1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 106.86 Kb.
bet34/35
Sana08.06.2023
Hajmi106.86 Kb.
#1465525
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
buxgal shpargalka 2022

71.Dividendlar hisobi. Bizga ma’lumki, Aktsiyadorlik jamiyatlari sof foydasidan aktsiyadorlarga dividend to‘laydi. Dividend– aktsiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan uning muassislari o‘rtasida taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi.Dividend - bu kompaniya aktsiyadorlari sinfiga to'langan, boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan kompaniya daromadlarining bir qismini taqsimlash. Dividendlar naqd to'lov sifatida, aksiya yoki boshqa mol-mulk sifatida berilishi mumkin. Dividend aktsiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aktsiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning maxsus mo‘ljallangan zaxiralari hisobidan to‘lanishi mumkin.Dividendlar to‘lash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech bo‘lmasligi lozim.Dividendlar to‘lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aktsiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun etarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aktsiyalarni saqlovchilarga dividendlar to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aktsiyadorlar dividendlar to‘lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat etarli miqdorda foydaga ega bo‘lmasa yoki zarar ko‘rib ishlagan bo‘lsa, imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira kapitali hisobidan va ana shu zaxira doirasidagina to‘lanishi mumkin.
72.Kapital qo‘yilmalar hisobi. Kapital qo‘yilmalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga xos bir shaklidir, u asbob-uskunalarni zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish obyektlari va bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan obyektlarni qayta qurish, ta’mirlash va asosiy ishlab chiqarish vositalarini kengaytirilgan holda qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Kapital qo‘yilmalar asosiy vositalarni, takror ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ularning sifat tarkibini yaxshilash xarajatlarining majmuidir. Kapital qo‘yilmalar hajmi ishlab turgan korxonalarni qurish, kengaytirish, texnik qayta jihozlash va quvvatlarni saqlash, shuningdek, ishlab chiqarish va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskuna, transport vositalari va asosiy vositalarning boshqa obyektlarini xarid qilishga mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga qilingan xarajatlarning umumiy summasiga ko‘ra belgilanadi.Kapital sarmoyaning manbalari bir nechta bo'lib, kapital investorlarni, banklarni, moliyaviy institutlarni qamrab olishi mumkin.Kapital mablag‘lar hajmiga quyidagi sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlar kiradi:qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-razvedka, burg‘ulash va boshqa ishlarga qilingan xarajatlar;ishlab turgan korxonalarni tiklash, texnik qayta jihozlash va texnika vositalarning quvvatini kengaytirishga qilingan xarajatlar;mashina va uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, transport vositalari va asosiy vositalarning boshqa obyektlarini sotib olishga ketgan xarajatlar;korxona, tashkilot va muassasalar uchun yangi obyektlar qurishga ketgan xarajatlar;boshqa shu turdagi xarajatlar

Download 106.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling