1. Boshlang‘ich sinflarda sifatni o‘rganish tizimi Sifatni o‘rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar


Download 189.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana01.05.2023
Hajmi189.51 Kb.
#1419989
1   2   3
Bog'liq
1- Maruza matni 7c6aef6c02ce927ae48edf66f2759bfb

Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og’zaki va 
yozma nutqda sifatlardan aniq, o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish bilan 
bog’liq holda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan sifatlarni va ko’m-ko’k, yam-
yashil kabi sifatlarni to’g’ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu 
vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o’quvchilar nutqini o’stirishga 
qaratiladi. 
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini 
ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo’yish, gapda sifat bog’langan otni (so’z 
birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan 
sifatlar yoki so’z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq 
materialini tanlashda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, 
shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko’proq bo’lishiga e’tibor beriladi. 
O’quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-
sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o’zlashtirishda uni ot bilan 
o’zaro bog’liq holda o’rganishga asoslaniladi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Boshlang’ich sinfda sifat so’z turkumi yuzasidan o’quvchilarga 
qanday bilimlar beriladi va ular qanday izchillikda shakllantiriladi? 
2. Sifatni o’rganish jarayonida o’quvchilarda qanday imloviy bilimlar hosil 
qilinadi? 
3. Sifatni o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish yuzasidan qanday 
mashqlar o’tkazasiz? 

Download 189.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling