1. Buyrakusti bezi shish kasalligida qanday o’zgarishlar kuzatiladi?
Download 18.15 Kb.
|
Biologiya haftalik test 12.02.23
1.Buyrakusti bezi shish kasalligida qanday o’zgarishlar kuzatiladi? A) Qon bosimi ortadi B) Uglevod almashinuvi tezlashadi C) Erta balog’atga yetish kuzatiladi D) Qon tomirlar torayadi 2.Uzun naysimon suyaklar soniga teng bo’lgan tishlar uchun mos keladigan javobni toping A) Koronkasi ponasimon shaklda B) Ikki yoki uch ildizli bo’ladi C) Keskir uchli bo’lib, ovqatni uzib oladi D) Koronkasi ikki qirrali, bir ildizli 3. Qorin bo’shlig’ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan a’zo uchun mos kelmaydigan javobni toping. A) Sig’imi 2 litrdan 2,5 litrgacha B) Shilimshiq moddasi fermentlar ishini faollashtiradi C) Xlorid kislotasi mikroblarni zararsizlantiradi D) Yuqori qismi kardial, pastki qismi pilorik deyiladi 4. To’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. a) A vitamini yetishmasa o’pka va ichakning jarohatlanishi kuzatiladi b) D vitamini kaliy va fosfor almashinuvini boshqaradi c) Odam har kuni 1 mg ga yaqin A vitamini iste’mol qilishi lozim d) B12 vitamini qon hosil qilishda ishtirok etadi e) Piyozda C va B1 vitaminlari bor A) a, b, c B) b, d, e C) a, c, e D) a, d, e 5. Refleks hosil bo’lishida nerv impulslari o’tadigan yo’lining 3-qismi nomi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) Markaziy nerv sistemasining bir qismi B) Harakatlantiruvchi neyron C) Sezuvchi neryon D) Ishchi organ 6. Shartsiz reflekslarning reflektor yoyi miyamizning qaysi qismlari orqali o’tadi? A) Miyacha va orqa miya B) Oraliq va orqa miya C) Bosh miya sopi va oraliq miya D) Bosh miya katta yarimsharlari va orqa miya 7. Ko’krak egikligidagi kifoz go’daklik davrining qaysi vaqtida paydo bo’lishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? A)yetti oylikda B)uch oylikda C)o’n bir oylikda D)sakkiz oylikda 8. Hazm qilish organlari va bezlarining sekret chiqarish yo’lida paydo bo’ladigan kasallliklarni qaysi metod yordamida aniqlash mumkin? A)rentgenoskopiya B)kompyuter tomografiyasi C)endoskopiya D)ultratovush 9. Eritrotsitlari tarkibida agglutinogen B bo’lgan qon guruhli insonlar qaysi qon guruhli insonlarga qon bera oladi? A) I, III B) III,IV C) I,II,III,IV D)II,IV 10. Ko’krak umurtqalariga birikgan qovurg’alar soniga teng bo’lgan suyaklar qatori to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? A)bosh skeleti+to’sh B)bo’yin umurtqa+kaftusti C)qo’l skeleti+kurak D)ko’krak+bo’yin umurtqa+o’mrov 11. Qorin bo’shlig’i chap tomonining yuqori qismida,ya’ni chap qovurg’alar ostida joylashgan organ uchun mos keladigan javoblarni toping? A)limfositlar hosil qiladi va immunitet vazifasini bajaradi B)eritrotsitlar va trombotsitlar parchalanadi C)qonni filtrlab,zaharli moddalardan tozalaydi 12. Yuz muskullari harakatsiz,shol bo’lib qolishi oqibatida yuzning bir tomoni va og’izning chakkasi tortilib qoladi.Bu qaysi kasallik ekanligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? A)nevralgiya B)beri-beri C)nevrit D)nefrit 13. To’g’ri ko’rsatilmagan javobni toping? A)kiprikli tanadagi muskullar yordamida ko’z gavhari ko’z kosasi va kamalak pardaga yopishib turadi B)to’r parda ostida tomirli parda joylashgan C)to’r pardada 110-125 mln tayoqchasimon va 6-7 mln kolbasimon hujayralar joylashgan D)shoxsimon pardadagi retseptorlar qo’zg’alganda himoya refleksi paydo bo’ladi 14. Bir oylik homilada qanday o’zgarishlar kuzatiladi? A)deyarli barcha organlari rivojlangan bo’ladi B)yuragi ura boshlaydi C)barmoqlari bo’ladi D)ko’rinishi odamga o’xshaydi 15. Yog’ moddasi ter tarkibidagi kislota ta’sirida parchalanib ketsa qanday o’zgarishlar yuzaga kelishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? A)teri quruqlashib,tarangligi yo’qoladi B)teriga tushgan mikroorganizmlar zararsizlantiradi C)yallig’lantiruvchi mikroorganizmlar ko’payadi D)bezlarning teshikchalari kengayadi Download 18.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling