1-Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli, dilrabolar assalom Yuzi gul sochi sumbul, xurliqolar assalom
Download 22.39 Kb.
|
1-Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli, dilrabolar assalom Yuzi gul sochi sumbul, xurliqolar assalom Mustaqil yurt gul g’unchasin, oq yuvib oppoq tarab Tunu kun parvona bo’lgan, onajonlar assalom 2-Boshlovchi: Assalom azizlar qalbi quyoshlar Mehringiz nuridan iliqlik oldik Yurakdan atab sizga bir kalom Ta’zim aylab deymiz salom assalom Xojiraxon Tanitib yurt jahonga erk berib har insonga Chorlab din-u imonga,dilda ardoqli kalom Onajonlar assalom Safarmurod Yuragimga iliqlik berib, namatakda sa’va mittijon Nigohimda faqat sen pinhon Assalom bahorjon,assalom ko’klam Ruxshona Xush kelding yaxshi kelding,kechdi qancha intizor chog’lar Qo’limda gul seni kutarman Assalom bahorjon,assalom ko’klam Xayotxon Qalbimda ochildi go’yo bir tilsim Sirlaring mahzani ado bo’lmasdek Oppoq orzularga to’ldi bu ko’ksim Ruximni osmonga olib uchgandek Bunchalar fusunkor bo’lmasang bahor Men senga o’xshagim keladi takror Asliddin Meni ham sen kabi kutisharmikin Yo’llarimga bo’lib zor-zor intizor Qani go’zal bo’lsa she’rlarim sendek Ildizlari teran,sehrli gulzor Bunchalar fusunkor bo’lmasa bahor Men senga o’xshagim keladi takror Munisa Mana bugun shodiyona kun Azizlar sizlarga gullar tutarman Shu yerdasan,qalbimga yaqin Yonginamda turibsan ko’rkam Umrim bo’yi chorlab o’tarman Sen bahorni sog’inmadingmi 1-Boshlovchi: Nafis bahor faslining ilk kunlarini ham o’tkazmoqdamiz. Bir so’z bilan aytganda bahor serbayram , sershodiyona fasldir. Bugun esa siz azizlar b/n birga bayramni esda qolarli o’tkazish niyatida bu davraga yig’ildik. Xush kelibsiz 2-Boshlovchi: Bu dunyoda ayoldan, aniqroq aytsam onadan muqaddas zot bo’lmasa kerak! Ona – buyuk zot! Ushbu bayram tadbirimiz muqaddas ayollarimiz onalarimiz bayramiga bag’ishlanadi. 1-Boshlovchi: Ona chashmadir… farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini simirib chanqog’ini qondiradilar. Ona aziz va mo’tabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asrlar osha ana shu ulug’ siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. 2-Boshlovchi: Ona buyuk zot. Ona o’zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi inson. Dunyoga keltirib, to mukammal bo’lgunimizcha rohat farog’atdan kechadi.Negaki yuqorida aytganimizdek olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona go’zallik va donolik timsolidir. 1-Boshlovchi:onalarimiz shaniga qancha ta’rif bersak shuncha kam shunday ekan hozirgi navbatni she’rlarga beramiz (Men uchun ko’p yashang iltimos ona) she’ri 2-Boshlovchi:Onam mening baxtim mening hayotim, U mening borlig’im, ko’kdagi oyim. Yuragimda o’chmas mangu bayotim Xudoyim onamni asragin doim 1-Boshlovchi:Tongda turib menga taxtlar tilagan O’tirsa tursa ham baxtlar tilagan Yig’lasam yupatib boshim silagan Xudoyim onamni asragin doim. 2-Boshlovchi: 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” sifatida yurtimizda keng nishonlanishi ayollarimizning Dunyodagi eng ulug’ xilqatliklari hamda olam ona tufayligina mukammal ekanligi yaqqol namoyon bo’ladi. 1-Boshlovchi: Endigi navbatni sinfimiz ijrosida tayyorlangan qo’shiqqa bersak marhamat …. “Onamdur “ (qo’shiq) 1-Boshlovchi: Tadbirimizni ko’tarinki ruhda davom ettiramiz…. (She’rlar) 2-Boshlovchi: Qadrli onajonlar bayram bilan yani bir bor muborakbot etamiz . Siz OLLOHNING mo’jizasisiz buyuklikda sizning tengingiz yo’q. Madhingizni kuylash har birimiz uchun sharafdir!!! (O’zongiz azizsiz aziz ayollar) 1-Boshlovchi: Darhaqiqat, bugun ayollar yani onajonlarimiz madhini g’urur va iftihor tuyg’ulari ila aytmoqdamiz. Ammo onajonlarimizning chiroyli, latofatli bo’lib yurishlarida otalarimizning o’rni ham e’tibori maqtovaga sazovor.Bu ikki siymoni bir -biridan ayro tasavvur qilish mushkul ish. Bizni voyaga yetkazishda otajonlarimizning va onajonlarimizning birgalikda xizmatlari beqiyos. Borlariga shukur! (Oman boyligimdir , Otam salatim) 2-Boshlovchi: Oqqushlarni vafodor deb maqtashadi , bulbullar gulning mahliyosi deyishadi . Jaxondagi Jamiyki jonzot vafodorlikni sizdan o’rgansin, bulbullar xonish aylashni sizning allalaringizdan o’rgansin ,Onajonlar …Axir tonggacha ko’z yummasdan bedor chiqqan siz emasmi, belanchagimizni qulochlab allalar aytgan siz emasni… Gulnoza: Oilaning barcha ezguliklari, xizmatlari ,yaxshi kunlari, muammolari ana shu ma’suma va munis ayol atrofida aylanadi Abdujalil: Oqilla va dono ayollarimiz hamisha ( OMON BO’LSINLAR) Ruxsora: Ayol oila o’chog’ini yoqadi butun imkonini ishga solib, o’z bolasini bag’rida bo’ron va dovullardan sog’ salomat olib o’tadi, kelajakka poydevor qo’yadi Sardor: Bunday bardosh va matonat uchun ularga (TA’ZIM QILAMIZ ) Muhammadraxim: Har qanday jamiyatning farovonligi va ma’naviy sog’lomligi mezoni , oila ahilligi , oila mustahligidir Ixlos: Ayol oilaning asosi xonadonimizning charog’on etuvchi chiroqdir. Har bir oilada bunday yog’du ( DOIMO PORLAB TURSIN) (RAQS) 1 – boshlovchi: Onajon!Bu galgi yurak so’zimni, Senga bag’ishladim, Senga azizim!Qaniydi, Tabiat qo’lidan kelsa, Abadiy etolsa, sening umringni! Roziydim, onajon! Iloji bo’lsa - Senga qo’shib bersa, mening umrimni. (Ko’p yashang ona ) Muhammadziz 2-Boshlovchi: Aziz mehmonlar tashkillashtirgan kechamiz dillaringizga bir oz bo`lsa ham quvonch bag`ishlagan bo`lsa, o`zimizni baxtiyor his qilamiz.Shu bilan tashkillashtirgan kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan qutlaymiz. Qalbingizdagi nafosat, amallaringizdagi sharqona ibo, or-nomus doimo chiroqdek bo`lib yo`llaringizni yoritaversin. Ezgu tilaklar hamisha yo`ldoshingiz bo`lsin. 1 – boshlovchi: Shunday fayzli tadbirni yakunlagimiz yo’q ammo har narsaning boshi bo’lganidek yakuni ham bor … Onajonlar siz ko’zlarimizning nurisiz , bilib bilmay dilingizni og’ritib qo’yadigan paytlarimiz bo’ladi . Ammo biz u/n sizdek aziz zot yo’q. Ushbu dil izhorlarini sinfimizdagi barcha o’quvchilar nomidan sizga aytish biz u/ sharaf. Yana bir bor xush kelibsiz. Bayramingiz muborak bo’lsin! Download 22.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling