1-boshlovchi: Jahonki muqaddas neni ko’ribdi


Download 10.86 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi10.86 Kb.
#1493522
Bog'liq
navoiy bobur senariy


1-boshlovchi: Buyuk mutafakkir,g’azal mulkining sultoni-Mir Alisher Navoiy va Z.M. Bobur tavalludi tantanasisiga yig’ilgan aziz mehmonlar, Assalomu alaykum!
2-boshlovchi: ”Davron elining jismida jon bo’lg’on”mo’tabar ustozlar Assalomu alaykum!
1-boshlovchi: Jahonki muqaddas neni ko’ribdi,
Bariga onasan, ey qodir xayot.
Asrlar qaridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
2-boshlovchi: Shu buyuk o’g’ilni ardoqlab dildan
Xalqim ta’zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o’zbek degan nom.
1-boshlovchi: Xoqoniy oily maqom Shoxrux sultoning podsholik davrida izzat va iqbol gulshanida omonlik va umid mevalari beradigan bir daraxt ko’kardi.Martaba va ulug’lik osmonda baxt-saodat ko’zini yorutuvchi bir yulduz porladi.
2-boshlovchi: Oliy martabali hidoyat nasabli,pozikiza tabiyatli,sof niyatli saltanat suyanchig’I mamlakat ustuni Xoqoniy davlatining yordamchisi 17-ramozon oyi 844xijriy tovuq yilida yo’qlik dunyosidan borliq olamiga qadam bosib o’zinining go’zalligi va porloq chehrasi bilan yer yuzini yoritdi.Kelajak nasllar ul zotni turkey til asoschisi she’riyat sultoni-Mir Alisher Navoiy deb ehtirom ila tilga oladilar.
boshlovchi: – Shoh va shoirning suronli hayot yo’li, uning Hind tuprog’ida amalgam oshirgan buyuk ishlari, jahon adabiyotiga qo’shgan ulkan hissasi birin – ketin gavdalanadi.
Bobur 1483 yil 14 fevralda o’zining “Boburnoma” asarida mahorat bilan tasvirlagan go’zal Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’iladi. Otasi – temuriylar avlodidan bo’lgan Umarshayx Mirzo o’sha davrda Farg’ona viloyati hokimi edi.– 1495 yil Umarshayx Mirzo fojeali ravishda vafot etadi. Viloyatni boshqarish 12 yoshli Bobur zimmasiga tushadi.
1– boshlovchi: – Toju taxt,, saltanat ishlari, jangu jadallar – bularning bari uning murakkab hayotidan dalolat beradi.1-boshlovchi: Alisher Navoiy Xurosonning bo’lajak sultoni Husayn Bayqaro bilan juda yaqin do’st bo’lib bir madrasada ta’lim olishgan.Yosh Alisher kichikligidan kitob o’qishni, she’r yod olishni sevgan.
2-boshlovchi: Har yerda bahor bo’lsa,chaman bo’lsa kerak,
Har yerda chaman, gulu-suman bo’lsa kerak,
Har qayda xazon bo’lsa, tikon bo’sa kerak,
Har qayda tikan mihan bo’lsa kerak.
1-boshlovchi;-1465-yil Samarqand tomon yo’l oladi va shoir sifatida juda katta shuhrat topadi.Shoirning dastlabki yozgan she’riy kitob “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir.Shu bilan bir qatorda shoir (1469-1472)yillari saroyda muhrdor,(1472-1476) yillarda vazir,(1487-1488)yillarda Astrobodda hokimlik qilgan.
2 – boshlovchi: – Bobur o’zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo’shgan xassos shoirdir. Uning lirikasini g’azal, ruboiy, qit`a, tuyuq, masnaviy va muammolar tashkil etadi. Bobur she`riyatida ona yurtga muhabbat, vatanni qo’msash, motivlari katta o’rin egallaydi. U ushbu kechinmalarini, ayniqsa ruboiylarida keng ko’lamda ifoda etadi.
1-boshlovchi:-Hokilmik davrida Navoiy hasharni amalga oshirdi, lekin Vatan va yurtiga bo’lgan muhabbati bir soniya ham unga tinchlik bermadi va yurtini qo’msab bir qancha asarlar yaratdi.
Yorabki,inoyatingni yor ayla manga
Yo’qlukka xidoyatningni bor ayla manga
Har qahri kifoyatingni dor ayla manga
Har duri inoyating nisor ayla manga
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish.
O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur.
Ne ajabkim sarvinozim, o’n sakkiz yoshindadur.
Desa bo’lg’aykim,yana ham o’n sakkiz yil husni bor,
O’n sakkiz yoshinda bunchakim fitna boshindadur.
Boshni fido qilg’il ato bo’shig’a
Jismni qil sadqa ano qoshig’a
Tun kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla,birisin quyosh.
boshlovchi: – Zahiriddin Muhammad Bobur biz uchun mahobatli bir yulduz. Uning zavq baxsh umri hech qachon so’nmaydi. Ana shu musaffo nur sizu bizning ong va idrokimiz yorishuviga hizmat qiladi. Bundan qarib 5 asr muqaddam shunday bo’lgan. Hozir ham shunday, keyin ham shunday qolajak.
2 – boshlovchi: – Uning asarlari dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan. Vatanimizning eng diqqatga sazovor joylari shoir nomi bilan ataladi. Bu kun uning haykali poyida anvoyi gullar yashnab turibdi.
. Xayr, omon bo’ling!
Download 10.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling