1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat
Download 326.78 Kb.
|
Билетлар ВВА оралик назорат савол ва жавлблари
11.Yetakchilik
Fazilat - bu ijobiy hislat, yaxshi sifat yoki xususiyat. Kishilarda fazilatlarning turlicha boʻlishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga koʻp jihatdan bogʻliq ekanligi tajribada kuzatilgan. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy oʻrinni ishgʻol etsa, bunday odam harakatchan, yengil boʻladi, taassurotlarning almashinishiga tez koʻnikib keta qoladi, oʻz atrofida sodir boʻlayotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “sangvinis”, yaʻni “qon” degan soʻzdan kelib chiqqan. Sangviniklar tuygʻu (joʻshqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: yangi kishilar bilan tez til topishadigan; bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda koʻnikadigan; bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan; yangi sharoitga osonlik bilan oʻrganadigan; hushchaqchaq; harakatlari shiddatli; nutqi tez; kelajakka ishonch bilan qaraydigan; soʻzini aniq va maʻnoli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. Sangviniklar ish jarayonida kechgan koʻngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular oʻz kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega boʻladilar. Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan koʻra ularga nisbatan qattiqqoʻl va talabchan boʻlsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin. Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar boʻladi.Agar kishida shilliq hukmron oʻrin tutsa, unday kishilar ogʻir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan boʻladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqni “flegma” deyishgan. Flegmatiklar: taʻsirchanligi sust boʻladi; bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan koʻchadilar; faolliklari kam; yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar; harakatlari va nutqlari sust; koʻngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; sabr-toqatli, chidamli boʻlib, soʻzlaganda xotirjam, oʻzga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar. Flegmatiklar chidamliligi, matonati, oʻzini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Gippokratning fikricha, agar kishida zaʻfaron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qatʻiy, harakatchan boʻladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni “xoley” deyishgan. Download 326.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling