1. Daromad keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega
Download 29.11 Kb. Pdf ko'rish
|
Topshiriq 4
1.Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum.Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchidan yaxshirok foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilashdir.Samara - ishlab chikarilayotgan maxsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi. Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.Iqtisodiy samara - material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor.Ijtimoiy samaradorlik - ishlab chiqarish samaradorligining mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, akliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘kotishni ifodalaydi.Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdan. 2.Daromad va xarajatlar balansi. Aktiv va passivlar balansiDaromad va xarajatlar balansi bilan birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va passivlar yig‘ma balansini turadi. Bu hujjatning ahamiyati daromad va xarajatlar balansi kabi yuqori bo‘lmasada, biznes-rejani usiz tuzish mumkin emas. Ushbu balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish mo‘ljallanayotgan aktivlarning maqsadga muvofiqligi va ularningn summasini baholash, shuningdek, ushbu aktivlarni qaysi passivlar hisobiga moliyalashtirishga harakat qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o‘rganiladi. Korxonaning o‘zi uchun bu hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash uchun kerak bo‘ladi.llektual va mehnat yo‘qotishlari. 3. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosatiYuqorida aytib o’tilganidek, ishchi kuchi va umuman, kadrlar, ishlab chiqarishning muhim elementi hisoblanadi. Shu sababli korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: ishchi kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish; xodimlarni o’qitish, tayyorlash va malakasini oshirish; kadrlarni xizmat lavozimlari bo’yicha yuqori pog’onaga ko’tarish; yollash shartlari; mehnat va unga haq to’lash sharoitlari;mehnat 4.Ishlab chiqarish jarayoni nazorati.Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi. Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir.Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyo va materiallarning tuzilmasini o‘rganish va sotuv hajmini bashorat qilish.Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi.Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funktsiyalari bo‘lib, u yoki bu vaqt oralig‘ida biznes strategiyasini aniqlashga yo‘naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko‘proq ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini to‘ldirib turadi. 6. Bozor sig‘imini baholash va bozorni segmentlashSegmentatsiya jarayonining muhim bosqichi bo`lib bozorni maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo`lib, uni echish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi:segment o`lchamini va uni o`zgarish (o`sish, kamayish) tezligini o`rnatish segmentni jalb etuvchanlik to`zilishini tadqiq etish.o`zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarinianiqlash.Segment o`lchami uning mikdoriy o`lchamlari va birinchi navbatda sig`imi bilan tavsiflanadi. Segment sig`imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potentsial iste`molchilari sonini aniqlash zarurdir. 7. Korxonaning moliyaviy rejasi Yilda moliyaviy rejalashtirish asosiy vazifasi tashkil etish uchun eng qulay variantni topish.Agar moliyaviy rejasi qiymat jihatidan kompaniyaning rivojlanishi va ishlashi uchun tartibi hisoblanadi. Bu korxonaning investitsion, moliyaviy va operatsion bajarish samarali va bashorat moliyaviy natija beradi. 8. Tashkiliy reja va menejment.Tashkiliy reja va menejment – biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib, unda korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi qanday bo’lishi, mulkchilik shakli, komanda tarkibi va hokazolar haqida ma’lumotlar keltiriladi.Ushbu bo’limda quyidagilar aniq aks ettirilshi lozim: kim va nima bilan shug’ullanadi, bo’linmalar bir-biri bilan o’zaro qanday aloqa qiladi, ularning faoliyatini qay tariqa muvofiqlashtirish va nazorat qilish mumkin, boshqaruv komandasining asosiy a’zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlanadi va ular qay tarzda bir- birini to’ldirib turadi? U yoki bu tuzilma birliklari zimmasiga qaysi majburiyatlar yuklatiladi? Tashkiliy chalkashliklar sababli ko’p hollarda eng umidli loyihalarning ham barbod bo’lishi mumkinligi tufayli bunday axborot marketing, moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir bo’lgan boshqaruv komandasini ham ko’rish istagida bo’lgan investor va bankirlarni ham qiziqtiradi. 9. Zamonaviy marketingni tashkil qilish va uni kompleks o‘rganish.Zamonaviy marketing bu korxonaning yuqori foyda olish maqsadida xaridorlarning real so’rovlari va bozorni kompleks o’rganish asosida xizmat ko’rsatish, tovar ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etish tizimidir. Aytish mumkinki, biznes-rejaning barcha bo’limlarini shakllantirish marketingning ulkan salohiyatidan to’liq va keng miqyosda foydalangan holda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga asoslanadi. 10. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida marketing rejasi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish yo’llari Marketingning faoliyatini rejalashtirish tovarlar bo’lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy resurslarni aniqlashni, talab va taklifni rejalashtirishni va tovarlarni sotishni, iste’molchilarga o’z vaqtida va to’liq yetkazib berishni, moddiy resurslardan to’la va tejab - tergab foydalanish kabilarni o’z ichiga oladi. Firma faoliyatini samarali rejalashtirish uchun quyidagi asosiy prinstiplarga amal kilish zarur: -rejalashtirish-firma tashki muxitidagi uzgarishlarga uz vaktida javob berish kerak; -rejalashtirish bilan, eng avvalo, keyinchalik bu rejani xayotga tatbiq qiluvchilar shug’ullanishi kerak; -rejalashtirishga mas’ul kishining saviyasi firma resurslarini taqsimlovchi saviyaga mos kelishi kerak. 11. Tavakkalchilikni boshqarish usullari.Tavakkalchilikni bir necha turlarga bo’lish mumkin: - Alternativlarni amalga oshirish va tanlash jarayonida ob’ektiv va sub’ektiv ehtimolliklarga ega.Qarorlar qabul qilishda biz 2 turdagi tavakkalchilikga yo’l qo’yamiz: 1) Tavakkalchilikni hisobga olgan holda umumdavlat qarorlarini qabul qilish; 2) Mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish.Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma’lum bir tavakkalchilikka tayaniladi. 12.Ishlab chiqarish rejasi.Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib, odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu bo’limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat. 13.Ishlab chiqarish dasturi, texnologiyasi va kooperatsiyasi Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir maxsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada xududiy birlik barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o’rinlashuvi uncha sezilmaydi va aksincha, ularning tarqoq holda joylashuvi ko’zatiladi. Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan maxsulotning murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko’p extiyot qismlar, detallar kerak. 14.Ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi.Resurslar bilan ta'minlanganlik – biznesning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib, mulkchilik qaysi shaklida ekanligidan qat'i nazar majubriy hisoblanadi. Moddiy, mehnat, moliyaviy va texnik-texnologik resurslarsiz mahsulotni ishlab chiqarish jaraѐnining imkoni yo‘qligi ham isbot talab qilmaydigan qoidadir. Shu sababli yangi ѐki joriy ishlab chiqarishni tashkil qtish vazifasi hal qilinaѐtgan har safar resurslar bilan ta'minlaganlik masalasi yuzaga chiqadi. To‘g‘ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko‘p jihatdan resurslar turi, ishlab chiqarish miqѐsi va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 15.Moddy, moliyaviy, intellektual va mehnat yo‘qotishlari Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishchilar oʻrtasidagu munosabatlar Download 29.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling