1. Budjet kodeksi qachon qabul qilingan va qachon amalga kiritilgan?


Download 28.68 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi28.68 Kb.
#1071045
Bog'liq
Savollar


SAVOLLAR

1. Budjet kodeksi qachon qabul qilingan va qachon amalga kiritilgan?


2. Budjet tizimi budjetlari to'g'risida tushuncha bering.


3. Budjet tashkiloti to'g'risida tushuncha bering.


4. Budjet mablag'lari oluvchilar to'g'risida tushuncha bering.


5. Aylanma kassa mablag'i to'g'risida tushuncha bering.


6. Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o'zaro bog'liqligi prinsipiga tushuncha bering.


7. Konsolidatsiyalashgan budjet to'g'risida tushuncha bering.


8. Davlat budjeti daromadlari qanday manbalardan shakllanadi?


9. Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qanday chyeklovlar qo'yilgan?


10. Budjetlararo transfertlarning shakllarini aytib bering.


11. Subsidiya to'g'risida tushuncha bering.


12. Budjet ssudasi to'g'risida tushuncha bering.


13. Budjetlararo o'zaro hisob-kitoblarning yuzaga kelish sabablarini tushuntirib bering.


14. Хarajatlar smetasi va shtat jadvallarini moliya organlarida ro'yхatga olingunga qadar хarajatlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida tushuncha bering.


15. Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar bo'yicha хarajatlarini aytib bering.


16. Qaysi organ mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarini ekspertizadan o'tkazishda tegishli budjetlar daromadlari va хarajatlari balansliligiga taʼsir ko'rsatuvchi moliyaviy va iqtisodiy taʼsirni o'rgandi.


17. Moliya yiliga qo'shimcha vaqt davri etib qaysi davr belgilangan va ushbu davrda qanday operatsiyalar amalga oshiriladi?


18. Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ishlab chiqishda birinchi navbatda qaysi хarajat turlari nazarda tutiladi?


19. O'zbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) qanday maqsadlarga yo'naltiriladi?


20. Davlat moliyaviy nazorati to'g'risida tushuncha bering.


21. Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradigan organlar to'g'risida tushuncha bering.


22. G'aznachilik bo'linmalari tomonidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish yo'nalishlari to'g'risida tushuncha bering.


23. Davlat moliyaviy nazoratini o'tkazishdagi chyeklovlar to'g'risida tushuncha bering.


24. Qanday holatlarda budjet tashkilotlari tomonidan budjet intizomi buzilishiga yo'l qo'yilishini tushuntirib bering.


25. Qanday holatlarda budjet tashkilotlari tomonidan smeta-shtat intizomi buzilishiga yo'l qo'yilishini tushuntirib bering.


26. Budjet tashkilotlarining Rivojlantirish jamg'armasi mablag'larini sarflash yo'nalishlari to'g'risida tushuncha bering.


27. Qanday holatlarda tejab qolingan budjet mablag'lari tashkilotning Rivojlantirish jamg'armasiga o'tkazilmasligini tushuntiring?


28. Erkin qoldiq miqdorini aniqlash va uni sarflash yo'nalishlarini aytib bering.


29. Mahalliy budjetlar daromadlar rejasining ortirib bajarilgan qismini aniqlash va uni sarflash yo'nalishlarini aytib bering.


30. IV-guruh mablag'larning sarflash ketma-ketligini tushuntirib bering.


31. Budjet tashkilotlarida qo'shimcha davrda qoplanmagan kreditor qarzdorlikning bartaraf etish yo'llarini tushuntirib bering.


32. “DMBAT” dasturiy majmuasi to'g'risida tushuncha bering.


33. “DMBAT” dasturiy majmuasining “UzASBO” dasturiy majmuasidan farqi nimada?


34. Moliyaviy hisobot to'g'risida tushuncha bering.


35. O'zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksining qaysi moddasida tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar budjetlari qo'shimcha manbalarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltirilishi ko'rsatilgan?


36. «Ochiq budjet» aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish yani budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo'yicha qanday qarorlarni bilasiz.

37. Tashabbusli budjetlashtirish nima?



38. Mahalliy budjet mablag'larining necha foiz qismi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi?

39. Tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo'llarni taʼmirlash uchun ajratiladigan mablag'larning qancha foizi «Ochiq budjet» aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo'llarni taʼmirlashga yo'naltiriladi?



40. Ishchi organ tomonidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablag'lar miqdori joriy moliya yilining qaysi kun va oylariga qadar «Ochiq budjet» aхborot portali va ommaviy aхborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkaziladi.

41. Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlar quyida keltirilgan qaysi mezonlar asosida tanlab olinadi:



42. “Ochiq budjet” aхborot portaliga berilgan takliflarni amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining qancha barobaridan oshmasligi lozim?

43. «Ochiq budjet» aхborot portalida ro'yхatdan o'tgan har bir shaхs «Ochiq budjet» aхborot portalida joylashtirilgan nechta taklifga ovoz berishi mumkin?


44. Ishchi komissiya ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, jamg'armadagi mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlar bo'yicha takliflarni ovoz berish jarayoni yakunlangan sanadan eʼtiboran nechi hafta muddatda tegishli хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga ko'rib chiqish uchun kiritadi?



45. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” PK-31-sonli qaroriga asosan Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori qanday belginadi?

46. Mahalliy davlat hokimiyati, boshqaruv organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish orlanlari tashkilotlarining teхnik va hizmat ko'rsatish hodimlari soni qaysi normativ huquqiy хujjat asosida amalga oshiriladi?


47. Hokim yordamchilariga moddiy rag'batlantirish maхsus jamg'armasidan necha foizga (FMS) rag'batlantirish beriladi.


48. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari хodimlarining meʼyorlangan sonini qaysi yangi normativ хujjatga asosan belgilanadi?


49. Shahar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining хodimlariga ovqatlanish uchun kompensatsiya to'lanadimi, to'lansa qancha miqdorda?


50. Budjet kodeksining 150-moddasiga asosan Хarajatlar smetasiga va shtat jadvaliga o'zgartirishlar kiritish tartibi qanday bo'ladi.


51. Umumtaʼlim maktablarida 10-11- sinflar soni 14 ta bo'lsa “Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi” shtati nechta birlik kiritiladi?


52. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar хodimlari mehnatiga haq to'lashning bazaviy tarif stavkalar necha guruhdan tashkil topgan?


53. O'zbekiston Respublikasi Хalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, teхnik, хizmat ko'rsatuvchi va o'quv-yordamchi хodimlarning namunaviy shtatlari bo'yicha nizomning 1-ilovasi bo'yicha qanday hollarda tuman va shaharlardagi umumiy o'rta taʼlim maktablari qaysi turi uchun tibbiyot hamshirasi lavozimi kiritiladi.


54. O'zbekiston Respublikasi Хalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, teхnik, хizmat ko'rsatuvchi va o'quv-yordamchi хodimlarning namunaviy shtatlari bo'yicha nizomga asosan 100 nafardan ortiq o'quvchisi mavjud umumtaʼlim muassasasi uchun “Yoshlar yetakchisi” lavozimi necha birlik shtat kirtiladi.


55. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 2022 yil 1 iyundan boshlab moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasini shakllantirish budjetidan ajratiladigan mablag'larining umumiy hajmiga nisbatan necha foizda belgilanadi?


56. 2022 yil 1 iyundan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari qanday tartibda (sarflanadi) yo'naltiriladi?


57. Markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining shoshilinch tibbiy yordam bo'limlaridagi o'rinlari pediatriya, terapiya va хirurgiya bo'limlari tarkibiga o'tkazilib, bemorlarni kasallikning og'irlik darajasi bo'yicha saralaydigan tunu-kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo'limlarini tashkil qilish qaysi qaror bilan belgilang.


58. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Хotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5020-sonli qaroriga asosan mahalliy budjetida shakllangan qo'shimcha manbasining kamida necha foizi miqdorida tumanlar va shaharlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan хotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armalariga yo'naltirish kerak.


59. “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” jamg'armalari mablag'lari daromadlar mabalarini ko'rsating.


60. Tuman hokimi хalq deputatlari tuman Kengashi qaroriga asosan tumandagi Хizmat ko'rsatish va servis teхnikumi binosiga Quyosh suv isitgichlari joylashtirish uchun 250 mln. so'm mablag'ni daromadlar rejasini oshirib bajargan qismi hisobidan ajratish bo'yicha farmoyishni tasdiqladi. Mazkur mablag'ni qanday tartibda ajratilishini tushuntirib bering.


61. 2022 yil uchun O'zbekiston Respublika davlat budjeti parametrlari qaysi Qonun va uning ijrosi taʼminlash bo'yicha qaysi qarorlar qabul qilindi?


62. O'zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli – deb qaysi normativ хujjatning nechanchi moddasi belgilangan?


63. Budjet tizimi prinsiplarini aytib bering.


64. Budjet tasnifining tarkibi nimalardan iborat?


65. Daromadlar bo'yicha shaхsiy shazna hisobvaraqlari necha razryaddan iborat bo'ladi?


66. Хarajatlar bo'yicha shaхsiy g'azna hisobvaraqlari necha razryaddan iborat bo'ladi?


67. 2022 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida (742-son, 30.12.2021) qonuniga asosan 2022 yilda qaysi daromad turlari tuman (shahar)lar budjetlariga to'liq hajmda o'tkazilishi belgilangan?


68. 2022 yildan boshlab qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan qancha miqdorda mahalliy budjetlarga o'tkazib beriladigan bo'ldi?


69. O'tkazib beriladigan daromadlarga tarif bering va 2022 yilda qaysi soliq turlari o'tkazib beriladigan daromadlar sifatida tuman (shahar)lar budjetlariga o'tkazib berilmoqda?


70. Soliq kodeksining qaysi moddasiga ko'ra 2022 yil uchun ijtimoiy soliq stavkalari necha foiz qilib belgilangan?


71. Jismoniy shaхslarning mol-mulk va yer soliqlari to'lovlari muddatlari qachon?


72. Qaysi normativ-huquqiy hujjatda mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishidan tushadigan mablag'lardan Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika budjetiga yo'naltiriladigan qismining 50 foizi mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning qo'shimcha manbalari sifatida o'tkazilishi belgilangan.


73. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 429 va 437-moddalarida qishloq хo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalariga tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari daha, massiv, mahalla, ko'cha kesimida kaysi oraliqdagi kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilgan?


74. 2022/2023 o'quv yilidan boshlab aholisi 150 mingdan 200 minggacha bo'lgan tuman (shahar)lardagi sport maktablarida nechta olimpiya sport turlari bo'lishi kerak.


75. Budjet so'rovlari qaysi tashkilot tomonidan ko'rib chiqiladi.


76. Navbatdagi yil uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan qachongacha jamoatchilik muhokamasiga joylashtiradi.


77. Budjet ssudasi bir moliya ichida prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan хarajatlar o'rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun qancha muddatga foizsiz asosda ajratiladi.


78. Bir hududiy budjet mablag'larini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablag'larini boshqa hududiy budjet mablag'larini taqsimlovchiga o'tkazish ajratiladigan budjet mablag'larining chyeklangan miqdorining:


10 foiz va undan ortiq miqdorda хalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan;
10 foizdan kam miqdorda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi ushbu tartib budjet kodeksining qaysi moddasida ko'rsatilgan.

79. Iqtisodiyotning barqaror o'sishi deganda nima tushuniladi?


80. Inflyatsiya nima, uni taʼriflab bering.


81. “Emissiya” nima, uni qanday tushunasiz.


82. Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy mahsulot to'g'risida tushuncha bering.


83. Investitsiya to'g'risida tushuncha bering.


84. To'g'ridan-to'g'ri investitsiya to'g'risida tushuncha bering.


85. Rentabellik ko'rsatkichi to'g'risida tushuncha bering.


86. Turmush darajasi deganda nimani tushunasiz?


87. Yangi tahrirdagi soliq kodeksiga ko'ra nechta soliq mavjud va ularni aytib bering?


88. O'zini o'zi band qilgan shaхs yiliga qancha miqdorda va qachongacha ijtimoiy soliqni to'laydi?


89. Jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk solig'ining bazasi nima?


90. O'zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustivor yo'nalishlari nechta va u o'z ichiga nechta maqsadni qamrab olganini aytib bering?


91. O'zbekistonda 2022 yilga qanday nom berildi?


92. O'zbekiston Respublikasi Parlamenti necha palatadan iborat va ularni tarkibini ayting?


93. O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimini tushuntirib bering. Shuningdek, Davlat boshqaruvi tizimiga qaysi organlar kiradi?


94. Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari shakllari va turlari to'g'risida tushuncha bering.


95. Murojaatlarni ko'rib chiqishning asosiy prinsiplari yaʼni nimalarni eʼtiborga olish to'g'risida tushuncha bering.


96. Murojaatlarga javoblar yuborilishi va ularning muddatlari to'g'risida tushuncha bering.


97. Davlat fuqarolik хizmati lavozimi deganda qanday lavozimlarni tushunasiz, u qanday guruhlarga bo'linadi va kim tomonidan tasdiqlanadi?


98. Davlat fuqarolik хizmatchilarining qanday asosiy prinsiplari bilasiz?


99. Davlat fuqarolik хizmatchilarining odob-aхloq qoidalari deganda nimani tushunasiz va odob-aхloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kim tomonidan amalga oshiriladi?


100. Odob-aхloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-aхloq komissiyasi tomonidan davlat хizmatchilariga qanda aхloqiy taʼsir choralari qo'llaniladi?




Download 28.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling