1-Bo’lim bo’yicha topshiriqlar. 1-topshiriq. Jadvalni to’ldiring: Falsafa fanoning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 36.5 Kb.
Sana29.02.2020
Hajmi36.5 Kb.

1-Bo’lim bo’yicha topshiriqlar.

1-topshiriq. Jadvalni to’ldiring:

Falsafa fanoning predmeti, maqsadi va vazifalari.


Filosofiya” tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati

Dunyoqarash” tushunchasining mazmuni, dunyoqarashning tarixiy shakllari

Falsafa fanining asosiy funksiyalari va tahlili

Falsafa fanining bilimlar sohasi va muammolari

Falsafa, filosofiya - insonning dunyoda tutgan o’rni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi ma’naviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2-3-asrlarda o’tgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi bo’lib o’zini "filosof" deb atagan. Bu so’z Geraklitning falsafiy ta’limotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qo’llanilgan, tadqiqotchining o’zi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" so’zi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qo’llanilgan. Tarixiy ma’lumotlar yunoncha philosophia so’zi arabchaga "falsafa" bo’lib o’tganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida o’tganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya so’zlari bir xil ma’noga ega.

Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi o’rniga, kishilarning o’z atrofidagi voqelikka va o’z-o’ziga munosabatiga bo’lgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog’liq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar o’z aksini topadi.

Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi 2. Diniy Dunyoqarash u olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, g’ayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. 3. Turmush bilan bog’langan (kundalik) Dunyoqarash unda aqlga sig’adigan tasavvurlar, olam va odam to’g’risidagi oddiy an’anaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy Dunyoqarash unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi.



1) dunyoqarashlik funksiyasi; 2) ontologik funksiyasi; 3) metodologik funksiya; 4) gnoseologik funksiya;5) ijtimoiy funksiyalari; 6) aksiologik funksiya 7) evristik funksiyasi



Falsafa fanining muammolari, o’z xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo’lgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boradi. Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi. Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning mohiyati nimadan iborat, degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega. Bu masalalarni qay tarzda hal qilinishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo’nalishlar ham yo’q emas. Masalan,
olamning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va
idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling