1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv tushunchasi. Biznesni tashkil etish, uni boshqarish. Biznesni boshqarish
Download 95 Kb.
|
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv tushunchasi. Biznesni
Menejmentda korporativ boshqaruv Reja:
1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv tushunchasi. 2.Biznesni tashkil etish, uni boshqarish. 3. Biznesni boshqarish. I.BOB.Huquq subyekti tushunchasi 1.1.Huquq subyekti tushunchasi va biznes huquqi subyektlari Biznes huquqining subyektlari – bu biznes faoliyatini amalga oshirishga vakolatli boʻlgan shaxslardir. Biznes huquqining subyektiga quyidagicha taʼrif berish mumkin Biznes huquqining subyekti bu biznes faoliyatini amalga oshiruvchi, oʻzining mulkiga, biznes huquq va majburiyatlariga ega boʻlgan, oʻz faoliyati yuzasidan mustaqil daʼvogar va javobgar boʻla oladigan va oʻzining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs maqomini olgan) korxonalar va ularning tuzilmalari hamda yakka tadbirkor maqomiga ega boʻlgan fuqarolardir.Biznes huquqining subyektlari tushunchasidagi oʻziga xos belgilar quyidagilar Biznes huquqi subyektining oʻz mol-mulkiga ega boʻlishi. Oʻz mol-mulkiga ega boʻlishning huquqiy shakli – mulk huquqidir. Baʼzi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (masalan, unitar korxonalar, davlat korxonalari) oʻz mol-mulkiga ega boʻlmasdan ashyoviy huquq asosida (xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi) oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka ega boʻlishlari mumkin. Biznes huquqi subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtishi ham- da qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanishlari uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlishi.Biznes huquqi subyektlarining xoʻjalik huquq va majburi- yatlariga ega boʻlishligi. Bunday huquq va majburiyatlarning doirasi OʻzR qonunlari hamda ularga muvofiq qabul qilingan mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektlarning taʼsis hujjatlari bilan belgilanadi.Biznes huquqi subyektlarining oʻz faoliyatlari uchun mustaqil javobgar hisoblanishi. Javobgarlik subyektning oʻz mol-mulki doirasida amalga oshiriladi.Biznes huquqi subyektlarining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining sud orqali tiklanish imkoniyatiga egaligi. Bu toʻgʻrisidagi qoidalar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan Biznes huquqi subyektlari barcha sohalardagi oʻz xoʻjalik faoliyatlarini amalga oshirishda boshqa subyektlar bilan munosa- batlarini shartnomaviy majburiyat asosida quradilar. Subyektning davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulotni yetkazib berayotgandagi munosabatlari ham shartnoma asosida belgilanadi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan oʻz vakolatlariga muvofiq tarzda korxonaga tegishli koʻrsatmalar berishlari mumkin. Davlat idoralari oʻz vakolatlariga kirmaydigan yoki boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga xilof hujjatlarni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas deb topishni talab qilib, sudga murojaat etishga haqlidir. Korxona huquqini buzgan davlat idorasi yoki ularning mansabdor shaxslarining koʻrsatmalarini bajarish natijasida, bunday idoralar yoki ularning man- sabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda koʻzda tutilgan majburi- yatlarni tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zararni tegishli davlat idorasi yoki mansabdor shaxs toʻlaydi. Zararni toʻlash toʻgʻrisidagi nizolarni sud yoki iqtisodiy sud oʻz vakolatlari doirasida hal qiladi. Biznes huquqi subyektlarining turlari va tasnifi. Biznes hu- quqining subyektlari orasida korxona muhim oʻrin tutadi. U oʻz faoliyatini mustaqil tashkillashtiradi va xom ashyo resurslari hamda materiallarning mavjudligi hamda ishlab chiqarilayotgan tovarga (ishga, xizmatga) boʻlgan talablarni hisobga olib, oʻz istiqbolini mus- taqil belgilaydi. Shu bilan birga u davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida tovar (ish, xizmat) yetkazib beradi. Yuqorida aytilganidek, ichki xoʻjalik majburiyatlari bevosita ishlab chiqarish doirasida vujudga keladi. Bunday munosabatlar korxonalar va boshqa xoʻjalik subyektlari ichida paydo boʻladi. Korxonaning ichki boʻlinmalari va tuzilmalari bunday munosabatlarning ishtirokchilari hisoblanadilar Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling