1-boshlovchi. Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar. Bugungi “Til bayrami”ga xush kelibsiz! 2-boshlovchi
Xalq og`zaki ijodidan parcha. “Kuntug`mish” dostoni”. 8-E sinf
Download 46.5 Kb.
|
21-oktabr-til-bayrami-senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuntug`mish
Xalq og`zaki ijodidan parcha. “Kuntug`mish” dostoni”. 8-E sinf
o`quvchilari ijrosida. Muallif: Xalq og`zaki ijodining durdona asarlaridan bo`lgan “Kuntug`mish” dostonidan parcha. Podshoh Kuntug`mish o`z bolalarini qatl qilish marosimida. Mohiboy: O`laman deb mard qavlidan toyama, Yo`qchilik jo`mardning ko`zin o`yama Oq suvdan yilqingni o`zim haydadim Qo`lingdan kelganin qilgin ayama. Mardlarning parvoyi bo`lmas o`limdan Musulmonman kalima kelar tilimdan. Xolbeka: Qaladin qalampir yuklar qalachi Durdonadan anbar tog`ning og`ochi Analhaq deb Mansur senga osildi, Assalomu alaykum dorning og`ochi SHonaman taralar qizlarning sochi Madad qiling bobo Zangi podachi Analhaq deb Mansur senga osildi Assalom alaykum, dorning og`ochi Mohiboy: E sho`rlik qismati qattiq enam. Bu dunyoga kelib biror shod bo`lmay yig`lab o`tgan enam. Taqdiringga ko`n-da. Bu og`ochning qo`lidan nima keladi? Bizlar chiqdik ena Zangar elidan Bog`bon uzar bog`ning toza gulidan Yig`lasang Xudoga yig`la enajon Nima kelar quv og`ochning qo`lidan Podshoh tolibdir taxt bilan tog`ga Ko`ngli kelar doim zakotmand bojga Nima kelar quv og`ochning qo`lidan Kofirmisan, elinasan og`ochga. Gurkiboy: Ooo jallodlar, avval meni o`ldiringlar, mening oldimda Mohi o`lmasin, mening ko`zim ko`rmasin. Mening yoshim katta, yo`l meniki Beklar minar bedov oting tolmasin, Hech kimsa dunyoda bizday bo`lmasin Mendan burun Mohi bebaxt o`lmasin Mohining o`ligin ko`zim ko`rmasin Zolim jallod, bilmaganin bildirgin Yig`latma Mohini, o`ynab-kuldirgin Meni o`ldir Mohini qo`y jallodlar, YOshim ulug`, avval meni o`ldirgin. Mohi: e jallodlar, gunohni men qildim. Gurkiboy meni shuncha qaytardi, aytganini qilmadim. Gurkining gunohi yo`q, meni o`ldiringlar, Gurkini ozod qilinglar. Gurkining qoniga zomin bo`lmayin. Kuntug`mish: Bolam kepti, necha tog`lardan osha Ikki zulfi gardiniga yarasha Po`shta-po`sht tomoshabin jonlarim O`lganin nesin qilasizlar tomosha Qo`ldan ketgan davr ilan davronlarim Vayron bo`lib ko`shk ilan ayvonalrim O`lganin nesin qilasizlar tomosha Yo`l bering tomoshabin jonlarim Bolamning oldida men dod aylayin O`z holima necha faryod aylayin O`lganin nesin qilasizlar tomosha Qochinglar bolamni ozod aylayin. Xolbeka: Men seni shahzoda dedim, mard dedim Sen qanday siynamga qo`ygan dard eding. CHiqsin ko`zing tanimading bolangni Ne tiling buni dorga tort deding Armon bilan bilganim bildirding Zor yig`latib ko`zim yoshga to`ldirding Ne tilingman buni dorga tor deding Podshoh bo`lib o`z bolangni o`ldirding YUra bilmay yurar yo`ldan toyrildim Ucha bilmay qanotimdan qayrildim Ne tilingman buni dorga tort deding Armon bilan men bolamdan ayrildim. Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling