1. Bo’ltiqbo’yi respubliklari deganda qaysi davlatlar tushuniladi?


-mavzu: 1991-2017-yillarda Kavkazorti davlatlari (48 ta)


Download 48.22 Kb.
bet2/4
Sana01.11.2021
Hajmi48.22 Kb.
#169953
1   2   3   4
Bog'liq
11-SINF 6-10 MAVZU

7-mavzu: 1991-2017-yillarda Kavkazorti davlatlari (48 ta)

1.Ozarbayjon Respublikasi qachon o’z mustaqilligini e’lon qildi?

A) 1991-yil 9-aprel B) 1991-yil 21-sentabr

C)1991- yil 18-oktabr D) 1991-yil 16-dekabr

2. Qaysi omillarga ko’ra Ozarbayjon davlati Rossiya va G’arb manfaatlari orasida mohirlik bilan muvozanatni saqlab kelmoqda?

A) AQSh bilan tashqi savdoda yaxshi munosabatda ekanligi

B) suv va o’rmon resurslariga boy ekanligi

C) Kaspiy dengizida erkin harakatlanishlari uchun keng imkoniyatlarni ta’minlab kelayotganligi uchun

D) katta neft va gaz zahiralariga egaligi, strategic joylashuvi bois

3. Ozarbayjonning tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlariga qaramasdan, bir qator ichki muammolar saqlanib qolmoqda. Bular qatoriga birinchi navbatda,…..kiritish mumkin.

A) mustaqillikka erishgandan kiyingi oziq-ovqat tanqisligini

B) Ta’limdagi muammolarni

C) Tog’li Qorabog’ muammosini

D) Yangi konstitutsiyani yaratish muammosini

4. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Ozarbayjonda qaysi muammo yana kutarildi?

A) oziq-ovqat tanqisligi

B) Neft konlarining Rossiya tomonidan o’zlashtirilishi

C) Tog’li Qorabog’ muammosini

D) Kaspiy dengizidagi chegaralanish muammosini

5. Tog’li Qorabog’ga to’g’ri berilgan tarifni toping?

A) Ozarbayjon hududida joylashgan va asosan arman millatiga mansub aholi yashaydigan avtonom viloyat

B) Armaniston hududida joylashgan va asosan ozarbayjon millatiga mansub aholi yashaydigan avtonom viloyat

C) Gruziya hududida joylashgan va asosan arman millatiga mansub aholi yashaydigan avtonom viloyat

D) Ozarbayjon hududida joylashgan va asosan gruzin millatiga mansub aholi yashaydigan avtonom viloyat

6. Qaysi voqea sababli mintaqadagi milliy muammilarni chigallashtirib yubordi?

A) Boku shahrida muholifatchi siyosiy tashkilot-Ozarbayjon Xalq frontining namoyishining o’tkazilishi

B)*Tog’li Qorabog’ avtonom viloyati rahbarlarining viloyatni Aramaniston tarkibiga qo’shishini so’rab qilgan murojaati

C) Milliy mudofaa kengashi tuzilganligi

D) Sovet armiyasining Boku shahriga kiritilishi

7. Qachon Boku shahrida muxolifatchi siyosiy tashkilot – Ozarbayjon Xalq frontining namoyishi boshlandi?

A) 1990-yilda B) 1991-yilda

C) 1989-yilda D) 1992-yilda

8. Xalq fronti kimning boshchiligida Milliy mudofaa kengashi tuzilganligini e’lon qildi?

A) Avaz Mutalibov B) Abulfayz Elchibey

C) Geydar Aliyev D) Ilhom Aliyev

9. Bokudagi armanlar qirg’iniga bevosita turtki bo’lgan sabab nima edi?

A) armanlarning “non isyonlari”

B) Ozarbayjon shifokorining arman millatchilari tomonidan o’ldirilishi

C) Xalq frontining millatchilik ruhidagi mitinglari

D) to’g’ri javob yo’q

10. Sovet armiyasining Bokuga kiritilishiga nima sabab bo’ldi?

A) armanlarning “non isyonlari”

B) Ozarbayjon shifokorining arman millatchilari tomonidan o’ldirilishi

C) Xalq frontining millatchilik ruhidagi mitinglari

D)* Bokudagi armanlar qirg’ini

11. Qachon Bokuda davlat tuntarishi yuz berib Ayaz Mutaliboy hokimiyatdan ketadi?

A)1990-yil fevralda B) 1991-yil martda

C) 1989-yil aprelda D)1992-yil mayda

12. Ayaz Mutaliboydan kiyin hokimiyat tepasiga kim keldi?

A) Zviad Gamsaxurdiya B) Abulfayz Elchibey

C) Geydar Aliyev D) Ilhom Aliyev

13. Geydar Aliyev prezidentlikka nomzodi qo’yilguncha qaysi lavozimda ishlar edi?

A) * Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi

B) Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri

C) Ozarbayjon oliy sud raisi

D) Ozarbayjon moliya vaziri

14. 1993-yilda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida kim yutib chiqadi?

A) Zviad Gamsaxurdiya B) Abulfayz Elchibey

C)Geydar Aliyev D) Ilhom Aliyev

15. Quyidagi Ozarbayjon Prezidentlaridan qaysi biri hokimiyatni o’n yil boshqardi?

A) Zviad Gamsaxurdiya B) Abulfayz Elchibey

C)* Geydar Aliyev D) Ilhom Aliyev

16. Geydar Aliyev o’tkazgan islohatlar va erishgan yutuqlarini qayd eting?

1.ziddiyatli ahvolni yumshatishga erishdi; 2. Fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishlarini yengillashtirdi; 3. Mamlakatning tinch tarqqiyotini ta’minladi; 4. Soliqlarni kamaytirdi; 5. Qo’shnilar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlari o’rnatdi; 6. Ziyolilar bilan munosabatini bo’zdi; 7. Tog’li Qorabog’ faol jang harakatlarini to’xtatdi, muzokaralar boshladi.

A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,3,5,6 C) 2,4,6 D) 1,3,5,7

17. Geydar Aliyev qachon vafot etdi?

A) 2000-yil fevralda B) 2001-yil martda

C) 2003-yil aprelda D) 2003-yil dekabr

18. Gruziya aholisi qachon referendumda mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi?

A)1990-yil fevralda B) 1991-yil martda

C) 1989-yil aprelda D) 1992-yil mayda

19. Gruziya qachon o’z mustaqilligini e’lon qildi?

A) 1991-yil 18-oktabr B) 1991-yil 9-aprel

C) 1991-yil 21-sentabr D) 1991-yil 21-may

20. 1991-yilda Gruziyada o’tkazilgan prezidentlik saylovlarida kim g’alaba qozondi?

A) Zviad Gamsaxurdiya

B) Eduart Shevardnadze

C) Mixail Saakashvili

D) Georgiy Margvelashvili

21. Gruziyada qaysi prezidentning hokimiyatni boshqaruv davri sakkiz oy davom etdi?

A) Zviad Gamsaxurdiya

B) Eduart Shevardnadze

C) Mixail Saakashvili

D) Georgiy Margvelashvili

22. Zviad Gamsaxurdiya davrida yuz bergan voqealarni qayd eting?

1.ziyolilar bilan aloqasini buzdi; 2. Fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishlarini yengillashtirdi; 3. Millatlararo munosabatlarni keskinlashtirib yubordi; 4. Soliqlarni kamaytirdi;

5. Qo’shnilar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlari o’rnatdi; 6.Tbilisida haqiqiy jangler bo’lib o’tdi; 7.gruzin-abxaz majorosini keltirib chiqardi

A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,3,5,6 C) 2,4,6 D) 1,3,6,7

23. 1991-yili Gruziya prezidenti Zviad Gamsaxurdiyani qaysi partiya rahbarlari iste’foga chiqishini talab qilishdi?

A) Gruziya orzusi partiyasi

B) Gruziya xalq demokratik partiyasi

C) Komunistik partiya

D) Sotsial-demokratik partiya

24. Eduart Shevardnadze davlat tepasiga kelgan paytda mamlakatda qaysi urush davom etayotgan edi?

A) gruzin-osetin urushi B) fuqarolar urushi

C) gruzin-arman D) isroil-gruzin

25. Gruziyada kimning prezidentlik davrida gruzin-osetin urushi to’xtatildi?

A) Zviad Gamsaxurdiya

B)* Eduart Shevardnadze

C) Mixail Saakashvili

D) Georgiy Margvelashvili

26. 1991-yilning qaysi oyida Eduart Shevardnadze Gruziya Oliy Kengashi raisi etib saylandi?

A) Oktabr B) Sentabr

C) Noyabr D) Dekabr

27. Eduart Shevardnadze boshqaruviga nisbatan aholining noroziligining kuchayishiga mamlakatdagi qaysi muammo sabab bo’ldi?

A) ziyolilar bilan aloqasining buzilishi

B) Millatlararo munosabatlarni keskinlashtirib yuborganligi

C) gruzin-abxaz majorosi

D) iqtisodiy ahvolning og’irligi

28. Eduart Shevardnadze qachon iste’foga chiqanligini e’lon qildi?

A) 2003-yilda B) 2002-yilda

C) 2001-yilda D) 2000-yilda

29. Eduart Shevardnadzedan kiyin hokimiyat tepasiga kim keldi?

A) Zviad Gamsaxurdiya B) Eduart Shevardnadze

C) Mixail Saakashvili D) Georgiy Margvelashvili

30. Ma’lumki, 2003-yili Gruziyda prezidentlik saylovlari o’tkaziladi va bu saylovlarda Mixail Saakashvili g’olib chiqadi. Aytingchi mamlakatdagi bu jarayonlar Gruziya va G’arb matbuotida qanday nom bilan ataldi?

A) “Gruziya bahori” B) “ Kavkaz inqilobi”

C) “ Lola inqilobi” D)“Atirgullar inqilobi”

31. Mixail Saakashvili hukumati Gruziyada qanday muhim islohatlarni amalga oshirdi?

1.ziyolilar bilan aloqasini buzdi; 2. Fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishlarini yengillashtirdi; 3. Millatlararo munosabatlarni keskinlashtirib yubordi; 4. Soliqlarni kamaytirdi;

5. Qo’shnilar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlari o’rnatdi; 6.davlat mulkini xususiylashtirish; 7. Korrupsiyaga qarshi urush e’lon qildi

A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,3,5,6

C) 2,4,6,7 D) 1,3,6,7

32. Qaysi muammo Mixail Saakashvili davrida ham o’z yechimini topmadi?

A) iqtisodiy ahvolning og’irligi

B) Korrupsiya C) soliqlarni kamaytirish

D)Gruziya bilan Janubiy Osetiya o’rtasidagi mojaro

33. 2008-yilda qaysi davlat Abxaziya va Janubiy Osetiyaning mustaqilligini tan olib, ular bilan ikki tomonlama munosabatlar o’rnatdi?

A) Gruziya B) Rossiya

C) AQSH D) Ozarbayjon

34. 2008-yilda qaysi davlatlar o’rtasida harbiy to’qnashuv bo’lib o’tdi?

A) AQSH, Gruziya, Janubiy Osetiya va Abxaziya

B) Rossiya, Gruziya, Janubiy Osetiya va Abxaziya

C) Rossiya, Ozarbayjon, Janubiy Osetiya va Abxaziya

D) AQSH, Gruziya, Tog’li Qorabog’, Abxaziya

35. O’zbekistonda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilingan yili Gruziyada….?

A) “Gruziya orzusi” partiyasi g’olib chiqdi

B) Rossiya, Gruziya, Janubiy Osetiya va Abxaziya o’rtasida harbiy to’qnashuv bo’lib o’tdi

C) Boylarga qo’shimcha soliq solish to’g’risida qaror qabul qilindi

D) BMTda ko’ztuvchi sifatida qatnashadigan bo’ldi

36. 2012-yili Gruziyada “Gruziya orzusi” partiyasi vakili kim hukumat tepasiga keldi?

A) Zviad Gamsaxurdiya

B) Eduart Shevardnadze

C) Mixail Saakashvili

D) Georgiy Margvelashvili

37. Gruziyada 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida qaysi partiya g’alaba qozondi?

A) *Gruziya orzusi partiyasi

B) Gruziya xalq demokratik partiyasi

C) Komunistik partiya

D) Sotsial-demokratik partiya

38. Armanistonda qachon respublika maqomi bo’yicha referendum o’tkazildi?

A) 1991-yil 18-oktabr B) 1991-yil 9-aprel

C) 1991-yil 21-sentabr D) 1991-yil 21-oktabr

39. Armanistonning birinchi Prezidentini aniqlang?

A) Levon Ter-Petrosyan

B) Serj Sargsyan

C) Mixail Saakashvili

D) Georgiy Margvelashvili

40. Armanistonning davlat mustaqilligi to’g’risida deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?

A) 1991-yilda B) 1992-yil

C) 1993-yil D) 1990-yil

41. Armanistonda mustaqillik uchun kurash qachondan boshlandi?

A) XXI asrning boshlari

B) XX asrning 80-yillari

C) XX asrning 90-yillari

D) XX asrning 70-yillari

42. Quyidagi davlatlarning qaysi birining mustaqilligi uchun kurashi tashqi muammosi qizigan bir paytda boshlandi?

A) Armaniston B) Gruziya

C) Ozarbayjon D) Estoniya

43. Qaysi masala arman jamiyatida etnik birlashish, tarixiy adolatning qaror topishi sifatida qaraldi?

A) iqtisodiy ahvolning og’irligi

B) Korrupsiya

C) Tog’li Qorabog’ masalasi

D)Gruziya bilan Janubiy Osetiya o’rtasidagi mojaro

44. Armaniston mustaqilikdan so’ng Moskva bilan munosabatini aniq belgilab oldi va sovetlarning aybi uchun zamonaviy Rossiyani ayblamadi. Nega?

A) chunki, Rossiyadan katta miqdorda qarzi bor edi

B) chunki, sovetlar davridagi kattalar ala qachon ulib ketgan edilar

C) chunki, agar Gruziya va Rossiyaga qarshi bir vaqtning o’zida frontga kiraolmasdi

D)chunki, Tog’li Qorabog’ masalasida Rossiyaga tayanar edi

45. Armanistonning Rossiyaga tayanishidan boshqa chorasi yo’qligi sabablarini to’g’ri toping?

1.Rossiyaga iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib qolganligi; 2.Ozarbayjon bilan chegaralari amalda yopiq edi; 3. Har tomonlama sherikchilik bo’yicha Rossiya bilan 10 yillik shartnoma tuzganligi; 4. Turkiya bilan chegaralari amalda yopiq edi;

5. Gruziya bilan munosabatlari murakkab edi; 6.Eron bilan ancha jiddiy geosiyosiy kelishmovchiliklari bor edi;

7. Armaniston fuqarolarining ko’pchiligi Rossiyada ishlab tirikchilik qilardilar.

A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 2,4,5,6

C) 2,4,6,7 D) 1,3,6,7

46. 2008-yilda kim Armaniston Prezidenti etib saylandi?

A) Levon Ter-Petrosyan

B)Serj Sargsyan

C) Mixail Saakashvili

D) Georgiy Margvelashvili

47. Armaniston sanoati sovet davrida yaratilgan bo’lib SSSRning ichki bozoriga qanday mahsulotlarni yetkazib beradi?

A) dastgohlar, uskunalar, to’qimachilik mahsulotlari

B) avtomobil ehtiyot qismlari, uskunalar, to’qimachilik mahsulotlari

C) dastgohlar, uskunalar, gusht mahsulotlari

D) vino, uskunalar, kimyo sanoati mahsulotlari

47. Armaniston SSSRning ichki bozoriga o’z mahsulotlarini yetkazib berib o’rniga nima olar edi?

A) yoqilg’i va dori-darmon

B xomashyo va elektr energiyasi

C) g’alla va kartoshka

D) harbiy qurollar va o’q dorilar

48. Armaniston – industrial-agrar mamlakat hisoblanadi. Aytingchi unda ishlab chiqarishning qaysi sohalari rivojlangan?

1.kimyo sanoati; 2.og’ir metallurgiya; 3.sintetik kauchuk; 4. To’qimachilik; 5.oziq-ovqat sanoati; 6.qurilish materiallari ishlab chiqarish; 7. mashinasozlik.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 5, 6

C) 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 3, 6, 7




Download 48.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling