Rollarda sinfning aktiv o`quvchilari qatnashdi. Boshlovchi: _______________ Jodugar: _________________ Qorbobo: ________________ Qorqiz: __________________ 20__ yil: ___________________ 20__ yil: _____________________
va boshqa o`quvchilar she`r, qo`shiqlari bilan qatnashdilar. Sahnaga jarangdor ovozi bilan boshlovchilar kirib kelishdi. Boshlovchi: Assalomu alaykum mahribon ustozlar, azizi bolajonlar… Maftuna: she`r aytadi. “Salom odobning boshi”. Sahnaga alanglagancha jodugar kirib keladi. U yoq, bu yoqqa supurgisiga minib yugurib, bolalar yoniga borib, ularni kuldiradi. Jodugar: Voy, voy, Nimalar deb javrashyapti, yangi yil bayramiga, yangi yil bazmiga dedimi… Boshlovchi: – Hoy, jodugar! Seni bu yerga kim chaqirdi? Rostini ayt, Qorbobo bilan Qorqizni ko`rdingmi? Ular qayerda? Jodugar: – Bolmasamchi, Ko`rganda qandoq. Lekin ular boshqa yoqqa kelishdi. Chunki men ularga noto`g`ri yo`l ko`rsatdim, kutib ovora bo`lmang. Boshlovchi: – Bekorlarni aytibsan. Ular kelishlari shart. Ularsiz bayram bayrammi? Hozir birgalashib chaqiramiz. Hamma: – Qor-bo-bo, Qorbobo, Davramizga marhabo. (Uzoqdan ovozi eshitiladi). Jodugar: – Obbo, endi nima qilaman? Ular bu yoqqa kelishyapti. Ha topdim. Archa orqasiga berkina qolay. Qorbobo: – Salom meni jajji bolajonlarim. Mana, nihoyat huzuringizga yetib keldik… (ko`zi jodugarga t-di). Hap sanimi Jodugar, shoshmay tur. Bu yergayam kepsanda-a. Hech yomonladingmi qo`ymading-da…. Jodugar: (yelkasini qisib): – Kechiring, Qorbobo, kechiraqoling, bayram kechangizda men ham qatnashay.
Qorbobo: – Ha, mayli. Bu oxirgisi…. Jodugar: (chekkaga chiqib o`ziga-o`zi gapiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |