlarni  rag‘batlantirish, 



shuningdek  xodimlarga  maxsus  unvonlar  berish  to‘g‘risida  Davlat  soliq  qo‘mitasi 

rahbariyatiga taklif kiritish; 

funksional  vazifalarini  lozim  darajada  bajarmagan,  ichki  tartib  va  mehnat 

intizomiga  rioya  etmagan  xodimlarga  nisbatan  intizomiy  jazo  choralarini  qo‘llash 

to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga taklif kiritish; 

davlat soliq xizmati organlari tizimi yurituvidagi hujjatlardan vakolati doirasida 

va belgilangan tartibda foydalanish; 

davlat  soliq  xizmati  organlarining  telekommunikatsiya  vositalari  va  komputer 

texnologiyalaridan belgilangan tartibda foydalanish. 

Bo‘lim  O‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat  soliq  xizmati  to‘g‘risida”gi 

Qonunida 

hamda 


Vazirlar 

Mahkamasining 

2017 

yil  


28  avgustdagi  677-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 

soliq  qo‘mitasi  to‘g‘risidagi  Nizom”da  nazarda  tutilgan  boshqa  huquqlarga  ham  ega 

bo‘ladi. 

5-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish 

9. Bo‘limga  belgilangan  tartibda  Davlat  soliq  qo‘mitasi  raisi  tomonidan 

lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi. 

10. Bo‘lim boshlig‘i: 

bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularning ishini tashkil etadi; 

bo‘limga yuklangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat olib boradi; 

xodimlar  o‘rtasida  vazifalarni  taqsimlaydi  va  ularning  zarur  darajada 

bajarilishini nazorat qiladi; 

shtatlarni  shakllantirish,  ishga  qabul  qilish, lavozimdan  lavozimga  o‘tkazish va 

ishdan  bo‘shatish,  shuningdek  bo‘lim  xodimlarini  moddiy  rag‘batlantirish  va 

mukofotlash,  xodimlarning  faoliyatini  baholash  orqali  ularga  moddiy  yordam 

ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritadi

qonun  hujjatlariga  va  ushbu  Nizomga  muvofiq  bo‘lim  faoliyatiga  tegishli 

boshqa masalalarni hal qiladi. 

11. Bo‘lim  barcha  xodimlari  Davlat  soliq  qo‘mitasi  raisining  buyrug‘i  bilan 

lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. 

12. Bo‘lim  ishini  Davlat  soliq  qo‘mitasi  rahbariyati  tomonidan  tasdiqlanadigan 

yillik va joriy ish rejalari asosida olib boradi. 

13. Bo‘lim  choraklik,  yarim  yillik,  to‘qqiz  oylik  va  yillik  faoliyati  yakunlari 

bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy hisobot tuzadi hamda uni Davlat 

soliq qo‘mitasi rahbariyatiga taqdim etadi. 

14. Xizmatga  qabul  qilishda  va  bo‘limda  xizmatni  o‘tash  chog‘ida  xodimlarga 

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi umumiy talablari hamda ichki idoraviy 

hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa talablar tatbiq etiladi. 



 

15. Bo‘lim  o‘z  faoliyatini  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi,  Bosh 



prokuratura  huzuridagi  Soliq,  valyutaga  oid  jinoyatlar  va  jinoiy  daromadlarni 

legallashtirishga  qarshi  kurashish  Departamenti,  Ichki  ishlar  vazirligi,  sud  va  boshqa 

huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  bilan  o‘zaro  hamkorlikda  soliq  sohasida 

huquqbuzilishlarga 

qarshi 

kurashishga 



yo‘naltirilgan 

chora-tadbirlarni 

muvofiqlashtirilgan tarzda belgilaydi va amalga oshiradi. 

16. Hamkorlik  bo‘yicha  davriy  hisobotlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 

prokuraturasi  hamda  Bosh  prokuratura  huzuridagi  Soliq,  valyutaga  oid  jinoyatlar  va 

jinoiy  daromadlarni  legallashtirishga  qarshi  kurashish  Departamenti  organlariga 

taalluqliligi  bo‘yicha  yuborilgan  materiallarning  natijalari  haqida  o‘zaro  taqqoslov 

dalolatnomalarini tuzish, ma’lumotlar va axborotlar almashish asosida olib boriladi. 

17. Bo‘lim  xodimlariga  tadbirkorlik  faoliyatining  har  qanday  turlari  bilan 

shug‘ullanish,  boshqa  tashkilotlarda  o‘rindoshlik  bo‘yicha  ishlash  taqiqlanadi,  ilmiy, 

o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bundan mustasno. 

6-bob. Moddiy ta’minot va rag‘batlantirish 

18. Bo‘lim  xodimlarining  ish  haqi  lavozim  maoshidan,  maxsus  unvonlar,  uzoq 

xizmat  muddati  uchun  ustamalardan,  dam  olish  va  bayram  kunlari  uchun  to‘lovlar, 

boshqa  ustama,  qo‘shimcha  haqlardan  iborat  bo‘ladi  hamda  u  qonun  hujjatlarida 

belgilangan tartibda to‘lanadi. 

19. Bo‘lim  va  uning  hududiy  bo‘limlari  (sho‘balari)  xodimlariga  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017 yil  28 avgustdagi  677-sonli  qarori  bilan 

tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  to‘g‘risida”gi 

Nizomning  21  va  23-bandlarida  nazarda  tutilgan  moddiy  rag‘batlantirish  turlari 

belgilangan tartibda tatbiq etiladi. 



7-bob. Javobgarlik 

20. Bo‘lim xodimlari: 

o‘z  funksional  vazifalarini  bajarmaganligi  yoki  zarur  darajada  bajarmaganligi, 

ijro intizomini buzganligi; 

O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlari,  ushbu  Nizom,  Davlat  soliq 

qo‘mitasining ichki idoraviy hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi; 

o‘zining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi)  tufayli  soliq  to‘lovchilarga 

moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi; 

o‘zining  noqonuniy  xatti-harakatlari  (harakatsizligi)  tufayli  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektlarning  ishlab  chiqarish  hajmlarini  pasaytirganligi  va  soliq  solish  bazasini 

kamaytirganligi; 

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul 

qilganligi; 


 

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq buzilishlari uchun belgilangan 



tartibda javob beradilar. 

8-bob. Yakunlovchi qoidalar 

21. Davlat soliq qo‘mitasining Ma’muriy amaliyot bo‘limini qayta tashkil etish 



va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Download 43.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling