5.Boshqaruvning obyekti va subyektlari
Boshqaruv obyekti xaqida so`z yuritganda, eng avvalo, obyekt suzining lug`aviy
manosiga etibor berish kerak bo‘ladi. Shu manoda obyekt – bu:
- umumiy maqsadlarga erishish uchun faolyati ongli ravishda muvofiqlashtiriladigan
tashkilot insonlar guruhi;
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog`liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq;
- voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
- kishi faoliyati, diqqat-etibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;
- xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va h.k.
Demak, obyekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib to
makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi.
Masalan, haydovchi o`z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli, u yo‘ldan chiqib ketgani.
Bu yerda boshqaruv obyekti bo‘lib mashina hisoblanadi. Yoki kishi o‘zini juda yaxshi boshqara
oladi. Bu yerda boshqaruv obyekti bo‘lib kishi, shaxs hisoblanadi. Futbol komandasi yoki shahar
transporti harakatini boshqarish, tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va h.k. menejmentning
yoki boshqarishning obyektlaridir. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari
menejmentning subyekti, yani boshqaruv organlarni yoki menejerlar – boshqaruvchilar bulib
xisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, obyekt va subyektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Mikrodarajada
Obyekt
|
subyektlar
|
Korxona (firma) korporatsiya
|
Jamoa kengashi va raislar prizident
|
Xodimlar
|
Korxona (firma) rahbarlari, bo`lim boshliqlari
|
Ishlab chiqarish
|
Korxona (firma) rahbarlari, bo`lim boshliqlari
|
Samaradorlik
|
Korxona (firma) rahbarlari, bo`lim boshliqlari
|
O`z-o`zini boshqarish
|
Fuqorolar yig`ini, rais (oqsoqollar)lar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |