Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi tomonidan yangi mavzu e`lon qilinadi. O`quvchilarga “Yaxshi niyat” she`ri o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi.Matn o`qilib mazmuniga mos lavhalar ko`rsatiladi.
Hammada ham bor havas,
Mana kichkina Avaz,
Ko`kka boqar uxlamay,
Men dedim, qani so`ray:
“Qaylarga uchdi zikring?”
U der: “Qaniydi bo`lsam
Men qurvchi-kosmonavt.
Qurar edim oyda ham
Bog`cha, maktab, internat.”
Mavzu yuzasidan tushuntirish ishalari olib borlidi. Kosmonavtlar nima qilishlari, kosmonavtbo`lish uchun qanday tayyorgarlik ko`rishlari haqida qisqacha ma`lumotlar beriladi.
“Zanjir ” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi bir so`z aytadi., so`zning tugagan harfidan boshlanadigan so`zni o`quvchi aytadi. Shu tarzda o`quvchilarning hammasi o`yinda qatnashadi.
Namuna: kitob-barmoq-qalam-muzqaymio- qor- rasm va h.z.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamalsh uchun matn zanjir usulida o`qittitriladi. So`ng o`quvchilar bilan matn mazmuni haqida suhbat uyushtiriladi, test topshiriqlari bajariladi.
Avaz nimani xayol qilgan ekan?
U niyatiga yetish uchun nima qilish kerak?
Sizning ham orzuingiz boirmi?
O`quvchilar bilan “Ichda o`qish” mashq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |