1-bosqich talabasi Xakimxo’jayeva Ismigul Quvondiq qizining Davlat va huquq nazariyasi fanidan


Download 124.22 Kb.
bet4/18
Sana27.06.2023
Hajmi124.22 Kb.
#1656739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kirish Asosiy qism

Ko’rgazmali

Og’zaki

Amaliy

O’yin metodlari

Kuzatish

Tushunish

Mashq

Didaktik o’yinlar

Ko’rsatish

Hikoya kilish

Mustaqil ish

Harakatli o`inlar

TV dan foydalanish

So’zlab berish

Oddiy tajriba

Mashqli o`inlar




O’qib berish




Intsenirovkalar




Suhbat




Kundalik axborot



Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko’rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo’llaniladi.
Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma`lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma`lum ob`ektlarni kuzatishda etakchi o’rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o’zini yoki tasvirini ko’rsatadi. Bu bevosita ko’rib bo’lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o’simliklar, kishilar hayoti bilan) qo’llaniladi.
Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta`sirchan bayon qilish. O’rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o’qib berish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o’tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o’tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg’ulot sifatida o’tkaziladi.
Bolalar bilan rejali ravishda izchil ish olib borish ularning aqliy tasavvurlarini ham, real aqliy xulq –atvorlarni darajasini ham oshiradi: maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’p narsani o’z qo’llari bilan qilish va qilingan ishlardan quvonish, kattalar mehnat natijalarni qadrlash ko’nikmalarni rivojlantiradi; umumiy foydasi uchun qilinadigan ishlarda o’zlari ishtirok etishga, birga o’ynash, shug’ullanish, umumiy maqsadlarni qo’yish va amalga oshirishga intilish vujudga keladi. Bularning barchasi bola shaxsining ijtimoiy yo’nalishini belgilaydi eng muhimi ancha keyin, maktab yoshid g’oyaviy siyosiy aqliy tarbiyani mufaqqiyatli amalga oshirish, dunyoqarashni mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish imkonini berali.
Qadim –qadimdan o’zbek, sharq klassiklari ijodida axloq – odob masalasi markaziy o’rin egallab kelgan. Kaykovusning “Qobusnoma” sidan tortib Al –Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlaridan Yusuf Xos Xojibning “Qutatg’u bilig” (Baxt keltiruvchi bilim) Axmad Yugnakiyning “Hibotul haqoyiq” (Haqiqat sovg’alari) imom Ismoil al Buxoriyning “Al –Adab al Mufradot” (Adab durdonalari) kabi jaxonga mashg’ur asarlarida, Alisher Navoiyning o’lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” ida, Kamoliddin Xusayin, Voiz Koshifiyning “Axloqi muhsimiy” kabi asarlarida axloq odob masalalari yoritilgan.
Koshifiyning asarlaridagi ta’lim –tarbiya axloq masalalari ko’pchilik chun andoza, namuna, odob normasi sifatida qisqa, asosli yakunda qilib yozilgan.
Koshifiyning asarlaridagi ta’lim –tarbiya axloq masalalarini ko’pchilik uchun andoza hisoblanadi. Koshifiyning fikricha inson fazilati uning egallagan ta’lim –tarbiyasiga bog’liq.
Shundagina u odobli hisoblanishi mumkin. “Odob –bu qalbim yomon so’zlardan va namunali xulqdan saqlay olish, o’zini va so’zlarni ham hurmat qila bilishdadir”1 deydi mutafakkir. Uning fikricha yaqin fikrni A.Navoiy ijodida ham ko’ramiz.
Axloqning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr yuritar ekan: “Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor etadi va u duo barokati bilan umrbod bahramand bo’ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’nglda abadiy qoladi”2 degan edi buyuk shoir. Bu bilan u kishilarning insoniylik belgini uning odobli, axloqli ekanligi bilan o’lchanadi, deb ta’kidlaydi.
A.Navoiyning “Mahbub ul qulub” asarida odob axloqga oid g’oyalar ilgari surilgan. Uning birdan –bir orzu –umidi, ideali insonga bo’lgan mehr muhabbat, samimiylik edi. Uning quyidagi misralari fikriimizning yaqqol dalilidir.

Download 124.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling