1-dars Alfavit
Download 12.8 Kb.
|
Urdu tili 1
Urdu tili Agar siz Urdu tilini o’rganishga qaror qilgan bo’lsangiz, bu juda yaxshi garchi u jahon tillari darajasida bo’lmasa ham. Chunki Urdu tili Islom dunyosida Arab tilidan keying mavqeida turadigan tildir. Urdu alifbosi ham Arab alifbosidan deyarli farq qilmaydi. Shu o’rinda til haqida qisqacha ma’lumot berib ketamiz. Urdu tili Hind-yevropa tillar oilasining hind-eroniy guruhining hind bo’limiga mansub tildir. U Pokiston Islom Respublikasining davlat tili hisoblanadi. Pokistonda 10 milliondan ortiq kishi uni ona tilisi sifatida foydalansa, yana 80 millionga yaqini unda ikkinchi til sifatida juda erkin gaplashadi. Urdu tilining Hindistonda ham o’z o’rni va obro’yi bor. Hindiston aholisining asosan Islom diniga e’tiqod qiladigan qismi shu tilda gaplashadi. Sonlarda aytadigan bo’lsak 50 million atrofidagi musulmonlar. Urdu tili Hindiston konstitutsiyasiga kiritilgan davlat tilidir. Hind tili bilan maqomi bir xil. Hindistonning hindiy diniga e’tiqod qiluvchilar hindiy tilida gaplashsalar, musulmonlari urduchada so’zlashadilar. Hindiy tilidagi asosiy so’zlar qadimgi Sanskrit tilidan meros bo’lsa, Urdu Eron va Arab tillaridan o’zlashgan so’zlar bilan boydir. Quyidagi darslar esa bu tilni o’rganishingizga oz bo’lsada yordam beradi degan umiddaman. 1-dars Alfavit 2-dars
3-dars 4-dars
5-dars 6-dars
7-dars Download 12.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling