1. Boshqaruv jarayonida loyihalashni tashkil etish Boshqaruvning tashkiliy strukturasi
Download 47.51 Kb.
|
Boshqaruvda rahbarga beriladigan vakolatlar
Boshqaruv apparatining tuzilishi deganda, boshqaruv apparati va ular orasidagi bog‘lanishlar tushuniladi. Boshqaruv apparatining tarkibi - bir-biri bilan bog‘langan teng huquqli birliklar va bo‘g‘inlar bilan to‘ldirish uchun tashkiliy tuzilishdan iborat. Har bir bo‘linma o‘z vazifasiga ega bo‘lib, bo‘linma bajaradigan vazifalar doirasida, uning faoliyat chegaralarini, vakolatlarini va javobgarligini belgilaydi.
Tuzilish bo‘linmalari rasmiy va norasmiy aloqalarga bo‘linadi. Rasmiy aloqalar, eng avvalo, rahbarlar bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi aloqalardir (tik aloqalar). Ular rahbarlikning va bo‘ysunuvchilarning turiga qarab farq qiladi. Agar rahbarlik to‘laqonlik bo‘lib, quyi bo‘linmalar faoliyatiga doir barcha masalalarga dahldor bo‘lsa, bu xildagi aloqa muntazam aloqa deyiladi. Rahbarlik cheklangan bo‘lsa, bu holda aloqa funksional bo‘ladi. Bo‘linmalar o‘rtasida, vertikal aloqadan tashqari yopiq aloqalar mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Boshqaruv tizimida asosiy o‘rinni rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim ahamiyatga egadir. Bularga korxonaning ta’minotchilar, mahsulot iste’mol qiluvchilar, tadqiqot va ishlab chiqarish tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalari kiradi. Muntazam tuzilish bu tuzilishning eng sodda turi bo‘lib, unda har bir rahbar o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va hamma zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi. Muntazam tuzilishli boshqaruvda rahbar hamma zarur vakolatlarga ega bo‘ladi va o‘zining xo‘jalik faoliyati natijalari uchun to‘la javob beradi.
Boshqaruv tuzilishi ko‘p bosqichli bo‘lganda bir bosqichga tegishli tashkilotlarning har bir guruhini idora qilish ko‘lamlariga qarab, yuqori bosqichda o‘zining rahbar tashkilotiga ega bo‘ladi. Masalan, ikkinchi bosqichdagi idoralar guruhi uchinchi bosqichdagi rahbar bo‘g‘iniga va uchinchi bosqichdagi idoralar guruhi to‘rtinchi bosqichdagi rahbarlik bo‘g‘iniga ega va h.k., unda barcha tizim bo‘limlari muntazam ravishda boshqariladi, shuningdek, boshqaruvning barcha masalalari bitta yo‘nalish bo‘yicha yechilib, har qaysi bo‘g‘in bitta rahbarga va bir necha bo‘ysinuvchilariga ega bo‘ladi. Xodimlar faqat o‘z rahbariga hisobot beradilar. Bo‘linmalar o‘rtasida muntazam bog‘lanish o‘rnatiladi. Rahbarlar ish yuzasidan o‘z xodimlari bilan bevosita bog‘lanish o‘rnatadilar va ularning oldida o‘z harakatlari, ish natijalari to‘g‘risida hisobotlarni beradilar. Bu bilan teng huquqli tuzilish birliklari negizida yopiq bog‘lanish yo‘qligi va xodimlarning ixtisoslashmaganligi bilan boshqa turdagi boshqaruv tuzilishidan ajralib turadi Funksional idora bo‘linmalari, unda ishlaydigan mutaxassislar soni boshqaruv faoliyatining xarakteri va uning hajmiga bog‘liq. Boshqaruvni funksional asosida tashkil etish murakkab masalalarni yechishga imkon yaratadi va uning ixtisoslashishi boshqaruv samaradorligining kasb mahorati darajasining o‘sishini ta’minlaydi. Muntazam rahbarlar oldida turgan vazifalarni hal qilish uchun zarur vakolatlarni muntazam - funksional boshqaruv tizimi o‘z ichiga oladi. Ular malakali funksional va shtat maslahatchilariga ega bo‘ladi. Bunday yordamchilarga ega bo‘lishda xo‘jalik faoliyati bir tomondan yengillashadi, boshqa tomondan esa, olinadigan maslahatlar qarama - qarshi bo‘lgani sababli murakkablashadi. Muntazam rahbarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiqligini aniqlash va uni uzil - kesil qabul qilishdan iborat. Boshqaruvning muntazam - funksional tizimi turida muntazam - funksional va shtabli bo‘linmalar qo‘llaniladi. Bu bo‘linmalar o‘rtasida har xil o‘zaro bog‘lanishlar mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘lamining doimiy ravishda o‘sishi, boshqaruv mehnatining yanada murakkablashishi, yangi boshqaruv vazifalarining ajralib chiqishi bo‘linmalar ixtisosining chuqurlashishiga olib keladi. Bu esa boshqaruv mehnatini samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Boshqaruvning muntazam funksional tuzilishining foydali tomoni aniq ish natijalariga javobgar mas’ul shaxslarning mavjudligidan, xodimlarning kasb mahoratini o‘sishidan iborat. Doimiy o‘zgaruvchi ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatiga ko‘nikmaslik darajasini balandligini, mustaqillik va rasmiyatchilikka moyillik, teng huquqli yopiq bog‘lanishlar muvofiqlashtirilishining murakkabligi, ishlab chiqarish birlashmasi yiriklashgani sari buyruqbozlik kuchayishlar muayyan boshqaruv tizimining kamchiligi hisoblanadi. Kamchiliklarga qaramay mazkur boshqaruv tizimi respublikamiz sanoatida keng ko‘lamda tarqalgan. Hozirgi vaqtda barcha korxonalar, zavodlar, kombinatlar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida mazkur boshqaruv tizimini qo‘llamoqdalar. Ishlab chiqarishning tez sur’atlar bilan o‘sishi korxonalar va birlashmalarda boshqaruv tizimining murakkablashishiga olib keldi. Natijada ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatida o‘zgaruvchan masalalarni hal etishda muntazam fukncional boshqaruv tizimida yetarli ko‘nikish va mutanosiblik mavjud bo‘lganligi sababli ba’zi bir muammolar kelib chiqadi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun dasturli - maqsadli boshqaruv uslubi ishlab chiqiladi. Bu uslub aniq maqsadlarga erishish uchun muntazam - funksional bo‘linmalarning mayda bo‘lakchalarini yaratishni ko‘zda tutadi. Bular jumlasiga yangi turdagi buyumlarni ishlab chiqish va joriy etish, ishlab chiqarishni qayta tiklash, iste’molchilarnig mavjud talablarini qondirish va boshqa ko‘p masalalar bo‘yicha alohida bo‘lakchalarni yaratish kiradi. Dasturli maqsadli usulni qo‘llash boshqaruv tizimini ancha murakkablashtiradi. Dasturli - maqsadli usul ishlab chiqarish birlashmalarining boshqaruv tizimini barqarorlashtirib dinamik ravishda o‘zgaruvchan masalalarga tez ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv va bo'ysunuvchilar o'rtasidagi munosabatlar va bu ikki guruhning bir-biriga ta'sir qilish usullari majmuidir. Bo'ysunuvchilarning faoliyati, jamoadagi muhit va uning maqsad va vazifalarga erishish qobiliyati ushbu munosabatlarning sifatiga bog'liq. Jamoa boshqaruvida etakchilik uslubining besh turi mavjud. Mashhur amerikalik-germaniyalik psixolog va yozuvchi Kurt Lyuin o'tgan asrning 30-yillarida keyinchalik klassikaga aylangan uchta etakchilik uslubini nashr etdi va aniqladi. Biroz vaqt o'tgach, ularga nomuvofiq va vaziyat qo'shildi. Menejerning qisqacha tavsifi bilan jadvalni o'rganib chiqib, siz o'zingizni topishingiz va darhol kerakli bo'limni o'qishga o'tishingiz mumkin. Va barcha materiallarni o'qib chiqish yaxshiroqdir - hayotda siz turli odamlar bilan muomala qilishingiz kerak bo'ladi va tayyor bo'lish yaxshiroqdir. Boshqaruvni boshqarish uslublari qanday?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1 * I.A. Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O‘zbekiston. 1998, 165bet. 2 * I.A. Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O‘zbekiston. 1998, 145 bet. Download 47.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling