1. Daromad keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega


Download 29.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi29.11 Kb.
#1522943
Bog'liq
Topshiriq 4



1.Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega
bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va
tovar — moddiy tushum.Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish
quvvatlari va ish kuchidan yaxshirok foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish,
mehnat samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilashdir.Samara - ishlab chikarilayotgan
maxsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot
tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul
shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi. Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki,
qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.Iqtisodiy samara - material, mehnat, pul va
boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor.Ijtimoiy samaradorlik - ishlab chiqarish
samaradorligining mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, akliy va jismoniy
mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘kotishni ifodalaydi.Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini
tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdan.
2.Daromad va xarajatlar balansi. Aktiv va passivlar balansiDaromad va xarajatlar balansi bilan
birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va passivlar yig‘ma balansini turadi. Bu hujjatning
ahamiyati daromad va xarajatlar balansi kabi yuqori bo‘lmasada, biznes-rejani usiz tuzish
mumkin emas. Ushbu balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish
mo‘ljallanayotgan aktivlarning maqsadga muvofiqligi va ularningn summasini baholash,
shuningdek, ushbu aktivlarni qaysi passivlar hisobiga moliyalashtirishga harakat
qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o‘rganiladi. Korxonaning o‘zi uchun bu
hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash uchun kerak
bo‘ladi.llektual va mehnat yo‘qotishlari.
3. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosatiYuqorida aytib o’tilganidek,
ishchi kuchi va umuman, kadrlar, ishlab chiqarishning muhim elementi hisoblanadi. Shu sababli
korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan
chambarchas bog’liq bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: ishchi kuchini yollash, joylashtirish va
rejalashtirish; xodimlarni o’qitish, tayyorlash va malakasini oshirish; kadrlarni xizmat lavozimlari
bo’yicha yuqori pog’onaga ko’tarish; yollash shartlari; mehnat va unga haq to’lash
sharoitlari;mehnat
4.Ishlab chiqarish jarayoni nazorati.Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri
bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi,
agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi.
Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi,
materiallar yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon
ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi. Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy
energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir.Ishlab chiqarish
jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq
(jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyo va materiallarning


tuzilmasini o‘rganish va sotuv hajmini bashorat qilish.Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham,
bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda
foydalanishni tavsiya qiladi.Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funktsiyalari bo‘lib,
u yoki bu vaqt oralig‘ida biznes strategiyasini aniqlashga yo‘naltiriladi. Bashorat qilish
rejalashtirishga nisbatan ko‘proq ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. Rejalashtirish va bashorat
qilish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini
to‘ldirib turadi.
6. Bozor sig‘imini baholash va bozorni segmentlashSegmentatsiya jarayonining muhim bosqichi
bo`lib bozorni maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.Maqsadli segmentni tanlash
muammosi etarli darajada murakkab bo`lib, uni echish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi
tavsiya etiladi:segment o`lchamini va uni o`zgarish (o`sish, kamayish) tezligini o`rnatish
segmentni jalb etuvchanlik to`zilishini tadqiq etish.o`zlashtirayotgan segment maqsadini va
tashkilot resurslarinianiqlash.Segment o`lchami uning mikdoriy o`lchamlari va birinchi navbatda
sig`imi bilan tavsiflanadi. Segment sig`imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu segmentda
ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potentsial
iste`molchilari sonini aniqlash zarurdir.
7. Korxonaning moliyaviy rejasi Yilda moliyaviy rejalashtirish asosiy vazifasi tashkil etish uchun
eng qulay variantni topish.Agar moliyaviy rejasi qiymat jihatidan kompaniyaning rivojlanishi va
ishlashi uchun tartibi hisoblanadi. Bu korxonaning investitsion, moliyaviy va operatsion bajarish
samarali va bashorat moliyaviy natija beradi.
8. Tashkiliy reja va menejment.Tashkiliy reja va menejment – biznes-rejaning muhim bo’limi
bo’lib, unda korxona boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi qanday bo’lishi, mulkchilik shakli,
komanda tarkibi va hokazolar haqida ma’lumotlar keltiriladi.Ushbu bo’limda quyidagilar aniq
aks ettirilshi lozim: kim va nima bilan shug’ullanadi, bo’linmalar bir-biri bilan o’zaro qanday aloqa
qiladi, ularning faoliyatini qay tariqa muvofiqlashtirish va nazorat qilish mumkin, boshqaruv
komandasining asosiy a’zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlanadi va ular qay tarzda bir-
birini to’ldirib turadi? U yoki bu tuzilma birliklari zimmasiga qaysi majburiyatlar yuklatiladi?
Tashkiliy chalkashliklar sababli ko’p hollarda eng umidli loyihalarning ham barbod bo’lishi
mumkinligi tufayli bunday axborot marketing, moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir
bo’lgan boshqaruv komandasini ham ko’rish istagida bo’lgan investor va bankirlarni ham
qiziqtiradi.
9. Zamonaviy marketingni tashkil qilish va uni kompleks o‘rganish.Zamonaviy marketing bu
korxonaning yuqori foyda olish maqsadida xaridorlarning real so’rovlari va bozorni kompleks
o’rganish asosida xizmat ko’rsatish, tovar ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etish
tizimidir. Aytish mumkinki, biznes-rejaning barcha bo’limlarini shakllantirish marketingning ulkan
salohiyatidan to’liq va keng miqyosda foydalangan holda marketing tadqiqotlarini amalga
oshirishga asoslanadi.
10. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida marketing rejasi Iqtisodiyotni


modernizatsiyalash sharoitida korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga
oshirish yo’llari Marketingning faoliyatini rejalashtirish tovarlar bo’lgan ehtiyojni, barcha mavjud
moddiy resurslarni aniqlashni, talab va taklifni rejalashtirishni va tovarlarni sotishni,
iste’molchilarga o’z vaqtida va to’liq yetkazib berishni, moddiy resurslardan to’la va tejab - tergab
foydalanish kabilarni o’z ichiga oladi. Firma faoliyatini samarali rejalashtirish uchun quyidagi
asosiy prinstiplarga amal kilish zarur:
-rejalashtirish-firma tashki muxitidagi uzgarishlarga uz vaktida javob berish kerak;
-rejalashtirish bilan, eng avvalo, keyinchalik bu rejani xayotga tatbiq qiluvchilar shug’ullanishi
kerak;
-rejalashtirishga mas’ul kishining saviyasi firma resurslarini taqsimlovchi saviyaga mos kelishi
kerak.
11. Tavakkalchilikni boshqarish usullari.Tavakkalchilikni bir necha turlarga bo’lish mumkin:
- Alternativlarni amalga oshirish va tanlash jarayonida ob’ektiv va sub’ektiv ehtimolliklarga
ega.Qarorlar qabul qilishda biz 2 turdagi tavakkalchilikga yo’l qo’yamiz:
1) Tavakkalchilikni hisobga olgan holda umumdavlat qarorlarini qabul qilish;
2) Mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish.Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga
o’tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma’lum bir tavakkalchilikka tayaniladi.
12.Ishlab chiqarish rejasi.Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib,
odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi.
Ushbu bo’limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni
texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy
vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish
imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat.
13.Ishlab chiqarish dasturi, texnologiyasi va kooperatsiyasi Kooperatsiya pirovard natijada
muayyan bir maxsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir
yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada xududiy birlik
barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o’rinlashuvi uncha sezilmaydi va aksincha,
ularning tarqoq holda joylashuvi ko’zatiladi. Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni
vujudga kelayotgan maxsulotning murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i
yengil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko’p extiyot qismlar, detallar kerak.
14.Ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi.Resurslar bilan ta'minlanganlik –
biznesning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib, mulkchilik qaysi shaklida ekanligidan qat'i nazar
majubriy hisoblanadi. Moddiy, mehnat, moliyaviy va texnik-texnologik resurslarsiz mahsulotni
ishlab chiqarish jaraѐnining imkoni yo‘qligi ham isbot talab qilmaydigan qoidadir. Shu sababli
yangi ѐki joriy ishlab chiqarishni tashkil qtish vazifasi hal qilinaѐtgan har safar resurslar bilan


ta'minlaganlik masalasi yuzaga chiqadi. To‘g‘ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko‘p jihatdan
resurslar turi, ishlab chiqarish miqѐsi va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
15.Moddy, moliyaviy, intellektual va mehnat yo‘qotishlari
Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy
va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va
boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini
(huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat
faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab chiqarish
munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar
(fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar).
Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish
munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan
yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona
egasi bilan yollanma ishchilar oʻrtasidagu munosabatlar

Download 29.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling