1. Boshlang‘ich sinflarda sintaksisga oid materiallarning berilish tizimi
Download 86.66 Kb.
|
GAP USTIDA ISHLASHDA OID MUSTAQIL ISHLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ega va uning ifodalanishi.
1. Gap bo`laklari haqida ma`lumot.
Gap bo'laklari dastlab, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga bo'linadi. Bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr asosan gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi. Gapning ega va kesimi bosh bo'laklar hisoblanadi. Ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlab, to'ldirib keladi. Ikkinchi darajali bo'laklarga to'ldiruvchi, aniqlovchi va hol kiradi. Masalan: Mashina shiddat bilan qaltis tog' yo'lidan uchib ketdi. 2. Ega va uning ifodalanishi. Gapda mutloq xokim vaziyat egallab, fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatuvchi gap bo'lagi ega deb ataladi. Ega keng ma'noda predmat tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan belgi, harakat, holatning kimga yoki nimaga oidligini ko'rsatadi. Ega bosh kelishikdagi so'z bilan ifodalanib, kim? Nima? Kimlar? Nimalar? qayer degan so'roqlardan biriga javob bo'ladi. Ega ikki sastavli gapning bosh bo'laklaridan biridir. Ma'lumki, gap biror predmet yoki hodisa haqida nimadir aytish maqsadida shakllantiriladi. Demak, gap tuzilish uchun asos bo'ladigan biror tushuncha kerak. Gapda butun bo'laklar ana shu asosiy tushunchani ifodalash uchun to'g'ridan-to'g'ri yoki biror vosita orqali predmet tasavvuridagi so'zga yoki birikmaga bog'lanadi. Shuning uchun ham u bosh bo'lak tarzida o'qiladi. Bu hususiyat uning shaklida ham ko'rinadi: Bunday xokim tushuncha bosh kelishik shaklida bo'ladi. Bu fikrlar shuni ko'rsatadiki, ega gapda fikr ifodalanishiga asos bo'lgan bosh kelshikdagi xokim kismdir. Eganing sintaktik jixatdan, asosan, ikki xususiyati bor. 3. Kesim va uning ifodalanishi. Ega xaqida tasdiq yoki inkorni, so'roqni bildirgan gap bo'lagi kesim deyiladi. Kesim egaga tobe, o'ziga bog'lanib kelgan so'zlarga nisbatan xokimdir. Kesim turli so'z turkumlari bilan ifoda qilinadi. Tuslangan fellar ikki sastavli gaplarning kesimi uchun tipik formadir. Odatda, gap bir so'z orqali ham ma'lum intonasiya yordamida ifodalanishi mumkin. Bir sastavli gapda predikativli struktura jihatidan ko'pincha kesim orqali ro'yobga chiqadi. Demak, kesim egasi maxsus so'z orqali ifodalanmagan gapda ham mavjud bo'ladi. Kesimning nuqtadagi funksiyasi gapni shaklantirishdangina iborat bo'lmay, balki gapdagi sintaktik va semantik hususiyatlar asosida bir yoki bir necha bo'laklarning o'ziga ergashtirib, fikrni to'la ifodalash imkoniyatini ham yaratadi. Kesimlar fel'dan tashqari, ot, sifat, son olmosh, ravish, shunigdek, ravishdosh, harakat nomi bilan ham ifodalanadi. Qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanishiga qarab, kesimlar ikki gruppaga bo'linadi: 1. Fe'l kesim 2. Ot kesim Download 86.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling