1. Boshqaruv tizimi tarkibi nimalardan iborat? boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar
Download 24.25 Kb.
|
inson res bosh test s j
1.Boshqaruv tizimi tarkibi nimalardan iborat? boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar 2.Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari ... har bir boshqaruv bo‘g’inining funktsiyalarini belgilashga asoslanadi 3. Boshqarishning iqtisodiy usullari ... iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi 4.Boshqariluvchi – bu ... boshqarish ob’ekti 5.Amerikada ayrim elektronikaga ixtisoslashgan (Hewlett Packart, IBM) yetakchi kompaniyalarda inson resurslariga qanday qaraladi? kompaniya salohiyati va innovasiyalar manbai sifatida 6. Boshqaruv – bu ... firmaning muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltirilgan faoliyatini professional amalga oshirishning mustaqil turi 7. Atkinson ishlab chiqqan “egiluvchan firma Model’-1” bo‘yicha xodimlar qanday guruhlarga bo‘linadi? yadro guruhi va periferiya guruhi 8. “Inson resurslarini boshqarish” va “personalni boshqarish”ni farqi nimada? inson resurslarini boshqarish muammoni hal qilishning strategik jihatlarini, shu jumladan, ijtimoiy rivojlantirish masalalarini qamrab oladi, personalni boshqarish esa ko‘proq kadrlar bilan operativ ish olib borishga taalluqlidir 9. Boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmui bu ... ? boshqaruv uslubi 10. Bo’linma yoki ma’lum bir ishlab chiqarish jarayonida sifat nazorati borishini kuzatish va uni muntazam baholash maqsadida tuzilgan guruh qanday nomlanadi? nazorat guruhi 11. Inson resurslarni boshqarish quyidagi qaysi maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin? inson resurslaridan samarali foydalanish, tashkilot xizmatchilari o‘rtasida yaxshi mehnat munosabatlarini shakllantirish, jamoada yaxshi ijtimoiy-ruhiy muhitni saqlab turish, har bir shaxsning mukammal ravishda rivojlanishini ta’minlash 12. Ishchilarga umumiy foydasiga emas, balki ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog’liq bo‘lgan ushlanib qolishlarni iqtisod qilish mablag’dan mukofot tizimi qaysi javobda to’g’ri ko‘rsatilgan? maqsadlarga erishishda qatnashish 13. Ichki rezervlar hisobidan kadrlarni to‘plashning keng tarqalgan usuli nima deb ataladi? malakali xodimlarni taklif qilish bilan ochilayotgan vakansiya haqida axborot tarqatish 14. Dastlabki sinov sharti qanday maqsadlarda belgilanadi? xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishining maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi 15. Funktsional tizim-osti ob’ektlarini boshqarish usuli nima? boshqariladigan ob’ektning tuzilishi bilan bog’liq bo‘lib, uning tarkibidagi bo‘limlarni boshqarishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarni o‘z ichiga oladi 16. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirokiga qarab personal qanday o‘ziga xos qismlarga ajraladi? . ishlab chiqarish personali va boshqaruv personali 17.Eng mashhur sifat to’garaklari qayerda tashkil qilingan? . Yaponiyada 18.Ixtiloflar qanday sharoitlarda yuzaga keladi? boshliqning xodimlarga ishonchsizligi, mehnatni tashkil etishda kamchiliklar, axloqsizlik munosabatlarining mavjudligi, boshliqqa ishonchsizlik 19. Boshqaruv usullari bu ... kishilarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir etishning umumiy vositalari va yo‘llari 20.Ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish uchun nima qilingan? sifat to’garaklari ishlagan 21. KADRLAR BO’YICHA MA’LUMOTLAR, KADRLARNI HISOBGA OLISH VAROG’I, SHAXSIY ARIZA, TARJIMAI HOL, MA’LUMOT HAQIDA HUJJATLAR, TAVSIFNOMANI TAHLIL QILISH QAYSI USLUBGA TEGISHLI? Manbashunoslik 22. KOMPANIYANING ENG YAXSHI VA HURMATGA SAZOVOR ISHCHILARIGA BERILGAN QO’SHIMCHA RAG’BATLANTIRISH KATEGORIYASI NIMA XISOBLANADI? Imtiyozlar 23. Lavozim yo‘riqnomalari qanday asosiy qismlardan iborat? umumiy qism, funksional vazifalar xaritasi, huquqlar, javobgarlik, rag’batlantirish 24.O‘qitish dasturlari nimaga mo‘ljallangan? nazariy tayorgarlikni puxtalash va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga mo‘ljallangan 25. Odatda sifat to’garaklari qaerda tashkil qilingan? Tsexda yoki ishlab chiqarish uchastkalarida 26. Lavozim yo‘riqnomasi nima asosida ishlab chiqiladi? mehnat mazmunini tahlil qilishdan olingan axborot asosida 27. Menejer – bu ... ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish bo‘yicha professional bilimlarga ega bo‘lgan yollanma boshqaruvchi 28. Malakaviy talablar nima? . berilgan ish turini eng yaxshi bajara oluvchi kishining ma’lumoti, malakasi va oldingi tajribasi haqidagi ma’lumotlarni keltirish bilan tavsifnomasi yoritilgan hujjat 29. Kimlar birinchi bo‘lib ichki madaniyat ayrim eng “omadli” Amerika kompaniyalariga raqobatli kurashda muhim ustunlikka ega bo‘lishini ta’minlaganligini isbotladilar? Peters va Uoterman 30. Nomzodlarni jalb qilishda tashkilot qanday usullarni qo‘llashi mumkin? tashkilot ichida izlash, xodimlar yordamida tanlash,o‘zini namoyon etgan nomzodlar, davlat mehnat agentliklari, personal tanlash bo‘yicha xususiy agentliklar 31. Sistemani boshqarish – bu ... sistemani tashkil etuvchi elementlarga nisbatan amalga oshirilgan maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir 32. Olimlarning fikricha, kadrlarning ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risidagi 4 konsepsiya nima-? Mehnat resurslaridan foydalanish, personalni boshqarish, Inson resurslarini boshqarish, Insonni boshqarish 33. Xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha IRMga mos keluvchi eng qiziqarli model qaysi? Atkinson ishlab chiqqan “egiluvchan firma Model-1” 34. Qanday chora ko’rilganda xodim korxonada yuzaga kelgan muammolar va korxona faoliyati sifatining yaxshilanishiga qiziqadi? xodimning kasbiy o’sishi korxonaning muvaffaqiyatlariga bevosita bog’langanda 35. Oxirgi yillarda g’arbiy mamlakatlar kompaniyalarida rivojlantirilgan konsepsiya qanday nomlanadi? sifatni har tomonlama boshqarish 36. Inson resurslarini boshqarishning yettita asosiy ko‘rinishlari qaysilar? Xodimlar va ish haqini pasaytirish haqida, Xodimlar – maksimallashtirish zarur bo‘lgan resurs, Strategik integratsiya, Tashkiliy madaniyat, Personalni boshqarish usullari: “Yaponlashtirish”, Personalni boshqarish – strategik funksiya, Boshqaruv siyosatining tanlov modellari 37. Professional vazifalar tahlili nima? ish joyi va lavozimlarning majburiyatlari bilan bog’liq xususiyatlari va ularning dinamik tavsifnomalarini o‘rganish 38. Sifat to‘garaklaridan keng foydalanilgan joylarda qanday o‘zgarish bo‘lgan? brak mahsulotlar keskin qisqargan 39. Strategik yondashuvda nimaga ustuvorlik beriladi? mutloq yangi vazifalarni yechishga; global, uzoq muddatli vazifalarni yechishga 40. Personal boshqaruvining asosiy maqsadi nimadan iborat? korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan samarali foydalanishdan 41. Mehnat bozori bu kishilarga o‘z qobiliyatlari va ko‘nikmalariga yarasha ish topish, ish beruvchilarga – tashkilotga zarur bo‘lgan xodimlarni yollash imkoniyatlarini beruvchi usullar, ijtimoiy mexanizmlar va tashkilotlar yig‘indisidir 42. Mehnat bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga, tarmoq va hududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga, qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga, ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atiga, mehnat resurslarini boshqarish usuliga 43. Mehnat bozorini rivojlantirishning asosiy bosqichlari . 1)1991 – 1996 y, 2) 1997 – 2000- y, 3) 2001 – 2005 y, 4)2006 – 2010- y 44. Kasaba uyushmasi bir kasb, tarmoq yoki korxona xodimlarining birlashmasi bo‘lib, ish beruvchilar bilan kasaba uyushmaning barcha a’zolari uchun yagona mehnat sharoitlari va ish haqini kelishishda ularning manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan. 45. Ish haqi bu? pul mukofoti miqdori bo‘lib, u yollanma xodimga ma’lum vaqt mobaynida muayyan topshiriq, ishlar hajmi yoki o‘z xizmat majburiyatini bajarganligi uchun to‘lanadi 46. “Inson resurslarini boshqarish” tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi 47. Mehnat shartnomasi bu? ish beruvchi va yollanma ishchining shaxsiy muzokaralari natijasida mehnat mazmuni va sharoiti, shuningdek ish haqi va ularning boshqa majburiyatlari haqidagi kelishuvidir 48. Jamoaviy shartnoma yollanma ishchilarning mehnat sharoiti va hayoti, shuningdek ular mehnat qiladigan tashkilotning faoliyati bilan uzviy bog‘liq keng masalalarni tartibga solidi 49. Kadrlarni rejalashtirish uchta ketma-ket bosqichni qamrab oladi: Axborot bosqichi, Kadrlar bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish bosqichi, Qaror qabul qilish bosqichi 50. Ijtimoiy bozor iqtisodiyoti? shunday ijtimoiy qurilmaki, bunda davlat erkin raqobatni rivojlantirshni faol yoqlaydi, yollanma mehnatchilar va mehnat beruvchilar o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, ijtimoiy himoyalanmagan fuqarolarga ko‘maklashishning keng dasturini amalga oshiradi 51. Mehnat bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq: - barcha javob to`g`ri 52. Funksional aspekt bu -? menejerlar va boshqaruv organlari faoliyati va shakllanishini xarakterlaydi 53. Instrumental aspekt bu-? menejerlar o‘z vazifalarini amalga oshirishda ishlatadigan instrumentlari (boshqaruv instrumentlari)ga taalluqli 54. Institutsional aspect bu-? boshqarish masalalari ijrochilarini, xususan, menejerlar va boshqaruv organlarini xarakterlaydi. Boshqa tomondan, shu tarzda kim boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bog‘liq shaxslar va boshqa xodimlarni aniqlaydi 55. Motivatsiya – bu -? insonni maqsadga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir 56.Funksional boshqaruv nima -? bevosita kadrlar masalasiini yechish bilan bog‘liq masalalar, ya’ni kadrlarni tanlash, ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar 57. Makklelandning o‘zlashtirilgan ehtiyojlar nazariyasi -? Makkleland nazariyasi insonning o‘zini tutishiga muvaffaqiyatlar, ishtirok etish va hukmronlikka ehtiyojlar qanday ta’sir etishini o‘rganish va tasvirlash bilan bog‘liq. Bu ehtiyojlar, agar insonda kuchli bo‘lsa, uning o‘zini tutishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi 58. Motivatorlar va gigiyenik omillar nazariyasi. Gigiyenik omillar -? Mehnat sharoitlari xususiyatlari bo‘lib, ular faqat qoniqarsiz bo‘lgandagina rag‘batlantirmaydigan ta’sir ko‘rsatishga qodir 59 “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi-? ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlash 60. Motivatorlar -? Makkleland nazariyasi natijasi Download 24.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling