1. Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


BOZOR IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISH MODELLARI VA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI


Download 59.4 Kb.
bet10/12
Sana09.06.2023
Hajmi59.4 Kb.
#1466609
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
soliq v abyujet

3.1.BOZOR IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISH MODELLARI VA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Har bir mamlakatda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi lozim bo‘lgan byudjet-soliq siyosatining mazmun-mohiyati va uning yo‘nalishlarini eng avvalo, shu mamlakatda bozor munosabatlarini shakllantirishda uning qanday modeliga tayanilgani (asoslanganligi) belgilab beradi. Shu ma’noda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosati o‘zaro vobastadir. Ularning ikkinchisi (byudjet-soliq siyosati)ni birinchisi (bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari)dan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Agar aksincha ish tutilsa, bu bir tomondan, mamlakatda sog‘lom bozor munosabatlarining rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi, uni murakkablashtiradi. Ikkinchi tomondan esa, byudjet-soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning u yoki bu modelining o‘ziga xos xususiyatlari, talablari va prinsiplari inobatga olinmasa, bu bunday siyosatning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga o‘ziga xos zamin tayyorlaydi va byudjet-soliq siyosati albatta, ertami-kechmi, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Shuning uchun ham bu yerda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro vobastaligini to‘g‘ri idrok etish prinsipial ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan alohida qayd etish lozimki, u yoki bu mamlakatda xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli yoki usuli sifatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish (tarkib toptirish, vujudga keltirish) to‘g‘risida gap ketar ekan avvalo, uning dunyo amaliyotida umume’tirof etilgan quyidagi ikki modeli mavjudligi qayd etiladi: 1.Liberal model. 2.Sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model. Byudjet-soliq siyosati 23 Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu ikki modeli o‘ziga xos xususiyatlarga yoki xarakterli belgilarga ega.
Oddiy fuqaro (inson) sifatida har bir modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilarning bizga maqbul bo‘lgan variantlarini o‘z manfaatlarimizga “moydek” yoqishini sezib, “qarsak chalib” kutib olishimiz tabiiy.
Masalan, o‘zida bozor munosabatlarini “liberal model” asosida shakllantirayotgan mamlakatlarda a) xo‘jalik jarayonlariga davlatning kam aralashuvi; b) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning keng erkinligi; v) davlat tomonidan tartibga solishning monetar xarakterdaligi va asosan, makroiqtisodiy jarayonlar bilan cheklanganligi ularning fuqarolari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi. Xuddi shu joyning o‘zida aksincha, a) iqtisodiyotda davlat sektorining torligi; b) sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarishda davlatning minimal ishtirok etishi; v) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning faqat aholi kambag‘al-qashshoq qismiga yo‘naltirilganligi ma’qullanmasligi mumkin.
Xuddi shunday holatni o‘zida bozor munosabatlarini “sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan” model asosida shakllantirayotgan mamlakatlarda ham kuzatamiz. Masalan, ularning fuqarolari uchun; a) sotsial (ijtimoiy) vazifalarni bajarishda davlatning ko‘proq ishtirok etishi; b) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning aholi barcha qatlamiga yo‘naltirilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, aksincha, a) davlat tomonidan tartibga solishning nisbatan yuqori darajadaligi; b) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning nisbatan kamroq erkinligi; v) bozorni faqatgina makro-darajada emas, balki mikrodarajada ham reglamentatsiya qilinishi “shtik”da qarshi olinishi turgan gap.
O‘z holimizga qo‘yib berilsa, albatta, har ikki modelning faqat o‘zimizga ma’qul keladigan tomonlarini qabul qilishni va shunday ijobiy xarakterli belgilarni o‘zida mujassam etuvchi uchinchi modelning yaratilishini istaymiz. Ammo buning iloji yo‘q. Chunki, birinchidan, bozor munosabatlarining 26 T.S.Malikov rivojlanish tarixi shundan dalolat bersa, ikkinchidan, bunday modelni yaratishga harakat qilish behuda urinishdan boshqa hech narsa emas. Buning boisi shundaki, bu yerda ham tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlaridan biri bo‘lgan qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni o‘z kuchini ko‘rsatadi. Zero, bu qonunning o‘zini namoyon etishi Siz bilan bizning xoxish-irodamizga bog‘liq emas.
Shuning uchun ham usiz bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellarining amalda faqat ijobiy yoki faqat salbiy tarzda namoyon bo‘lishini tasavvur etish o‘z-o‘zini aldash bilan barobar. Mavzumizning mazmunini hisobga olgan holda 1-chizmada bozor iqtisodiyotini shakllantirish har bir modeliga xos bo‘lgan xarakterli belgilarning, jumladan, soliqlar va soliqqa tortish hamda byudjet-soliq siyosati masalalariga ta’siri ham ko‘rsatilgan. Undan ko‘rinib turibdiki, liberal model minimal, sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model esa, aksincha, maksimal darajada(gi) soliqlarning olinishini taqozo etmoqda. Bu o‘z-o‘ziga(dan) emas, balki kuchli mantiqqa asoslangan.
Shuning uchun ham liberal modelga xos bo‘lgan xarakterli belgilar boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda ko‘proq soliqlarning olinishiga sira hojat qoldirmaydi. Va aksincha, sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilar esa kamroq soliqlarning olinishiga imkon bermaydi. Bu holatni ma’lum ma’noda absolyut haqiqat sifatida talqin qilmoq maqsadga muvofiq.

Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling