Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu o`qituvchshi tomonidan e`lon qilinadi. Yozuvchi haqida ma`lumot beriladi. O`qituvchi hikoyani darslikdan ifodali o`qib beriladi.O`quvchilar kuzatib tinglaydilar. Matnda uchragan notanish so`zlar ustida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Lug`at ishi.
Xavitir olma- qo`rqma, tashvishlanma
Tavsiya etgan- ko`rsatma bergan
Sport majmuasi- sport to`garaklari faoliyat yuritadigan maskan.
Ekran orqali suv sportining bolalar salomatligi uchun ahamiyati haqidagi lavha namoyish etiladi.
Suhbat uchun savollar beriladi.
Suv sportining qanday foydasi bor ekan?
Siz ham suv sporti bilan shug`ullanishni xohlaysizmi?
Musiqali harakat bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
Mustahkamlash.
Yangi mavzuni msuthakamlash uchun berilgan matin o`quvchilarga zanjir usulida o`qittiriladi,, o`qishga qiynalgan o`quvchilarga bo`g`inlab o`qittiriladi.Qasqa savol-javob o`tkaziladi.
Shifkor nega Ravshanga suzishga qatnashishini maslahat berdi?
Siz sportning qanday turi bilan shug`ullanasiz?
“Topib o`qi” mashqi o`tkaziladi.
Bu mashqda o`quvchilar harflardan so`z tuzish, darslikdagi “Suv -shifo” matnidan shu so`z ishtirok etgan hgapni topishlari va o`qib berishlari lozim. Topilgan gapni ekran orqali tekshirish mumkin bo`ladi.Suvni tejash hjaqida o`quvchilar bilan ko`rgazmalar asosida suhbat o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |