1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
10 SINF KONS[1]
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. 1. Umumiy formulasi C4H8O2 bo‘lgan karbon kislotaning struktur formulasini yozing. 2. Quyida keltirilgan moddalar 1)sirka kislota; 2)propion kislota; 3)moy kislota; 4)valerian kislota struktur tuzilishini yozing va ular tarkibidagi δ va π bog‘lar sonini hisoblang. VII.Dars bayoni: 3. Sirka kislotasining olinishida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullarning reaksiya tenglamalarini daftaringizga yozing: a) karbon kislotalar tuzlariga sulfat kislotasi bilan ta’sir etish; b) bir atomli to‘yingan spirtlarni oksidlanishi; c)murakkab efirlarning gidrolizi; Murakkab efirlar deb, karbon kislotalarning karboksil guruhidagi vodorod atomining biror radikalga almashinishidan hosil bo‘lgan birikmasi deb qarash mumkin. Murakkab efirlarni umumiy holda quyidagicha ifodalash mumkin: R COO R' Bu yerda R va R’ uglevodorod radikallari, ular bir xil yoki turli cha bo‘lishi mumkin. Nomenklaturasi: Ularni nomlashda efirni hosil qilgan kislota nomi yozilib, keyin radikal nomiga “efir” so‘zi qo‘shib nomlanadi. CH3 COO CH2 CH3 sirka kislotaning etilefiri yoki etilasetat yoki etiletanoat CH3 COO CH2 CH2 CH2 CH3 sirka kislotaning butilefiri yoki butilasetat yoki butiletanoat Sistematik nomenklatura bo‘yicha murakkab efirlarning nomi spirt radikali nomi bilan «oat» qo‘shimchasi qo‘shilgan kislota nomidan hosil qilinadi. Masalan:H COO CH3metilmetanoat Murakkab efirlar va karbon kislotalarning empirik formulalari bir xil bo‘lgani uchun ular sinflararo izomer hisoblanadi. C2H4O2
Sirka kislota Metilformiat Olinishi: Karbon kislotalar spirtlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida murakkab efirlar hosil bo‘ladi. Bunda katalizator sifatida konsentrlangan sulfat yoki xlorid kislotadan foydalaniladi. Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo‘lish reaksiyasi “eterifikatsiya” reaksiyasi deyiladi. Fizik xossalari: Murakkab efirlarning eng oddiy vakillari suvdan yengil, xushbo‘y hidli, uchuvchan suyuqliklardir. Quyi kislotalarning metil va etil murakkab efirlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari, karbon kislotalarnikiga nisbatan past bo‘ladi. Kimyoviy xossalari. Murakkab efirlarning eng muhim xossasi ularning gidrolizi, ya’ni suv bilan o‘zaro ta’sirlashishidir. Bu jarayon ham kislotali, ham ishqoriy sharoitda sodir bo‘ladi. Farqi shundaki, kislotali gidroliz qaytar, ishqoriy gidroliz esa qaytmas jarayondir. Efirlar gidroliz reaksiyada tegishli kislota va spirt hosil bo‘ladi. Ishlatilishi. Murakkab efirlar xushbo‘y hidga ega bo‘lgani uchun oziq-ovqat va atir-upachilik sanoatida ishlatiladi. Yana ular salqin ichimliklar, konfetlar va boshqa ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Ularning ayrim vakillari loklar tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling