1. Chakka suyagi tuzilishi va kanallari. Ponasimon suyak tuzilishi,teshiklari. Tepa suyagi tuzilishi


Tanglay suyagida 3ta o’simtalar bor


Download 28.37 Kb.
bet4/4
Sana26.03.2023
Hajmi28.37 Kb.
#1297480
1   2   3   4
Bog'liq
Savol-Javoblar.kalla

Tanglay suyagida 3ta o’simtalar bor:

  • 1.Processus pyramidalis- ponasimon suyakning qanotsimon o’simtasi(processus pterygoideus) ning lateral va medial plastinkalari orasiga kiradi.

  • 2.Processus orbitalis(ko’z kosasi o’simtasi)- ko’z kosasining pastki devorini hosil qilishda ishtirok etadi.

  • 3.Ponasimon o’simta(processus sphenoidalis)- ponasimon suyak tanasi pastki yuzasiga birikadi. 2va 3-o’simta ortasida ponasimon-tanglay o’ymasi(incisura sphenopalatina) va shu sohada foramen sphenopalatinum ni hosil qiladi.




    • 16. Ko’z kosasi (orbita)- 1juft bo’lib,to’rt tomonlidir.Ustki devorini peshona suyagining ko’z kosasi qismi,ponasimon suyakning kichik qanotlari tashkil qiladi.Bu devor bilan lateral devor orasida fossa glandula lacrimalis(ko’z Yoshi bezi chuqurchasi) joylashgan.Pastki devorini yuqori jag’ suyagining ko’z kosasi yuzasi,yonoq suyagi, tanglay suyagining processus orbitalis tashkil qiladi.Bu devorida canalis infraorbitalis bo’lib davom etadi.Medial devorini processus frontalis os maxillaris,ko’z Yoshi suyagi,peshona suyagining ko’z kosasi qismi va os ethmoidalisning lamina orbitalis tashkil qiladi.Shu sohada fossa sacri lacrimalis(ko’z Yoshi chuqurchasi) bor va undan pastga tomon canalis lacrimalis bo’lib davom etadi.Lateral devorini ala majoring ko’z kosasiga qaragan yuzasi, yonoqning peshona o’simtasi va peshonaning yonoq o’simtasi hosil qiladi.Lateral va ustki devorlari orasida fissura orbitalis superior, lateral va pastki devorlar orasida fissure orbitalis inferior joylashgan.




    • 17. Burun bo’shlig’i(cavum nasi)- septi nasi yordamida ajralgan bo’lib, orqa tomondan xoanalar yordamida halqumga qo’shiladi.Teshigi apertura nasi piriformis(noksimon burun teshigi) deb nomlanadi.Burun bo’shlig’ining 3ta devorlari bor:Ustki devorini burun suyaklari,peshona suyagining burun qismi,g’alvirsimonning g’alvirsimon plastinkasi va ponasimon suyakning tanasining pastki yuzasi, pastki devorini os maxillaning processus palatinus va tanglay suyagining gorizontal plastinkasi hosil qiladi. Lateral devorini os maxillaning process.frontalis,yonoq suyagi,g’alvirsimon labirintlar,tanglayning perpendikulyar plastinkasi,qanotsimon o’simtaning medial plastinkasi hosil qiladi.

    • Burun bo’shlig’ining lateral devorida 3ta burun chig’anog’i bo’lib,burunning yon devorini 3ta burun yo’liga ajratadi.

    • Meatus nasi superior- yuqorigi va o’rta burun chig’anoqlari orasida joylashgan,unga g’alvirsimon suyakning orqa katakchalari va ponasimon bo’shliq aperturasi ochiladi.

    • Meatus nasi media-o’rta va pastki burun chig’anoqlari orasida joylashgan,unga g’alvirsimon suyakning oldingi va o’rta katakchalari , peshona,yuqori jag’ aperturasi va foramen sphenopalatinum ochiladi.

    • Meatus nasi inferior- pastki burun chig’anog’i bilan qattiq tanglay o’rtasida joylashgan, unga canalis nasolacrimalis ochiladi.


    Download 28.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling