1-Boshlovchi Assalom maktabim-ey nuri ummom


Download 39.87 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi39.87 Kb.
#1589752

1-Boshlovchi
Assalom maktabim-ey nuri ummom
Assalom bilimga chanqoq bolajon
Assalom ma’rifat ey bahri iymon iymon
Assalom muallim –fidokor inson
2-boshlovchi
Assalom dunyoning nurli ziynati
Assalom tiriklik-umr lazzati
Assalom yangilik ruhning qiymati
Assalom xalqimning olim xilqati
1-boshlovchi
Assalomu alaykum, aziz ustozlar qadrli o’quvchilar!
2-boshlovchi
Assalomu alaykum, mehribon ota-onalar, sevimli buvi va bovajonlar!
1-boshlovchi
“Ma’naviy yuksaklik-nurli kelajak garovi” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar.
2-boshlovchi
Bo’lganmi bizning davrdek hech qachon davronlar
Istiqlolim berdi bizga ilm uchun imkondir.
Ma’naviyat ma’rifatni ardoqlovchi onlar
Xush kelibsiz, ey aziz o’qituvchi-yu mehmonlar

  1. O’yin yangi O’zbekiston

1-o’quvchi
Ona yurtim O’zbekistonim
Poylaringga sadqa bu jonim
Dunyolar ichra bir dunyo
O’xshashi yuq chamanistonim
Yaragimda bir orzu havas
Senga sodiq farzand bulsam bas
2-o’quvchi
Beshigimni tebratgan o’zing
Alla aytib uxlatgan uzing
Uydan chiqsam ostona xatlab
Har laxzada so’ratgan o’zing
Yuragimda bir orzu havas
Senga sodiq farzand bulsam bas
3-o’quvchi
Bir to’kilibtag’in qomat tikladi
Yelkalarga millat yukin yukladi
Ozod vujudlarda ruh bo’ldi bino
Binolar o’rnida davlat tikladik
Qay kun tildan uchdi qadrdon kalom
Dunyolarni quchdi o’zbek degan nom
4-o’quvchi
Vatanimiz O’zbekiston
Shahrimiz Samarqand
Maktabimiz 45-sonli maktab
Davlatimiz ramzlari-tamg’a bayroq madhiya
Tilagimiz tinchlik obodlik
Risqi ro’zimiz-non
Boyligimiz paxta, bug’doy, sholi
Istagimiz ilmu odob o’rganish
Maqsadimiz-barkamol inson bo’lib Vatanga xizmat qilish
1-boshlovchi
Qo’shiq
5-o’quvchi
Yurtboshimiz chiqardi farmon
Yoshlarimiz bo’lsin bilimdon
Beshta muhim tashabbus bilan
Izlanarmiz kelajak tomon
6-o’quvchi
Ushbu qaror yoshlarni ma’viy yuksaklikka yetkazuvchi qadamlardan biri bo’lib, biz yoshlarni mustaqil vatanimizning nurli kelajagi sari odamlarimiz uchun kata imkoniyatlar eshigini ochdi.
7-o’quvchi
Prezidentimiz birinchi tashabbus yoshlarni musiqa rassomchilik adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarni oshirishga xizmat qiladi.
8-o’quvchi
Adabiyot musiqa san`at
Oshno etar ezgulikga
Teatr bu hayot maktabi
Chek quyadi yovuzliklarga
2-boshlovchi
Doira
9-o’quvchi
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularni jismoniy chiniqtirish ularni sport sohasida qobilyatlarni nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.
10-o’quvchi
Sport tinchlik elchisi
Chiniqtirar bizlarni
Dunyolarni tanitar kuchli o’g’il qizlarni
1-boshlovchi
O’yin, O’g’illar
11-o’quvchi Madina To’ychiyeva
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
12-o’quvchi:
Kompyuter bu manbaa
Foydalangin sen to’g’ri
O’zinga bog’liq bari
Keraklimi noto’g’ri.
1-boshlovchi
13-o’quvchi. Madina
To’rtinchi tashabbus yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.
14-o’quvchi Zuhra
Kitobga do’st bo’lganlar
Olam sirini bilar
Kelajakda el uni
Doimo hurmat qilar.
1-Bosqich. O’yin. Husan
15-o’quvchi
Maktab degan qutlug’ dargoh
Muqaddasdur bizga har chog’
Bilim sari boshlar yo’lga
Aziz quchoq tanish yo’lka.
16-o’quvchi Ozod
Har kun erta tongdan boshlab
Biz u tomon otlanamiz
Do’stlar birga shodlanamiz
O’quvchi Farzona
Salom ustoz, salom muallim
Bayramingiz bilan qutlaymiz
Ilm bilan istiqbol yo’lin
Ko’rsatdingiz hech unutmaymiz
Siz emasmu yeti yoshimdan
Alifbeni tutgan qo’limda
Siz emasmu silab boshimni
Cheksiz shodlik solgan ko’nglimga
Bugun sizga chin yuragimdan
Mehrim toshib tabrik bitaman
Umrim bo’yi men saodatda
Vatanimga xizmat etaman.
O’quvchi Farzona S Mehribon
Siz murabbiy inson uchun
Har bir ilmu urfon uchun
Rahnamosiz bizlar uchun
Qalbi daryo muallimlar.
2-bosqich. Ustoz qo’shig’i
O’quchi Zafarova M
Prezidrntimizning beshinchi tashabbusi xotin qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
O’quvchi
Ayol qiz ishli bo’lsa
Oilada bo’lar Baraka
Kasb kor
Oshar bilim malaka
O’quvchi mehribon
Onajonim ba’zan meni
Yosh bu deb hech o’ylamang

  1. O’yinqaroq bebosh mehri

Toshu bu deb hech o’ylamang
Darhaqiqat hali yoshman
Murg’akkina bolaman
Kata bo’lsam yordamchi-yu
Ham mehribon bo’laman.
O’quvchi Farida
Ortingizdan taqlid qilib
Qo’g’irchig’im boqaman
Uy joylarni yig’ishtirib
Sizga chindan yoqaman
Xolakasi o’ynaganda
Oyisi men bo’laman
Hamma ishda oyijonim
Sizga taqlid qilaman
O’quvchi Mehriniso
Oyijonim kata bo’lsam
Ishingizni olaman
Dam oling deb tagingizga
Ko’rpachalar solaman.
Shu sababli onajonim
Bo’ling sog’u salomat
Onalar bor bolalar sog’
Shudir baxtu saodat.
O’quvchilarning dil izhorlari
Onam hoji qilaman/sharni berib chiq
1-b
Ko’ringanni duolar
Qilar bizda momolar
G’animga ham omonlik
Tilar bizda momolar
Momolar har joyda bor
Bizda bori qayda bor.
2-b Madina
Bizning bo’ston qayda bor
Shohimardon qayda bor
So’lim surhon qayda bor
Samarqand noni qayda bor
O’zbekiston qayda bor.
Sehrli dunyo
Hurmatli mehmonlar aziz o’qituvchilar
Shu bilan tadbirimiz nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun kata raxmat.
Download 39.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling