1. Bronza davri va uning o’ziga xos xususiyatlari. Bronza davri xo’jaligida yuz bergan o’zgarishlar Diniy urf-odatlar va marosimlar
Download 26.47 Kb.
|
1 2
Bog'liqBronza davri va uning o’rganilishi
Mavzu: Bronza davri va uning o’rganilishi Reja: 1.Bronza davri va uning o’ziga xos xususiyatlari. 2.Bronza davri xo’jaligida yuz bergan o’zgarishlar 3.Diniy urf-odatlar va marosimlar Mehnat qurollarini yasashda bronzadan foydalanish ibtidoiy jamoa xo’jaligida buyuk o’zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigagina emas, balki siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida ham tub o’zgarishlar yasadi. Bronzaning tarkibi mis va qalay qotishmasidan iborat bo’lgan.Eng yaxshi bronzaning tarkibida 90 % mis va 10 % qalay bo’lgan. U dastlab miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida Mesopotamiyada (ikki daryo oralig’ida) kashf etilgan . Bronza misga nisbatan o’z xususiyati jihatdan ustun bo’lganligi sababli ham sof misning qo’llanilishi barham topdi. Lekin tabiatda mis va qalayning juda kam miqdorda mavjudligi sababli tosh qurollarni siqib chiqara olmadi. Bronzaga ishlov berish misga nisbatan ancha qulay bo’lgan, birinchidan: pishiq, qattiq; ikkinchidan: u misga nisbatan past haroratda erigan. Mis 1084 gradus haroratda erisa, bronza 700-900 gradusda erigan. Unga bunday past haroratda ishlov berila olinishi, uning har bir xo’jalikda qurollar yasash imkonini bergan. Bu esa mehnat, jangovor qurollarning turi ko’payishiga va samaradorligining oshishiga olib kelgan. Bronza maxsus qalin sopol idish—tigellarda eritilib, sopol qoshiqlar orqali tosh va sopoldan yasalgan qoliplarga solingan. Bronza qoliplarga yopishib qolmasligi uchun qoliplarga mumiyo surtilgan, bu esa bronza qotgach qolipdan oson ajralishiga olib kelgan Jahon tarixida bronza davri miloddan avvalgi III ming yillik oxirlaridan boshlanadi . Bu davrda Qadimgi Misr , Mesoptamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g’arbida davlatlar shakllanib, quldorlik jamiyati keng ravnaq topgan edi. O’zbekiston hududida esa bu davr miloddan avvalgi II ming yillikning I choragida boshlanib, miloddan avvalgi VIII asrlargacha davom etadi. SHuningdek jamiyat taraqqiyoti ham o’ziga xos tarzda davom etadi. O’rta Osiyoning janubiy hududlarida. dehqonchilik madaniyati ravnaq topib, ilk shahar madaniyati tarkib topdi. O’zbekistonning janubiy—sharqiy va markaziy hududlarida, ya’ni Farg’ona, Toshkent, Qarshi hududlarida o’troq dehqonchilik madaniyati, ilk shahar madaniyati izlari so’nggi bronza bosqichiga kelganda vujudga keldi. Ilk va o’rta bosqichlarida bu hududlarda ko’chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya’ni dasht qabilalari madaniyati–Tozabog’yob madaniyati izlarini ko’ramiz. O’zbekistonning shimoliy hududlarida cho’l va dasht chorvachilik xo’jaligi yetakchi o’rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklarida so’nggi bronza davrida chorvador qabilalar o’troqlashib, sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanadilar va uning bazasida qishloqlarni tashkil etadilar Bronza davri xo’jaligining eng katta yutug’i bu dehqonchilik madaniyatining keng yoyilishi va uning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti deb nomlanib, miloddan avvalgi II ming yillikning 2 chi yarmida sodir bo’lgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi, ya’ni cho’l va dasht zonalarida chorvachilar, dehqonchilik uchun qulay bo’lgan janubiy-sharqiy, markaziy hududlar va daryo bo’yida dehqonchilik madaniyati yetakchi o’rinni egalladi. Ikkinchidan bronza davrida qo’lga kiritilgan yutuqlar, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirdi, natijada dehqonchilik yoki chorvachilikni rivojlantirish uchun alohida keng hududlar va ma’sul odamlar zarur bo’lib qoldi. Dehqonchilikdan chorvachilikning alohida soha bo’lib ajralib chiqishi qonuniy zaruriyat edi. Bronza davri yutuqlarini quyidagilar qilib ko’rsatishimiz mumkin: bronzadan yasalgan qurollar mehnat unumdorligini oshirdi, sug’orma dehqonchilik asosida doimiy qishloqlar ko’paydi, yangi yerlar o’zlashtirildi, hunarmandchilikning yangi sohalari—metallurgiya, zargarlik rivojlandi, kulolchilikda charxdan foydalanishga o’tildi, uy-joy qurilishida g’ishtdan foydalanildi, mustahkam mudofaa devorlari shaklandi. Ot eshakdan transport sifatida foydalanildi, g’ildirakli aravalar kashf etildi, jamiyat hayotida monogam oila tarkib topib, hayotda otalar yetakchi bo’la boshladilar, patriarxat davri boshlanib, urug’ jamoasi yemirila boshladi va ilk davlatchilik elementlari shakllandi. Qo’shni mamlakatlar, ayniqsa chorvadorlar bilan dehqonlar o’rtasida tovar ayirboshlash jonlandi. Qabilalararo munosabatlarda bir – biri bilan aralashib, yangi yuqoriroq rivojlanish darajasidagi madaniyatlar vujudga kela boshladi. Masalan, hozirgi Qirg’iziston va undan naridagi cho’llarda yashagan Andronova madaniyati chorvadorlari miloddan avvalgi II ming yillik o’rtalarida O’zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga kirib borib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan va Tozabog’yob, Qayroqqum kabi madaniyatlar shakllangan. Ўзбекистон ҳудудидаги бронза даври ёдгорликларини ўрганишда С.П. Толстов, Я. Ғуломов, А. Асқаров, М.А. Итина, Т.Ширинов, А.Сагдуллаев, М.Шайдуллаев, Ю.А. Заднепровский, В.И.Спришевский, А.И.Тереножкин, Б.Матбобоев, Б.Абдуллаев, У.Рахмонов ва бошқалар олиб борган тадқиқотлари диққатга сазовордир Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, O’zbekistonning janubiy hududlarida, ya’ni Surxondaryo viloyati hududlarida ilk bronza davridayoq qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. U Sopollitepa va Jarqo’ton yodgorliklari asosida o’rganilgan. Sopollitepa manzilgohi Surxondaryo viloyatidagi SHerobod cho’lida Amudaryodan 2,5-3 km sharqda Ko’ngitong daralaridan biri bo’lgan Qaynarbuloq asosida vujudga kelgan Ulanbuloqsoyning yoqasida joylashgan. U Termiz shahridan 70 km shimoliy—g’arbdadir. Bu manzilgoh SHerobod cho’lini o’zlashtirish jarayonida, 1968 yilda topilgan. 1969—1974 yillarda uni A.Asqarov o’rgangan. Surxondaryo xududidan 20 dan ortiq yodgorlik topilgan. Sopollitepa madaniyati bronza davriga oid yodgorlik bo’lib, u miloddan avvalgi II ming yillikning 1 chi yarmida shakllangan. Sopollitepa manzilgohi mustahkamlangan yirik qishloq bo’lib, umumiy maydoni 4 ga ga yaqin bo’lgan. Lekin uning ancha hududi paxta maydoni hisobiga o’zlashtirib yuborilgan. Faqatgina, uning markaziy qismigina saqlanib qolgan. U 82 X82 metr bo’lgan istehkom bo’lib, uning atrofi 3 qator mudofaa devori bilan o’rab olingan. Devorlar qalinligi 2 metrdan bo’lib,u somon qo’shilgan xom g’ishtdan ishlangan. Mudofaa devorlari juda murakkab me’moriy reja asosida qurilgan. U to’lg’ama tuzoq usulida ishlanib, aniq o’lchamli koridorsimon bloklarga bo’lingan. Tashqi bloklar dahliz tipidagi xonalar orqali ichkaridagi uy-joylar bilan birlashtirilgan. Ichki bloklar mudofaa tizimida qopqon rolini o’ynagan. Tashqaridan qaraganda go’yo ular qal’a ichiga olib kiruvchi darvozalarni eslatadi. Aslida xuddi shu tipda ishlangan yagona darvoza qal’aning janubiy tomonida joylashgan. Keyinroq bu mudofaa inshoatiga zaruriyat qolmagan. Mudofaa tizimidagi ichki va tashqi bloklar Sopollitepaning keyingi bosqichlarida urug’ xilxonasi, uy-joy, kulolchilik xumdoni kabi maqsadlarda foydalanilgan. Mazkur istehkom ichida turar joylar, xo’jalik xonalari, xunarmandchilik ustaxonalari topildi. Sopollitepadan 3 ta madaniy qurilish davri o’rganildi, bu uy-joylarni o’rganish jarayonida aniqlandi. Olimlar fikricha, har bir oila yakka uylarda yashagan va ularning jamoasi qishloq kvartallariga aylangan. Uylar orasida ko’chalar shakllangan bo’lib, ular qal’a-qo’rg’onning markaziy maydoni bilan bog’langan. Uy-joylar ko’p xonali bo’lib, xom g’ishtdan qurilgan va yuzasi somonli loy bilan suvalgan. Uylarning pollari xom loy bilan, don saqlanadigan xonalarning poli alebastr bilan suvalgan, yoki pollarga sopol siniqlari yotqizilgan. Uylarda o’choq va sandallar uchraydi. O’choq bor xona alohida ozoda saqlangan. Omborlardan ko’plab sopol idishlar, g’alla va hayvon suyaklari topildi. Download 26.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling