1. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari
Download 128.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Презентация (1)
8-variant 1. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. 2. Raqobatning turlari: tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat. 3. Yerning narxi va uni belgilovchi omillar.
• 1.)Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e‘tiborga loyiqdir. Bular: 1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Umuman, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasiga mos miqdorda ishlab chiqarishni ta‘minlaydi. 2. Erkinlik. Bozor iqtisodiy tizimining muhim afzalliklaridan biri, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Faqat bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni erkinlik qoidalari asosida uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki u iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi. Bunda har bir subekt tinimsiz harakatda va iqtisodiy faol bo‘lishini taqozo etadi. Raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta‘minlash uchun kurash iqtisodiyot sub‘ektlarini harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. 2.)Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo‘ladi: tarmoq ichida, ya‘ni bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi raqobat va tarmoqlaro, ya‘ni turli tarmoqlardagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta‘minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli mazkur korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual qiymati bir xil bo‘lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladi va aks holda, ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadi va zarar ko‘radi.Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklifidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob‘ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat‘iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta‘minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
3.)Yer va boshqa tabiat in‘omlari narxini nazariyotchilar irratsional narxlar deb ataydilar. Yer ham irratsional narxga ega. Qishloq xo‘jaligida ish yurituvchi tadbirkor bankka qo‘yilgan puldan foiz tarzida olinadigan daromadidan yer hisobiga olinadigan renta yuqori bo‘lgan taqdirda shu yerni sotib oladi. Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to‘g‘ri mutanosib va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, erning narxi ikkita miqdorga bog‘liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo‘lgan yer rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi normasiga. Shundan kelib chiqib, yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. Bunda: B=R/r¹×100% R - renta r¹ - ssuda foizi normasi, B - yer bahosi. Renta miqdori o‘sib, ssuda foizi normasi pasayib borgan taqdirda yerning narxi o‘sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta‘sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillarga bog‘liq. Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun foydalanishga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya sharoitida yerga talab keskin ortadi, bu ham tegishli ravishda yer narxining o‘sishiga olib keladi. Download 128.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling