Iste’mol tovarlarining turli xil assortimenti
Turli xil tovarlar to‘plami
|
Oziq-ovqat mahsuloti turlarining miqdori
|
Kiyim turlarining miqdori
|
A
|
20
|
30
|
B
|
10
|
55
|
C
|
40
|
20
|
D
|
30
|
45
|
E
|
10
|
20
|
F
|
10
|
45
|
7-rasm. Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari
Befarqlik egri chizig‘i turli guruhdagi tovarlar va xizmatlarga nisbatan shaxsiy afzal ko‘rish darajasini tasvirlab beradi. Ammo afzal ko‘rishning o‘zi iste’molchi xatti-xarakatini to‘liq tushuntirib bermaydi. Iste’molchining individual tanloviga byudjetning chegaralanganligi ham ta’sir etadi, chunki bu turli tovarlar va xizmatlarning narxiga ko‘ra kishilarning iste’molini cheklab qo‘yadi.
Byudjet chegarasi – ma’lum qiymatdagi tovar miqdorini xarid qilish uchun umumiy xarajatlarning daromadga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Byudjet chegarasi iste’molchi uchun qaysi tovarlar guruhi ko‘proq nafliroq ekanligini ko‘rsatadi.
Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari va
byudjet chizig‘i
Turli tovarlar to‘plami
|
Oziq-ovqat (F)
|
Kiyim (C)
|
Umumiy sarflar, dollar
|
A
|
0
|
20
|
40
|
B
|
10
|
15
|
40
|
C
|
20
|
10
|
40
|
D
|
30
|
5
|
40
|
E
|
40
|
0
|
40
|
5 10 15 20 byudjet chizig‘i
8-rasm. Turli iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamlari va byudjet chizig‘i
4. Iste’molchining optimal tanlovi
Iste’molchi nimani afzal ko‘rishi va byudjet chegaralanishini ko‘rib chiqildi, endi ayrim iste’molchilar har bir tovar turidan qanchasini xarid etish uchun ularni tanlab olishini ko‘rishimiz mumkin. Iste’molchilar o‘z tanlovini oqilona bajaradilar deb taxmin qilamiz. Bu bilan iste’molchilar mavjud va chegarali byudjetiga qarab tovarlarni o‘z ehtiyojlarini maksimal ravishda qondira oladigan qilib tanlaydilar. Iste’mol tovarlari va xizmatlar to‘plamining optimal tanlovi ikki talabga javob berishi lozim. Birinchidan, tanlov byudjet chizig‘ida bo‘lishi bo‘lishi mumkin. Ikkinchi muhim sharti, iste’mol tovarlari va xizmatlarning optimal to‘plami imte’molchilarga ular eng ma’qul ko‘rgan kombinatsiyada yetkazib berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |