1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
Download 1.87 Mb.
|
21.12.1995
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKOZ: 1.
95-modda. Valyuta qimmatliklari
Valyuta qimmatliklari deb hisoblanadigan mol-mulk turlari va ular xususida bitimlar tuzish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Valyuta qimmatliklariga mulk huquqi umumiy asoslarda himoya qilinadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 86, 228 — 233-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni. [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk] 96-modda. Qimmatli qog‘ozlar Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi. Oldingi tahrirga qarang. Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, konosament, aksiya hamda qonunchilik bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi. (96-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 86, 740, 741-moddalari, 769-moddasining to‘rtinchi qismi, 770, 807-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni. [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.04.00 Nomoddiy ne’matlar] 8-BOB NOMODDIY NE’MATLAR 97-modda. Intellektual faoliyat natijalari Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda intellektual faoliyatning aniq ifoda etilgan natijalari hamda yuridik shaxsning bu natijalarga tenglashtirilgan o‘ziga xos vositalari, ana shu ishlar yoki xizmatlarni ado etayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mahsulotlari (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va h.k.)ga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi e’tirof etiladi. Oldingi tahrirga qarang. Mutlaq huquq obyekti bo‘lgan intellektual faoliyat natijalari va o‘ziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining ruxsati bilangina foydalanishlari mumkin. (97-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 81, 1031 — 1111-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling