1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


-modda. Ishlab chiqarish kooperativlari


Download 1.87 Mb.
bet42/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

69-modda. Ishlab chiqarish kooperativlari
Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda a’zolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlarida uning faoliyatida a’zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativining a’zolari kooperativning majburiyatlari bo‘yicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek “ishlab chiqarish kooperativi” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqeyi va ular a’zolarining huquq hamda burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(69-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 58-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan davlatlar korxonalari va tarmoqlarining ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning umumiy shart-sharoitlari va tartibi to‘g‘risida”gi 23.12.1993-yildagi Bitim.
70-modda. Unitar korxona
O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari korxona ustav fondining miqdori to‘g‘risidagi, uni tashkil etish tartibi va manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir.
Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Unitar korxona rahbari, shuningdek agar bu korxonaning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, kuzatuv kengashi uning boshqaruv organidir. Unitar korxonaning rahbari va kuzatuv kengashi mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.
(70-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Unitar korxona o‘z mol-mulki egasining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Unitar korxona o‘z mulkida o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o‘z mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korxona xo‘jalik jamiyati (shirkati) ishtirokchilari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.
(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Unitar korxonalarning huquqiy mavqeyi ushbu Kodeks hamda boshqa qonunchilik bilan belgilanadi.
(70-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, ushbu Kodeks 48-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bu qoida sho‘ba korxona ta’sis etgan unitar korxonaning sho‘ba korxona majburiyatlari bo‘yicha javobgarligiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 71, 72, 176 — 181-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi Nizom.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2017-yildagi “Jazoni o‘tash muassasalari huzurida davlat unitar korxonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona]

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling