1 Boshqaruv hisobiga ta’rif bering
Download 18.84 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-amaliy mashgulot Boshqaruv hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob siyosatini ishlab chiqish
- Aktivlar = O’z mablag’lari manbalari + Majburiyatlar (A= K+ M)
Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdaniborat. Bu ma’lumotlar ma’muriyatning o’zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham mo’ljallangan bo’ladi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to’lov qobiliyati, kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma’lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga e’tibor beradilar.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to’g’risidagi ishonchli ahborotlar bilan ta’minlashdir. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini byudjetlashtirish, taxminlash, tannarx hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o’z ifodasini topadi. 13) Moliyaviy va boshqaruv hisobida hisobning asosiy tuzilmasi qanday ko’rinishga ega? Aktivlar = O’z mablag’lari manbalari + Majburiyatlar (A= K+ M) 14) Moliyaviy va boshqaruv hisobida axborotlar qanday o’lchanadi? Xo’jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun moliyaviy hisobda faqat qiymat o’lchovi qo’llaniladi va so’mlarda ifoda etiladi. Boshqaruv hisobida esa hisob o’lchovlarining moddiy, mehnat va qiymat kabi barcha turlaridan foydalaniladi. Download 18.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling