1. Chanoq kamari suyaklari: a son suyagi, yoshga doir xususiyatlari
Download 61.42 Kb. Pdf ko'rish
|
3-anatomiya
1.Chanoq kamari suyaklari: A) Son suyagi, yoshga doir xususiyatlari. Son suyagi naysimon suyaklar guruxiga kirib, uning yuqori uchida boshcha caput femoris, boshcha yuzasidagi chuqurcha fovea capitis femoris, bo‘yin qismi collum femoris bo‘ladi. Bo‘yin qismining tanaga o‘tish soxasida mushaklar birikadigan katta ko‘st trochanter major, kichik ko‘st trochanter minor burtiqlari bo‘ladi. Katta ko‘st orqa yuzasining yuqori qismida chuqurcha fossa trochanterica bo ‘ ladi. Xar ikkila ko ‘ stlar orasida oldingi soxada linea intertrochanterica, orqa soxasida эsa crista intertrochanterica qirrasi bo‘ladi. Bu qirrada kvadrat mushagi birikadigan bo ‘ rtiq tuberculum kvadratum joylashadi. Son suyagi tanasining yuqori qismi orqa yuzasining tashqi tarafida mushaklar birikadigan bo‘rtiq tuberositas glutea, ichki tarafida esa linea pectenea xosil bo‘ladi. Chaqaloqlarda son suyagining tanasi (diafiz) suyaklangan bo‘ladi. Qolgan soxa esa tog‘aydan iborat. Suyaklanish nuqtalari boshchada – 1 yoshda, kata ko‘st soxasida 3-4 yoshlarda, kichik ko‘st soxasida 9-14 yoshlarda xosil bo‘ladi. Son suyagining distal qismida suyaklanish nuqtalari chaqaloqlarning tug‘ilish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Son suyagining to‘liq suyaklanb ketishi 14-16 yoshlarda bo‘ladi. B) Boldir suyagi, yoshga doir xususiyatlari. Boldir soxasida ikkita suyak joylashadi. Ichki tarafda katta boldir suyagi tibia, tashqi tarafda kichik boldir suyagi fibula joylashadi. Katta boldir suyagi. proksimal uchida suyaklanish nuqtasi tug‘ulish davriga to‘g‘ri keladi Distal epifiz soxasida suyaklanish nuqtasi 2 yoshda xosil bo ‘lib, suyaklanib ketishi 16-19 yoshlarda yakunlanadi. Kichik boldir suyagining proksimal epifiz soxasida suyaklanish nuqtasi 3-5 yoshda xosil bo‘ladi. Distal epifiz soxasida suyaklanish nuqtasi 2 yoshda paydo bo ‘ lib, suyaklanib ketishi 20-22 yoshlarda yakunlanadi. C) Oyoq panjasi suyagi, yoshga doir xususiyatlari. Oyoq panjasi uch gurux suyaklardan tashkil topadi: oyoq panjasining kaft usti suyaklari ossa tarsi, kaft suyaklari ossa metatarsi, barmoq suyaklari ossa phalanges digitorum pedis.Oyoq panjasidagi suyaklarning suyaklanish nuqtasi tovon suyagida embrionning taraqqiyotining 6 oyida, oshiq suyakda embrionning 7-8 oyida, cuboideum suyagida embrionning 9 oyida, latyerial ponasimon suyagida tug‘ilganidan so‘ng 1 yoshda, kalta naysimon suyaklarning epifiz soxasida suyaklanish nuqtasi 2-3 yoshlarda xosil bo‘lib , suyaklanib ketish 20-25 yoshlarda bo‘ladi. 2. Chanoq va oyoq suyaklarining rentgenoanatomiyasi. Suyak kasalliklardan biri bu ostyeoporozdir.Unda suyakning zichligi buziladi.Bu suyakning tez sinishiga sabab bo ‘ ladi.Bu ayniqsa son suyagida yoshi katta insonlarda erkaklarda, ayollarda menopauza davrida roy beradi.Buni tyezlashtiruvchi faktorlarga yaxshi ovqatlanmaslik, styeroidlarni qabul qilish, ichish va chekish kiradi. 7-10 yoshlarda epifizar sinishlar ko ‘ p uchraydi. Bunga sabab organizmning shu davrda tez o ‘sishidir. Download 61.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling