1. Bug 'qozonlarini qurish va xavfsiz ishlash qoidalari. Bug 'va issiq suv qozonlarini ishlatish qoidalari Bug‘ qozonlari


Bug‘ qozonining issiqlik balansi va FIK


Download 44.66 Kb.
bet4/5
Sana13.11.2023
Hajmi44.66 Kb.
#1769331
1   2   3   4   5
Bog'liq
zarin 1

Bug‘ qozonining issiqlik balansi va FIK
Bug‘ qozoniga beriladigan issiqlik miqdori sarflanganiga teng, ya’ni q = q bо‘lishi kerak. Issiqlik balansi tenglamasi, odatda 1 m ³ suyuqlik yoki gaz, 1 kg qattiq yoqilg‘ining mо‘tadil sharoitda ( 273,15 K, 0,1030 MPA) yongan holatiuchun tuzilgan. Keltirilgan issiqlik miqdori quyidagilar yig‘indisidan tashkil topadi:

Q1 - yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi,


Q2 - yoqilg‘ini fizik issiqligi,
Q3 - havo isitgichga vatirqishlardan о‘txonaga sо‘rilgan sovuq havo issiqligi ,
Q4 - bug‘ issiqligi.
Balans tenglamadagi Q1 + Q2 + Q3 yig‘indi Q ga nisbatan juda kichik bо‘lganligi sababli ularni ayrim taqribiy hisoblashlarda e’tiborga olinmasa ham bо‘ladi.
Qozonning issiqlik balansi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin. Qozonga keltirilgan tо‘la issiqlikni 100% deb olinsa, u holda balans tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin.
Q1 + Q2 + Q3 + Q4 + Q5 + Q6 = 100%
Qozonning FIK balans tenglamasini natijasiga asoslanadi.
Qozonning FIK balans tenglamasi natijalari asosida hisoblanadi.
Qozon agregatining loyihadagi FIK tenglamadan topiladi.Zamonaviy qozon agregatlarining FIK 90 -95 % atrofida bо‘lib, ular sanoatning turli sohalarini bug‘ va suv bilan ta’minlaydi hamda bug‘ turbinasi bilan hamkorlikda elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Issiq suv va bug‘ ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan inshoot va qurilmalar majmui qozon qurilmasi deb aytiladi. Qozon qurilmasi qozon agregati bilan qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topadi.
O‘txonada yoqilgan yoqilg‘idan ajralgan issiqlik hisobiga bosim ostida issiq suv va bug‘ hosil qiladigan uskunalar majmui qozon agregati deyiladi. Qozon agregati tarkibiga quyidagilar kiradi: o‘txona qurilmasi (gorelkalar bilan kamera); qozon agregatining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan bug‘ qozoni, unda bug‘ hosil bo‘ladi; bug‘ berilgan parametrgacha qizdiriladigan bug‘ qizdirgich; bug‘ qozoniga beriladigan suvni isitish uchun mo‘ljallangan suv ekonomayzeri va yoqilg‘ini yoqish uchun o‘txonaga beriladigan havoni isituvchi havo isitkich. Qozon qurilmasining yordamchi qurilmalari jumlasiga mo‘ri, shlak va kul chiqaradigan qurilmalar, kulni tutib qolish qurilmalari, karkas, ichki qoplama va boshqalarni kiritish mumkin.

Download 44.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling