1-dars Fan : Yozuv Sana: Mavzu


Dars turi:Aralash. Dars metodlar


Download 145.27 Kb.
bet2/10
Sana30.06.2020
Hajmi145.27 Kb.
#122395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 sinfona tili


Dars turi:Aralash.

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

“Teskari test” mashqi o`tkaziladi. Monitor orqali savol-javoblar namoyish etiladi. O`quvchilar noto`gri javobni belgilaydi.So`ng monitorda to`g`ri javoblar ko`rsatiladi. Har bir to`g`ri javob uchun 1 balldan beriladi. Jami 5 ball top`lagan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Ushbu” Teslari test” tarqatma topshiriq tarzida ham bajarilishi mumkin.

  1. Tovushlarni nima qilamiz?

  1. Talaffuz qilamiz va eshitamiz

  2. O`qiymiz va yozamiz

  1. O`zbek tilida nechta tovush bor?

  1. 29 ta B) 30 ta

  1. Harflarni nima qilamiz?

A)Yozamiz, ko`ramiz, o`qiymiz

B) talaffiz qilamiz, eshitamiz.

4. O`zbek tilida nechta unli bor?



A) 29 ta B) 6 ta

5. Chumchuq so`zida nechta unli tvush bor?

A) 2 ta B) 4 ta

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Ff harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



Ff

Farg`ona go`zal shahar.

  1. Yangi mavzu bayoni.

Darslikdagi 14-mashq orqali u va i unlilarining so`zlardagi o`rni haqida tushuncha beriladi, ularning talaffuzlari tushuntiriladi.

  1. Tursunda to`rtta to`r qop bor.

  2. Gulsum guldonda gul keltirdi.

O`quvchilar bilan unli harflarning xususiyatlari haqida suhbat tashkillashtiriladi. So`ng o`quvchilarning javoblari to`ldiriladi.

A,e,i,o,u,o`- unli tovushlarni ifodalovchi harflar.

Dam olish daqidasi o`tkaziladi.



  1. Mustahkamlash.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash 15--mashq asosida amalga oshiriladi.

Aytilishi

Yozilishi

Chumchiq

Chumchuq

boyqish

Boyqush

Bulbil

Bulbul

Qirg`ovil

Qirg`ovul

burgit

burgut

So`zlarni yozib, u unlisining tagiga chiziladi. Mashqni bajarish asosida o`quvchilarga qushlarning hayoti , ularning inson uchun ahamiyatli tomonlari haqida gapirib beriladi.

  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 16-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.

7-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: I va U unlilari.(mustahkamlash)

1)O`quvchilarga tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra 2 turga bo`linishi, unli tovushlarning belgilari, to`siqqqa uchramasligi, cho`ziq aytilishi va ovozdan hosil bo`lishi, unli tovushlar so`z ma`nosini farqlashga xizmat qilishi haqida ma`lumot bersih.

2) O`quvchilarga tabiatga bo`lgan mehrlarini oshirish, qushlar bizning do`stimiz ekanligi, tabiat sanitarlarining atrof-olamga foydasi katta ekanligi haqida tasavvurlarini kengaytirish.

3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash.

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

“Teskari test” mashqi o`tkaziladi. Monitor orqali savol-javoblar namoyish etiladi. O`quvchilar noto`gri javobni belgilaydi.So`ng monitorda to`g`ri javoblar ko`rsatiladi. Har bir to`g`ri javob uchun 1 balldan beriladi. Jami 5 ball top`lagan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Ushbu” Teslari test” tarqatma topshiriq tarzida ham bajarilishi mumkin.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Hh harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



.Hh

Hikmat bobo hikmatli so`z aytdi.

  1. Mustahkamlash.

Darslikdagi 14-mashq orqali u va i unlilarining so`zlardagi o`rni haqida tushuncha beriladi, ularning talaffuzlari tushuntiriladi.

Toychoq.

Toychog`im uchqur, ziyrak,

To`rt oyog`i g`ildirak.

Sindirmasang bas, unga

Na o`t-u, na suv kerak.


O`quvchilar bilan unli harflarning xususiyatlari haqida suhbat tashkillashtiriladi. So`ng o`quvchilarning javoblari to`ldiriladi.

A,e,i,o,u,o`- unli tovushlarni ifodalovchi harflar.

Dam olish daqidasi o`tkaziladi.

18-mashq bajartiriladi. Tushurib qoldirilgan unlilarni qo`yib, so`zlarni ko`chiring.

Kuchuk, mushuk, echki, qo`zichoq, xo`tik, sigir, toychoq, buzoq.

So`zlarni yozib, u va i unlisining tagiga chiziladi. Mashqni bajarish asosida o`quvchilarga qushlarning hayoti , ularning inson uchun ahamiyatli tomonlari haqida gapirib beriladi.


  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 19-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.
8-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: Tovush va harf. 2-Nazorat ishi.

1)O`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, og`zaki nutqini yozma nutqda ifodalay olishlarini tekshirish.

2) O`quvchilarni tabiatdagi o`zgarishlartni kuzatishga o`rgatish va ahillik, inoqlik xislatlarini tarkib toptirish.

3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi: Nazorat darsi.

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, “aqliy hujum’

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Uy vazifasi 19-mashq parta oralab tekshiriladi, o`rganilgan mavzu yuzasidan savol-javobo`tkaziladi.

  1. Nazorat ishini tashkil etish:

Mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Barcha o`quvchilarga nazorat ishi haqida yana bir bor tushuncha beriladi., nazorat ishi daftarlari tarqatiladi va diktant yozdiriladi.

Dars.


Qo`ng`iroq chalindi. Dars boshlandi. Biz qiziq hikoya o`qidik. Ra`no so`zlab berdi. (12 so`z)
O`quvchilarning nazorat ishi daftarlari yig`iladi va darsdan tashqari tekshiriladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

Yozib charchar qo`limiz,

O`qib tolar ko`zimiz.

Boshimiz qo`yib asta,

Dam olamiz ohista.



  1. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.


  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash beriladi. Dares yakunlandi.

.


9-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu: Unli tovush va harflarni mustahkamlash

1)O`quvchilarga tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra 2 turga bo`linishi, unli tovushlarning belgilari, to`siqqqa uchramasligi, cho`ziq aytilishi va ovozdan hosil bo`lishi, unli tovushlar so`z ma`nosini farqlashga xizmat qilishi haqida ma`lumot bersih.

2) O`quvchilarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga o`rgatish, uy hayvonlariga g`amhorlik qilish.

3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Umumlashtiruvchi dars

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

19-mashq “O`yla, izla, top” ta`limiy o`yini asosida tashkil etiladi. O`yin quyidagicha tashkil etiladi. O`quvchilar qo`liga hayvonlar rasmi yoki nomi yozilgan tarqatma kartochkalar beriladi. Kartochka olgan o`quvchi qo`lidagini hech kimga ko`rsatmay. Doskaga chiqib, hayvonlar hatti-harakatiga o`xshatib ko`rsatib beradi. Qolgan o`quvchilar qaysi hayvon ekanini topadi, so`ng rasmi ko`rsatilib, to`g`riligi tasdiqlanadi. Topgan o`quvchi doskaga hayvon nomini yozadi.

Namuna: Yo`lbars, maymun, tulki, sher, kiyik, bo`ri.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Ii harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi

Ii

Ish ishtaha ochar.


  1. Mustahkamlash.

Darslikdagi 20-mashqda o`quvchilar Aa, Oo, O`o`, Uu, Ii, Ee unlilarining so`zlardagi o`rni haqida tushuncha beriladi, ularning talaffuzlari tushuntiriladi.Bosma va yozma harflarning farqlari o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Rasmli diktant.

Doskada uzum, olxo`ri, anjir, etik, ilon, o`rdak rasmlari ko`rsatilgan O`quvchilar rasmga qarab so`zlarni yizadilar. So`ng yozgan so`zlaridagi unlilarning tagiga chiziladi.Imlo xatosiz yozgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

21-mashqdagi maqollar ko`chiriladi, mazmuni tahlil qilinadi.


  1. Bilim- davlatdan qimmat. 2. Olim bo`lsang, olam seniki.

O`quvchlarga tarbiyaviy tomoni yoritiladi. Ilm olishga bo`lgan qiziqishlari rivojlantiriladi.





o

l

m

a







sh

a

f

t

o

l

i

o

l

ch

a




a

n

o

r







O`

r

i

k




b

a

n

a

n
Quyidagi so`zlarga ma`nodosh so`zlar topiladi:

Bilim –ilm, davlat – boylik.

Davlat so`zining 3 xil ma`nosi borligi tushuntiriladi:

Davlat- boylik, davlat- mamlakat, Davlat- odamning ismi.

Dam olish daqidasi o`tkaziladi.

Boshqotirma bajariladi. Buning uchun o`quvchilar korsatilgan meva nomlarini shunday joylashtirishlari kerakki, natijada “Ofarin” so`zi hosio bo`ladi.

“Ha- yoq” o`yini o`ynatiladi. Buning uchun o`qituvchi bir nechta savolni o`qiydi, o`quvchilar ha, yoq deb javob beradilar. O`zbek tilida 5 ta unli bor. (yo`q)


  1. A,o,i,e,u,o`- bular undosh tovushlar (yo`q)

  2. Tovushlarni o`qiymiz va yozamiz. (yo`q)

  3. O`zbek tilida 6 ta unli tovush bor (ha)

  4. Tovushlarni eshitamiz va talaffuz qilamiz (ha)

  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Uyga vazifa 22-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.

10-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu:Undosh tovushlar va harflar.

1)O`quvchilarga tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra 2 turga bo`linishi, undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, undoshlarni so`z tarkibida aniqlashga o`rgatish.

2) O`quvchilarga tabiat ne`matlarining foydasi haqida elementar tushuncha berish, ularni asrashga va parvarish qilishga odatlantirish.

3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash.

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Tovushlar haqida suhbat tashkil etiladi.

  1. Nutqimizdagi tovushlar necha turga bo`linadi?

  2. Unli va undosh tovushlar qanday farqlanadi?

  3. Undosh tovushlarga qaysi tovushlar kiradi?

Uy vazifasi parta otralab tekshirib chiqiladi.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Jj harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



Jj Jajji jo`ja juda chiroyli..

  1. Yangi mavzu bayoni.

Darslikdagi 23-mashq orqali undosh harflarning so`zlardagi o`rni haqida tushuncha beriladi, ularning talaffuzlari tushuntiriladi.She`r matni o`qituvchi tomonidan yoki ekranda o`qib eshittiriladi. O`quvchilar husnixat bilan sh`erni ko`chiadilar va she`rdagi undosh harflarning tagiga chiziladi.

Yong`oq.


Kuz kelganda pishaman,

Qoqsang, tap-tap tushaman.

Yog`li qilib noningni,

Tozalayman qoningni.

So`ng necha xil undosh qatnashgan va qatnashmaganligi aniqlanadi. (15 xil undosh qatnashgan, 9 xil undosh qatnashmagan)

Quyidagi savollar bilan mavzu tushuntiriladi.



  • Undosh tovushlar qanday talaffuz qilinadi? Nima uchun?

  • Undsh tovushlar tarkibida nima ishtirok etadi?

So`ng o`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.

O`pkamizdan chiqayotgan havo oqimi to`siqqa uchraganda undosh tovush hosil bo`ladi. O`zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Ularni alifboga qarab sanatiladi va talaffuz qildiriladi.

Dam olish daqidasi o`tkaziladi.


  1. Mustahkamlash.

Multimedia ilovalari orqali darslikdagi 24-mashq bajariladi.

Sabzavot rasm;lari namoyish etiladi, o`quvchilar sabzavot nomlarini aytadilar, talaffuzda va yozuvdagi farqlanadiga so`zlar tahlil qilinadi.Bu mashqni rasmli diktant tarzida ham o`tkazish mumkin.

Karam, kartoshka, turp, piyoz, sholg`om, sabzi, lavlagi, sarimsoq.

“So`z tuz” o`yini o`ynatiladi.

Ushbu ta`limiy o`yinni o`tkazish orqali o`quvchilarning fikrlash doiralari kengaytiriladi, og`zaki va yozma nutqi rivojlantiriladi.

Ish, tosh so`zlaridagi sh, t, undoshlarini boshqa undoshlar bilan almashtirib, yangi so`z tuziladi. Masalan: osh, bosh, qosh. O`quvchilarga undosh harflarning o`zgarishi so`z ma`nosining `zgarishiga olib kelishi haqida tushuncha beriladi va yozgan so`zlari tahlil qilinadi.



  1. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

  2. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.Uyga vazifa 25-mashq topshiriladi. Mashqning sharti tushuntiriladi. Dars yakunlandi.


11-dars

Fan : Ona tili

Sana:

Mavzu:Undosh tovushlarning harflar bilan ifodalanishi.

1)O`quvchilarga tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra 2 turga bo`linishi, undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, undoshlarni so`z tarkibida aniqlashga o`rgatish.

2) O`quvchilarga tabiat ne`matlarining foydasi haqida elementar tushuncha berish, ularni asrashga va parvarish qilishga odatlantirish.

3) O‘quvchilarning yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish, so`z boyligini o`stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish.



Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish

Dars turi:Aralash.

Dars metodlar: Suhbat,tushuntirish, ko`rsatmali, ta`limiy o`yin

Dars jihozlari: Doska, turli xil kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediya ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilarni darsga hozirlash.

O`quvchilar diqqati turli xil mashqlar yordamida jamlanadi.

So`ng, o`quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do`stona kelishuv’ qoidalari eslatib o`tiladi.


  1. Intizom. 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Aniqlik 5. Ahillik 6. O`ng qo`l qoidasi.

  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasi parta oralab tekshiriladi. Husnixat bilan yozgan o`quvchilar baholanadi.

. “O`yla, izla, top” ta`limiy o`yini asosida tashkil etiladi. O`yin quyidagicha tashkil etiladi. O`quvchilar qo`liga hayvonlar rasmi yoki nomi yozilgan tarqatma kartochkalar beriladi. Kartochka olgan o`quvchi qo`lidagini hech kimga ko`rsatmay. Doskaga chiqib, hayvonlar hatti-harakatiga o`xshatib ko`rsatib beradi. Qolgan o`quvchilar qaysi hayvon ekanini topadi, so`ng rasmi ko`rsatilib, to`g`riligi tasdiqlanadi. Topgan o`quvchi doskaga hayvon nomini yozadi.

Namuna: Yo`lbars, maymun, tulki, sher, kiyik, bo`ri.

Multimedia ilova asosida bosh va kichik Kk harf va harf unsurlarining yozilishi ko`rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog`lanishi tushuntiriladi



Kk

Kamtarga kamol, manmanga zavol..

  1. Mustahkamlash.

Darslikdagi 26-mashq orqali undosh tovushlarning harf bilan ifodalanishi mustahkamlanadi. O`zbek tilida 23 ta undosh harf , 24 ta undosh tovush borligi aytib o`tiladi. J vaJ undoshlari ikki xil tovush anglatilishi misollar bilan tushuntiriladi.

Bb, Dd, Ff, Gg, Hh, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Vv, Xx, Yy, Zz, G`g`, Shsh, Chch, Ngng

Ajratib ko`rsatilgan undoshlarni yozma shaklda yozdiriladi.

So`ng undosh tovushlar yuzasidan suhbat o`tkaziladi.



  • Undosh tovushlar qanday talaffuz qilinadi? Nima uchun?

  • Undsh tovushlar tarkibida nima ishtirok etadi?

So`ng o`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.

O`pkamizdan chiqayotgan havo oqimi to`siqqa uchraganda undosh tovush hosil bo`ladi. O`zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Ularni alifboga qarab sanatiladi va talaffuz qildiriladi.

Dam olish daqidasi o`tkaziladi.

O`quvchilar bilan 27-mashwq doskada va daftarlarida yozdiriladi.

Kichik usta.

Men kichik ustaman,

O`z ishimga puxtaman.

Dadam bilan ertalab,

Yog`och, taxta randalab,

Uycha qurdim tovuqqa,

Qolmasin deb sovuqqa.

Ketma-ket kelgan qo`sh undoshlar qatnashgan so`zlarning tagiga chizdiriladi.

“So`z tuz” o`yini o`ynatiladi.

Ushbu ta`limiy o`yinni o`tkazish orqali o`quvchilarning fikrlash doiralari kengaytiriladi, og`zaki va yozma nutqi rivojlantiriladi.

Ish, tosh so`zlaridagi sh, t, undoshlarini boshqa undoshlar bilan almashtirib, yangi so`z tuziladi. Masalan: osh, bosh, qosh. O`quvchilarga undosh harflarning o`zgarishi so`z ma`nosining `zgarishiga olib kelishi haqida tushuncha beriladi va yozgan so`zlari tahlil qilinadi.


  1. Download 145.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling