1. boshlovchi. Assalom davrimiz allomalari Ustoz murrabiy-yu piri komillar
Download 27.4 Kb.
|
TIL BAYRAMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1989-yil 21-oktyabr
- 2020-yil 21-oktyabr…
1.BOSHLOVCHI. Assalom davrimiz allomalari Ustoz murrabiy-yu piri komillar Assalom qalblarda quyosh uyg`otib Qalbimiz to`rida quyosh bo`lganlar. 2.BOSHLOVCHI. Hurmatli qadrdon ustozlarimga Tongladay musaffo otashin salom. Pedagogika kafedra ustozlariga Tolibu ilmlardan salom assalom 1989-yil 21-oktyabr Aynan shu kunda oʻzbek tilining haqiqiy jozibasini anglashni boshlashga imkoniyat berildi. Oʻzbek millati uchun dunyoga tuynuk ochildi. Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan aytgan fikrlari: “Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”. 2020-yil 21-oktyabr… Roppa-rosa oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil toʻldi. Xoʻsh, mana shu davr mobaynida oʻzbek tilining haqiqiy jozibasi, uning goʻzalligini dunyoga tanitish biz yoshlarning vazifamiz va burchimizdir… Aziz nabiralarim: Sizlarga yagona tilagim ilm istang Alp o’g’lonlari o’lkasi bu ko’hna Turon Qalqonlari , qanotlari ilm istang Yarin jahon bunyd etgan Sohibqiron Alisherning avlodlari ilm istang Tahtdan tushganda ham otdan tushmagan Ajdodingiz qurmagan-davlat qurgan Yurti uchun yelkasida tog’lar surgan Rustamlari, Farhodlari ilm istang Ko’z ochganda kezib yeti bahra ummon Yetti tilda so’ylashgan biz tili biyron Vatanida Tojmahallar tiklar sulton Boburlari Behzodlari ilm istang Haq yo’li siz limning ummatlari Halq yo’lida hidiyati himmatlari Madad bo’lsin Yassaviyning hikmatlari Bobo mashrab bayotlari ilm istang Ilm istang yuzingizdan ibrat bo’lsin Ihlosingiz shahtingizdan shiddat yog’sin Ortingizdan mag’rur-mag’rur millat yog’sin Mulki turon najodlari ilm istang (Qo’shiq bilan sahna ko’rinishi tugaydi) 1-boshlovchi: Shunday qilim Ona tilim-jonu dilim tadbiri ishtirokchilari va bayram dasturini tayyorlagan talabalarga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz, e’toboringiz uchun rahmat.
Download 27.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling