1-boshlovchi
Download 0.57 Mb.
|
Atom fizikasi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Shavkat Mirziyoyev
Bir necha asr davomida aniq va tabiiy fanlar O’zbekiston zaminida keng rivojlanib, O’rta Osiyo hududi dunyo intelektual markazi bo’lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Mahmud Koshg’ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy , Jamshid Koshiy , Mirzo Ulug’bek , Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo’shdi. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O’zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo’ldi va xorojiy akademiyalar a’zolari bo’lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo’nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o’rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o’tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo’shdi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o’qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o’quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatdosh mutaxasislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va inovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo’naltirishga kata e’tibor qaratilmoqda. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi vaqtda yadro fizikasi fani oldida yadro kuchlar tabiatini, elementar zarralar xususiyatlarini hamda termoyadro reaksiyasini boshqarish kabi eng muhim muammolar turibdi. Turli xil muammolarni hal etishda, yagona nazariyani yaratishdagi asosiy qiyinchilik shundan iboratki, yadrodagi nuklonlar orasidagi o'zaro ta’sirlashuv kuchlarini bilmaymiz. Bu kurs ishining dolzarbligi shundaki transuran elementlar o’rganishga juda murakkab bo’lgan elementlarligini hisobga olgan holda, ularni yanada chuqurroq o’rganish. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling