1. Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik. Uning echimlari va yo‘nalishlari. Xususiy va xo‘jalik mulki


Download 133.5 Kb.
bet5/6
Sana05.05.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1428467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mavzu

4. Merkantilizm
1600-yildan 1750-yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning yuksalish davri sifatida xarakterlanadi va bu holat sanoat inqilobining kelib chiqishiga asos bo‘ldi.
Bu davrda iqtisodiy qarashlar individual, ro‘zg‘or, oila va ishlab chiqaruvchilar haqidagi g‘oyalar oddiy talqinda iqtisodiy qonun va huquqiy tamoyillar bilan o‘zaro bog‘langan holda rivojlana bordi. Merkantilizm davri har bir shaxs o‘z - o‘zi uchun iqtisodchi, degan aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar, fikrlar xilma - xil bo‘lganligi sababli 1500-1750-yillarda umumlashgan adabiyot yaratish qiyin kechdi. Bundan tashqari bir yozuvchi birgina mavzuga e’tibor qaratgan bo‘lib, hech bir yozuvchi bu tushunchalmi jamlab va sentezlab keyingi iqtisodiy g‘oyalargaturtki bo‘la oladigan fikrlami yarata olmadi
Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig‘ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar adabiyoti G‘arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida yaratilgan bo‘lsa ham, uning asosiy g‘oyalari Ingliz va Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o‘rta asr cherkov ruhoniylari tomonidan yozilgan bo'lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi masalalarga qaratilgan bo‘lib odatda savdogarlami qiziqtirgan muammolarga bog‘liq bo‘lgan. Shu sababdan ulaming xulosalarining haqqoniyligiga va alohida munozalaming tahliliy ahamiyatiga shubha bilan qaraldi. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil muammolaridan yetarlicha xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday bo‘lsada, merkantilistik davri davomida iqtisodiy adabiyot sifat va miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650- yildan 1750- yilgacha bo‘lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha oldi va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalari tez orada tarqalib 1776 - yilda Adam Smit muallifligidagi “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot “ asariga asos bo‘lib xizmat qildi.1
Merkantilizm bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlaming rivojlanishiga bo‘lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga asoslangan bir qator davlatlaming iqtisodiy siyosati, u feodalizmning yemirilishi davriga muvofiq keladi va “noindustrial” iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi.
Merkantilizm eng awalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hnkumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab- quwatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.
Merkantilistlaming ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta'minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xomashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni rag'batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga proteksionistik ta'riflami belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o'sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‘rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‘zgardi. Awalo, natural- xo‘jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlaming ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‘lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo'ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‘mini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko‘p bo‘lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag‘batlantirish va jamiyat ishlarini qoilab-quwatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo‘shningni quritsang, go‘yoki millat boy boiadi” kabi noto‘g‘ri siyosat ilgari surilgan. Merkantilistlar dunyodagi umumiy boylik ozgarmas deb qabul qilishgan. Shu farazga asoslangan holda sxolastiklar insonlar o‘rtasida savdo amalga oshirilganda ulardan birining daromadi olishi boshqasiga albatta zarar keltiradi, deb ta’kidlashgan. Merkantilistlar xuddi shu mantiqni xalqlar o‘rtasidagi savdoda ham qo‘llab, bir xalqning iqtisodiy qudrati va boyligining o‘sishi faqatgina boshqa davlat boyligi hisobiga amalga oshadi degan xulosaga kelishgan. Shunday qilib, merkantilistlar xalqaro savdo millatning qudrati va boyligining ravnaq topishida muhim vosita ekanini e’tirof etib, ko‘proq xalqaro savdo balansiga yetibor qaratishgan.
Ko‘pchilik merkantilistlar fikriga ko‘ra, iqtisodiy faoliyatdan maqsad iste’moI emas, balki ishlab chiqarishdir va bu keyinchalik klassik iqtisodchilar tomonidan ham qabul qilindi. Shuningdek, ulaming fikricha millat boyligi shaxsiy boyliklar yig‘indisi shaklida aniqlanmaydi. Ular bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarishni, ham eksportni rag‘batlantirish, hamda iste’molni cheklash orqali millatning boyligini ko‘paytirish mumkin, deb hisobladilar. Shunday qilib, halqning bo‘ligi ko‘pchilikning qashhoqligiga asoslanadi. Merkan- tilistlar ishlab chiqarishga katta ahamiyat bergan bo‘lsalar ham, ichki bozorga ko‘p mahsulot ishlab chiqarishni ma’qullamaganlar. Ko‘p ishlab chiqarish bilan birga kam iste’mol qilish eksportni oshirishga imkon beradi, bu esa millat boyligi va qudratining oshishiga olib keladi, deb hisoblaganlar. Merkantilistlar xalqaro savdoda nisbiy ustunlikka erishish uchun ishchilarga kam ish haqi berilishi tarafdori bo'lganlar. Ulaming fikricha yashash minimumidan yuqori maosh berish mehnat layoqatini kamaytirishi mumkin, yuqori ish haqi yil davomida kamroq soat ishlashga va yalpi ishlab chiqarishni kamaytirishga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblanganlar. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling