1. Bu masalani hammadan ham so‘ralavermaydi-da. Ushbu gapda qanday xatolikka yo‘l qo‘yilgan?


Download 240.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana05.05.2023
Hajmi240.21 Kb.
#1430526
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Test 30 talik(4)

 
8. “Oson”, “bir qism”, “imillagan” ma’nolarini beruvchi 
iboralar tarkibida qanday so‘z qo‘llanadi? 
A) cho‘p 
B) sirka 
C) qil 
D) xamir 
 
9. Adib bir muddat vaqt o‘tkazgan uyning javonlaridan 
tugallanmagan hikoyalar, jo‘natilmagan maktublar topildi. 
Ushbu gapda nechta o‘rinda fe’l nisbati 
qo‘shimchalari qo‘llangan? 
A) 5 ta 
B) 4 ta 
C) 3 ta 
D) 6 ta 
 
10. Bir xil qo‘shimcha orqali ot yasash mumkin bo‘lgan 
fe‘llar qatorini aniqlang. 
A) tara, bo‘ya, qayna 
B) tutat, achit, sayra 
C) yopin, suyan, qizg‘an 
D) qayt, kir, chiq
 
11. Qaysi gapda yasama so‘z qo‘llanmagan? 
A) 
Qalmoqlar Boychiborni tutib, tuyog‘iga gulmixlar qoqib, 
pichoqlar urishadi.
B) 
Agar shunday qilganda, Toshkent kulfati ancha
kamaygan bo‘larmidi?
C) 
Turli imon-u e’tiqodlarni teng ko‘rishning eng yaxshi 
samarasi shu emasmi?
D) 
Tog‘orachaga solib qozonning ichiga qo‘yib qo‘yuvdim.
 
12. Inkor ma’nosi ohang (intonatsiya) yordamida ifodalangan 
qatorni toping. 
A) Bir kuni egarga o‘ngarib, opqochaman-ketaman, – dedi 
o‘tni tizzasiga bosib. – Topib bo‘ptilar keyin!
B) Kelgan mehmonni biz – oq bo‘ladimi, qora bo‘ladi mi – 
boshimizga ko‘tarmay qo‘ymaymiz.
C) Uka degan ham shunday bo‘ladimi? Uch oydan beri na 
xat, na xabar! 
D) Odamzodning o‘y-xayollari, qilmishi, mashg‘uloti uning 
qismatiga ta’sir o‘tkazmay qolmas ekan. 
13. Mana, Salomxon aytvotti, xijolat bo‘ladigan hech gap 
o‘tmabdi-ku. (Murod Mansur)
Ushbu gapda nutqning sofligiga futur yetkazuvchi 
birlik qanday badiiy maqsadda qo‘llangan?
A) qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash 
maqsadida 
B) personajning madaniy-ma’rifiy saviyasini kinoyaviy 
ta’kidlash maqsadida 
C) qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik darajasini 
bo‘rttirib ifodalash maqsadida 
D) 
shaxsning nutqiy malakasi yetarli emasligini ko‘rsatish 
maqsadida 

Download 240.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling